Folklori instituti alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi


Emtik – ovqat, parcha go‘sht. Yesir


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/19
Sana20.10.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1711274
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
YwVwkr2tOkAi5WLCLwDr

Emtik – ovqat, parcha go‘sht.
Yesir – er o‘lib, yolg‘iz qolgan ayol. 
Yechilib ketmoq – ayrilmoq, uzoqlashmoq. 
Yomonsari – qarchig‘aysimonlar oilasiga kiruvchi yirtqich qushlarning bir turi.
Yortiboy oqsoqol – o‘zbek dostonlarida bir qabilaga mansub oqsoqollarn-
ing kichigi.
Yotiri – yotibdi.
Japsar – o‘tovning uvuq va keragalari tutashgan yerda qo‘yilgan tuynuk; 
qora uy keragasiga uvuqlarni jipslashtirib bog‘langan joyi. 
Japsar yorib qaramoq – uvuqlarni ikki tomonga ayirib qaramoq. 
Jig‘a – ukpar va qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan, bosh kiyimga taqil-
adigan ziynat buyumi.
Jig‘ador – jig‘ali; saroyda jig‘alarni saqlovchi amaldor.
Jiyib – yig‘ib.
Jobuv – yopinchiq, ot ustiga tashlangan mato.
Jovdirmoq – yoptirmoq, soldirmoq, o‘tlagani qo‘yib yubormoq, solib 
yubormoq.
Jonsizlik – josuslik.
Zavgi – zanjir.
Zalbor – kuch (baxshi izohi).
Zilvang – zil-zil, og‘ir.
Zimmon – kafil bo‘lish, kafillik.
Zingraymoq – tikkaymoq.
Zinkiymoq – qad ko‘tarib, tik turmoq; qaqqaymoq.
Zing‘iramoq – zing‘illamoq.
Zinhorlamoq – qattiq ta’kidlamoq.
Zoil – yo‘q bo‘luvchi, yo‘qoladigan.
Zorillamoq – alamli nola bilan yig‘lamoq.
Zo‘m – o‘jar, qaysar.
Idirab – bo‘shashib, ezilib. 
Izza emoq – dakki yemoq, pushoymon bo‘lmoq.
Ilinib – bog‘lanib, yaqinlashib.
Ingishlamoq – choq bo‘lib turmoq.
Injimoq – ranjimoq.
Intiq – intizor.
Yitirmoq – yo‘qotmoq.
Yo‘l ayrit – aryilish; yo‘lning ikki yoki bir necha yoqqa ayrilgan yeri.
Yo‘lg‘a sig‘mas – mubolag‘a, yo‘l torlik qiladi ma’nosida.
Yo‘llik – yo‘la. Bir yo‘llik – bir yo‘la.
Yo‘rta – yo‘rtoqi, lo‘kki.

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling