Folklori instituti alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi
Download 1.98 Mb. Pdf ko'rish
|
YwVwkr2tOkAi5WLCLwDr
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davanbiy , Davanbiyning otasini Alponbiy
Shavkat Mirziyoev
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Oyina.uz portali kutubxonasi 4 MARDLIK VA JASORAT ULUG‘LANGAN DOSTON O‘zbek xalq dostonlari ichida “Alpomish” o‘zining ko‘plab variant- larga egaligi, vatanparvarlik, sevgi, muhabbat, mardlik va jasorat yuk- sak pardalarda kuylanganligi bilan ajralib turadi. Ushbu kitobdan janubiy O‘zbekiston dostonchiligining etuk vakil- lari Umir baxshi Safarov va Avliyoqul Mardonaqul o‘g‘illarining “Al- pomish” dostoni variantlari joy olgan. Har ikki variant ham O‘zbekis- ton Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutining Folklor arxivida saqlanadi. Ushbu arxivda 1254-inventar raqami ostida saqlanayotgan dastlabki variant 1 Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida yashagan baxshi Umir Safarovdan 1958 yil 28 iyunda yozib olingan. Yozib oluvchi Oxunjon Sobirov. Qo‘lyozma krill alifbosida bo‘lib, 160 sahifachigacha A4 formatdagi qog‘ozga, 162–382 sahifagacha bo‘lgan qismi esa oddiy daftarga yozib olingan. Dostondagi jami she’riy misra 6012, nasriy qismi esa 6435 qatorni tashkil etadi. Umir Safarovning ijodiy merosi o‘zbek folklorshunosligida etarli da- rajada o‘rganilmagan bo‘lsa-da, ayrim tadqiqotlar mavjud. “Alpomish” dostonining yozib oluvchisi Oxunjon Sobirov va To‘ra Mirzaevning izlanishlari shular jumlasidandir. Doston janubiy voha dostonchilik maktabining g‘oyaviy-badiiy an’analarini o‘zida mujassamlashtirgani bilan juda muhim ahamiyatga ega. Dostonning nasriy bayoni quyidagicha: Qadim zamonda, Qozog‘is- ton tomonda, o‘zbek xalqining Qo‘ng‘irot urug‘idan Boybo‘ri va Boysa- ri degan aka-uka o‘tgan edi. Boybo‘ri va Boysarining otasini Davanbiy, Davanbiyning otasini Alponbiy der edi. Boybo‘ri va Boysari chorvador, ikkovi ham boy kishilar edi. Ikkalasining ham farzandi bo‘lmagani uchun, odamlar ularni kamsitib yurishgan. Kunlardan bir kuni ular birga ovga chiqishadi. Ov paytida Boysari bir kiyikni Boybo‘riga ko‘rsatadi: “Boybo‘ri sen yoshsan, ko‘zing o‘tkir, sen ot”, – deydi. Boysari miltiqda kiyikni otmoqchi bo‘ladi, biroq kiyikning bo‘g‘oz ekanini ko‘rib, irim qilib uni otmaydi. Boybo‘rining xotini Kuntug‘mush, Boysariniki esa Oytug‘mush edi. Ular cho‘lda turib, xotinlari farzand ko‘rishsa, quda bo‘lishni niyat qilishadi. Boybo‘ri o‘g‘il, Boysari qiz ko‘radi. Ikkalasi ham elga to‘y beradi va to‘yda quda bo‘lishni niyat qilganliklarini osh- 1 O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Folklor arxivi. Inv . №1254. Oyina.uz portali kutubxonasi 5 kor etishadi. Boybo‘ri o‘g‘lining ismini Hakim, Boysari qizining ismini Oybarchin qo‘yishadi. Hakim suyagi yirik alp yigit bo‘lgani uchun, odamlar unga Alpomish deb nom beradi. Alpomish va Oybarchin bir- ga o‘ynab yurib, Alpomish Oybarchinni shappatlab uradi. O‘rtaga ular- ning onalari tushib, bu voqea katta janjalga aylanadi. Boysari kelib qolib Kuntug‘mushni kaltaklaydi. Keyin Boybo‘ri kelib, Boysarini uradi. Ik- kovi urishib qolgani uchun, Boysari ko‘chib ketishga qaror qiladi. Yorti- boy oqsoqol, Nodir elbegi, Ko‘char elbegi, Shozamon mergan, Chuvdali so‘filar Boybo‘ri va Boysarini chaqirib olishib, maslahat qilishadi. Bir- oq, Boysari ularning maslahatiga quloq solmaydi. Mingta uy ham ular- ga qo‘shilib ko‘chadi. Ular Qalmoq yuritiga oshib boradi. Chilvir de- gan cho‘liga borib joylashadi. Ular qalmoqlarning maysasisiga qo‘yini qo‘yib yuborgani uchun qalmoq dehqonlari kelib, ularni javobgar qiladi. Ular qo‘zilardan besh yuztasini saralab, Toychixon podshoning oldiga olib borishadi. Toychixonning Tunjirxon degan mahrami ularni savol- javob qilib, podshoning huzuriga kirgizadi. Toychixon ularni mehmon ekan, deb gunohidan o‘tadi va dehqonlarni ham soliqdan ozod qiladi. Shunday qilib, Boysari bu erda yetti yil yashaydi. Kunlardan bir kuni Toychixonning uchta mahrami Barchinoyni ko‘rib qolib, uni podshoga maqtab boradi. Podsho uch mahramni Boysarinikiga sovchilikka yuboradi. Boysari nima deb javob aytishini bilmay, elu yurt- dan maslahat so‘raydi. Barchinning maslahati bilan, Boysari podshodan olti oy muhlat so‘raydi. Mahramlar ketgandan keyin, Boysariga Alpo- mishga xabarga kimni yuborishni bilmay turganda, Elomon degan etilib o‘sgan bir pahlavon xizmatkori bo‘lib, xabarga men boraman, deydi. Elomon oziq-ovqatni g‘amlab, piyoda yo‘lga tushadi. Elomon Oqdaryo bo‘yida parcha nonni suvga botirib eb, Dengraz cho‘lida bolaligi esiga tushib, bir muddat turib qoladi. Keyin suv tortayotgan ayollardan suv so‘rab ichadi. Boysari va Oytug‘mush Alpomishdan boshqaga ko‘rinma degani uchun, kechasi Boybo‘rinikiga keladi va unga Boysarining xati- ni beradi. Boybo‘ri xatni o‘qib ko‘rib, xatni xotiniga bekitib qo‘yishni buyurib, Elomonni kechasi yana iziga qaytarib yuboradi. Alpomish oshiq o‘ynab yurganda, oshig‘ining soqqasi Govqiz momoning charxini sindiradi. Uning jahli chiqib, unga qarab: “Zo‘r bo‘lsang qalmoqdan Barchin yoringni borib olib kel”, – deydi. Unga Boysari bilan Boybo‘ri quda bo‘lishga ahdlashganini, Boysarining arazlab ketib qolganini aytib beradi. Alpomish onasidan kelib Barchin to‘g‘risida so‘raydi. Onasi rostini aytmaydi. Uning Qaldirg‘och degan singlisi Boysaridan kelgan xatni topib olib, mazmunini akasiga gapirib Oyina.uz portali kutubxonasi 6 beradi. Alpomish Olpon ko‘lga ot tanlagani boradi. Boybo‘ri Qultoyga tayinlab qo‘ygani uchun, Alpomishni haydab yuboradi. Ot olmasdan ke- layotganini ko‘rgan Qaldirg‘och: “Aka, bir cho‘ponga gaping o‘tmay- digan odam bo‘lsang, qalmoqdan yoringni qanday olib kelasan?” – deb tanbeh beradi. Alpomish jahli chiqib, yana Qultoy oldiga keladi va u bilan kurash tushib, uni engadi. Alpomish tutgan yuganga Boychibor kelib kallasini tiqqach, uni Alpomish uch marta haydab yuboradi. Qul- toy unga: Bu otning tulporligini aytib, shu otni olishni maslahat beradi. Alpomish Qultoydan duo olib, Qaldirg‘och egarlab bergan otda yo‘lga tushadi. Bu orada Elomon kelib Boybo‘rining kelolmasligini Boysariga aytib beradi. Alpomishning kelolmasligi butun elga tarqaydi. Qalmoq shoh esa, yo‘lga Alpomish kelsa o‘tib ketmasin, deb odam qo‘yib qo‘ygan edi. Qalmoqning uchta oti bor edi. Ko‘kqulon sakkiz yoshda, Ko‘kcho‘noq olti yoshda, Ko‘kdo‘nan to‘rt yoshda. Ayniqsa, Ko‘kdo‘nani hammasi- dan zo‘r edi. Ko‘kdo‘nan uch kun ovqat emasdan, kishnab qo‘yadi. Ot- boqar Obdal ham sababini bilmay Ko‘kaldoshga aytadi. Maston quran- doz kampir otning kasali yo‘qligini, Alpomishning qalmoqqa kelganini biladi. Podsho bilan maslahatlashib qalmoq alplarining zo‘ri Qorajonni yo‘lga chiqarishadi. Yuz yo‘l ayrilgan joyda, Alpomish yo‘l izlab kelayotganda Qora- jonga duch keladi. U avvaliga, Alpomishni nazariga ilmaydi. Ikkalasi kurash tushishga chog‘lanadi. Shunda Alpomish: “Biz o‘zbeklarda ku- rash tushishdan oldin ko‘rishish odati bor”, – deydi. Ikkalasi ko‘rishadi. Ko‘rishganda Qorajonning belini sindiradi. Alpomishning zo‘rligini bil- gan Qorajon u bilan do‘st tutinadi. Qorajon uni ergashtirib Nodir Elbe- gining uyiga tushiradi. Elu yurt Alpomishning kelganini bildi, Barchin, Boysaridan suyunchi oldi. Ko‘kaldosh Qorajonning engilib, do‘st bo‘lganini bilib, Alpomish- ning oldiga kelib, uni kurashga chorlaydi. Qorajon uni yo‘ldan qaytar- moqchi bo‘ladi. Biroq, Ko‘kaldosh uning gapiga kirmaydi. Xullas, pod- sho bilan maslahatlashib uchta shartda bellashishga kelishadi. Ot poy- gasi, kurash, oltin qovoqni nishonga urish. Qorajon Alpomish o‘rnidan poygada qatnashmoqchi bo‘ladi. Qalmoq sinchisi hech bir ot Boychi- borga tenglasholmasligini aytadi. Ko‘kaldosh uning bu gapiga achchig‘i kelib, shappatalab urib, ko‘zini ko‘r qiladi. Bolqan tog‘idan otda poyga qilib kelishga chog‘lanishadi. Qorajon gapga kirmagach, qalmoqlar uni shu tog‘da bog‘lab tashlashadi, otning oyog‘iga gulmix urishadi. Bir mahal Qorajon o‘ziga kelib, otga qamchi Oyina.uz portali kutubxonasi 7 bosadi. Boychiborni tanigan Barchinoy unga murojaat qilib, unga alqov yog‘diradi. Alpomish umidini uzib o‘tirgan bir paytda, Kuyov tepa ol- dida Barchin Boychiborning oyog‘idan mixlarini olib, Alpomishga xabar jo‘natadi. Navbat kurashga keladi. Alpomish elning duosini olib maydonga tushadi. Ko‘kaldoshni chilparchin qiladi. Keyin esa sakson gaz baland- likdagi daraxtga oltin qoboqni ilib, uni nishonga olishadi. Qalmoqdan Qo‘nora mergan maydonga tushadi. Biroq, merganlikda Alpomish yutib chiqadi. Alpomish to‘y qilib, butun rasmi-rusumi bilan Barchinga uylana- di. Boysari qayta ko‘chishga chog‘lanadi. Alpomish, Barchin oldinroq ketadi. Boysari el bilan izdan bormoqchi bo‘ladi. Alpomish Barchinni olib, uyiga qaytadi. Tabrez tog‘ining tepasiga keladi. Qirq kunda ke- laman, deb ketgandi, oradan olti oy o‘tib ketgan. Tug‘ilib o‘sgan joyi Jonadil qal’asiga kelib etadi, Qorajonga o‘z erlarini tanishtiradi. Ham- roh bo‘lib kelayotgan Cho‘lboygazarni Qorajonga qo‘shib, uyiga xabar- ga yuboradi. Qorajonni Kuntug‘mush bilan Qaldirg‘och kutib oladi. Boybo‘ri yigirma kun to‘y beradi. Alpomish Barchinni olib ketgach, qalmoqlarga alam qiladi. Ko‘- kaldosh yura olmagach, ular Obdalni bosh qilib, Bolta polvon, Xolta polvon, Uzun polvon, Kalta polvon, Sher polvon, Shercha polvon, Ar- cha polvon, Norcha polvon, Zo‘rcha polvon, Oy polvon va Boy pol- vonlarni hamroh qilib, Chilbir cho‘liga Boysaridan yetti yillik xirojni o‘n to‘rt yillik qilib undirib olishga kelishadi. Qo‘ng‘irotliklar yana muhlat so‘rashadi. Qo‘ng‘irotliklarni xiroj to‘lamay ketayotganini bilib qolgan qalmoqlar, ularni talashga kelishadi va ikki o‘rtada urush bosh- lanadi. Ming uyli el jang qilib qalmoqlarga teng kelisha olmagach, qal- moqlar ularni asir oladi. Oybarchin Jonadil qal’asida yotib tush ko‘radi (tush nasrda berilgan): tushida quyuq quyun dovul turdi. Chilbir cho‘ldagi chorva ovullarining ustidan borib, chorvalarning uyini buzib tashlab ketdi. Barchin uyqudan irg‘ib turib qarasa, sevikli yori Alpomishning qoshida yotibdi. Qo‘rqib o‘tirib-o‘tirib yana uyquga ketdi. Yana tushida boshiga qora chodir aylanib kelib soya soldi. O‘rnidan irg‘ib tursa, tong otibdi. Oybar chin betoqat bo‘lib yig‘layberdi. Alpomish tursa yori Barchin yig‘lab o‘tirip- ti. Shunda Alpomish Barchinni bu holda ko‘rib, joyidan turib, oq bilagi- ni bo‘ynidan o‘rab, nima uchun xafa bo‘lib yig‘layapsan, deb undan hol so‘raydi. Barchin ko‘rgan tushini aytib beradi. Bir yil bo‘ldi otamdan darak bo‘lmadi, deydi. Alpomish yo‘lga otlanishga qaror qiladi. Oyina.uz portali kutubxonasi 8 Yana Ko‘kdo‘nan ovqat emay qo‘yganini bilgan maston kampir qur tashlab Alpomish kelayotganini biladi. Maston kampir podshoga Al- pomishni asir qilib berishni va’da beradi va Zil tog‘idan Chilbir cho‘li- ga oshgan joyida yetti gaz chuqurlikda zindon qazitadi. Maston kampir chiroyli qizlar yordamida Alpomishni aldab, uni asirga oladi. Maston kampir Boychiborni minib, podshoga xabarga boradi. Boychiborni ham kishanlab, mixlab tashlashadi. Elomon bilan Kayqubod Alpomishni izlab zindon boshiga keladi. Ikalasi unga ovqat tashib turadi. Olti yil bo‘lganda yurtiga Alpomish zindonda o‘libdi, degan xabar tarqaladi. Barchinoy o‘g‘il tug‘ib, ismini Yodgor qo‘ygandi. Boybo‘rining Toz degan xalqning avlodi bo‘lgan quli bor edi. Onasining ismi Qo‘ng‘izbekach edi. Uni Boybo‘ri o‘ziga nikohlab olgan edi. Ultontoz o‘zini O‘tapirga sulton deb e’lon qiladi. Qaldirg‘och iltimos bilan Qorajon Alpomishni izlab qalmoqqa keladi. Qorajon Alpomishni izlab zindon boshiga kelganda Alpomish “Sen kimsan?” – deb uning nomini Ultontozdan keyin aytadi. Avvaliga Qora- jon arazalaydi, Alpomish “Men zindonda yotgan odam”, degandan ke- yin uni zindondan tortib olmoqchi bo‘ladi. Alpomishni zindondan tortib olayotganda, Alpomish, keyinchalik minnat qilib yurmasin, deb ataylab arqonni uzib yuboradi. Qorajon iziga qaytib ketadi. Shu taxlit oradan yetti yil o‘tadi. Qalmoq shohning ikki qizi bo‘lib, kattasini Tovka, kichigini Oldivka der edi. Kichkinasi o‘n olti yoshda. Ikkalasi ham bo‘y etgan edi. Tovka oyimga Alpomishning zindoni ya- qinidan bir qo‘rg‘on soldiradi. Tovka oyim kanizaklari bilan oq suyak (otma suyak) o‘ynab, 16 kiloli suyakni otib, izlashga tushishadi. Tov- ka oyim tushida Alpomishga oshiq bo‘lib, uning zindoni boshiga ke- ladi. Avvaliga uni sochi yordamida tortib olmoqchi bo‘ladi. Keyin esa lahm qaziydi. Alpomish bilan uchrashib yuradi. Maston kampir uning qo‘rg‘oniga kelib, homilador bo‘lganini bilib, Tovka bilan urishib qol- gach, Tovka uni haydab yuboradi. Alpomish choponi o‘ngiridan kesib Tovkaga berib, “borib otimga hidlat”, deydi. Bu orada maston kampir Qalmoq shohga xabar beradi. Egasining choponi o‘ngirini hidlagan Boychibor uch sakrashda kis- hanlarni uzib qochadi, qalmoqlar uning izidan quvadi. Alpomish endi o‘ldim, deb umidini uzganda Boychibor besh yarim gaz dumini tashlab uni qutqarib qoladi. Alpomish qalmoq alplari bilan jang qilib, ularni en- gadi. Alpomish Maston kampirni ham qilichdan o‘tkaradi. Bu vaqtda Oqdaryo toshib, yo‘l to‘silib qoladi. Alpomish daryoga murojaat qilib, yo‘l berishini so‘raydi. Daryo ikkiga ajralib Alpomish ko‘ch bilan daryo- Oyina.uz portali kutubxonasi 9 dan o‘tib oladi. Oldinda Tabriz cho‘li bo‘lganligi uchun ular daryodan o‘tib, o‘tov tikib dam olishga qaror qilishadi. Qo‘ng‘irotdan kelayot- gan odamlarda u erdagi voqealardan xabar topishadi. Alpomish kuch- dan oldin yo‘lga tushadi. Yo‘lda cho‘ponlarga duch keladi. Toshpo‘lat cho‘pondan: “Qo‘ylar kimniki?” – deb so‘raydi. Toshpo‘lat cho‘pon unga qo‘rs javob beradi. Alpomish uning jazosini beradi. Ultontoz Bobo‘rini xo‘rlab, tuya boqtirishga jo‘natadi. Tuyalar orasi- da Alpomishga sut berib katta qilgan Ko‘kalcha degan tuya uning oldi- ga keladi. Boybo‘ri bolasini eslab, uni quchoqlab yig‘laydi. Tuya Alpo- mishni tanib, uning yo‘liga yiqiladi va uning qo‘lida jon beradi. Shu orada tuyani izlab kelib qolgan otasiga o‘zini tanittirmaydi. Qultoy chol uni tanib qolib, yig‘lab ko‘rishadi. Qultoy yurtida bo‘lib o‘tayotgan voqealarni gapirib beradi. Shu erda kiyim, qiyofa almashi- shadi. Alpomish Qultoy qiyofasida to‘yga keladi. Yodgorga ilik bera- di. Ko‘pkarida Ultontozning akasi Yalangto‘shning adabini berib, uloq ayiradi. Ultontoz oldiga kelib, unga to‘y qulluq bo‘lsin qiladi va uni- ng nomidan Barchinga sovchi bo‘lib keladi. Barchin ikkalasi yor-yor aytishadi. Barchin keyin tushini eslaydi. U tushida bir olg‘ir qush kelib uning ustiga soya solgan va u xursand bo‘lgan edi. Barchin bilan Al- pomish ikkalasi topishadi. Barchin sandiqdan uning sari yoyini olib be- radi. Biroq, Ultontozning yigitlari ham, o‘zi ham yoyni ko‘tara olmaydi. Yodgor ko‘tarib olib kelgach, Alpopish hech kim ota olmagan yoyni olib, “Qaysi qarg‘ani otay”, deb Ultontoz va qirq xizmatkorini kamon- dan otib o‘ldiradi. Barchin esa Qaldirg‘ochdan suyunchi olgani boradi. Qaldirg‘och Alpomishning tilla uzugini ko‘rgandan keyin Barchinning gaplariga ishonadi. Qaldirg‘och esa enasidan suyunchi oladi. Alpomish Qo‘ng‘irot ellarga, hamma erlarga xabar berib, o‘choq o‘yib, semiz qo‘ylardan so‘yib butun xalqning katta-kichigini yig‘ib, chodir tikib, tambik sug‘ib, olish, poyga qilib qirq kun xalqini xursand qilib to‘y berdi. Xalqlar: “Ketgan davlatimiz keldi, juda yaxshi bo‘ldi”, deb xursand bo‘ldi. Olis – yuviqqa ko‘chib ketganlar hammasi ko‘chib kelib qoldi. Qalmoqda Elomon, Kayqubod, Zomon poygachilarning to‘yini qilgani yo‘q edi. O‘z xalqi ichiga kelib bularga ham to‘y qilib, Alpomish Oybarchin bilan qaytadan suhbat qurib, murod maqsadiga etib yashayberdi. Umir baxshi Safar o‘glining mazkur variantining dastlabki qismi, ayniqsa muqaddima qismidagi voqealar alohida ajralib turadi. Muqaddima yoxud boshlama badiiy asar strukturasida muhim o‘rin tutadi. Yozma adabiyotdan farqli ularoq, og‘zaki ijodda muqaddimalar Oyina.uz portali kutubxonasi 10 qat’iy, barqaror shaklga ega bo‘lishi bilan bir qatorda o‘ziga xos tarz- da namoyon bo‘ladi va ijrochining iqtidorini belgilab beruvchi muhim xususiyatlardan biri hisoblanadi. Misol uchun ertaklarda boshlamalar: “Bor ekan-da, yo‘q ekan, och ekan-da, to‘q ekan; bo‘ri bakovul ekan, tulki yasovul ekan; qarg‘a qaqimchi ekan, chumchuq chaqimchi ekan; toshbaqa tarozibon ekan, qurbaqa undan qarzdor ekan...”, deb boshlana- di. Ertaklardagi bunday boshlama o‘zining badiiyati, majoziy mazmuni bilan qiziqarli bo‘lib, tinglovchi diqqatini o‘ziga jalb etadi va uni asosiy qahramonlar bilan tanishtiradi. Epik asarlarning eng yirik turlaridan biri bo‘lgan dostonlar bosh- lamasi garchand ertaklarnikiga o‘xshab ketsada, faqat o‘zigagina xos bo‘lgan jihatlarga ham ega. Bu o‘ziga xoslik birinchi navbatda ertakka nisbatan ancha keng qamrovli, epik ijodkor, ya’ni baxshi mahorati bilan bog‘liq tarzda yuzaga chiqadi. Shuning uchun aytish mumkinki, dos- tonlardagi nasrda saj bilan keluvchi boshlamalarning pishiq puxtaligi, mazmunan boyligi, badiiyatiga qarab doston ijrochisining san’takorlik darajasini belgilab berish mumkin bo‘ladi. “Alpomish” borasida ko‘plab tadqiqotlar olib borilgan bo‘lsada, bi- roq doston muqaddimasi va uning asar strukturasida tutgan o‘rni mas- alalari yetarli darajada tadqiq etilgan emas. Epik ijoddagi muqaddimaning o‘rganilishi, eng avvola, doston struk- turasining mohiyatini ochib berishga xizmat qiladi. Epik asar syujeti- ning keyingi rivojini ta’minlab beradi. Dostonda kechayotgan joy, aso- siy obrazlar, epik asar mohiyatida turgan voqelikning mohiyatini tush- untiradi. Muqaddimada ko‘pincha qahramon shajarasiga urg‘u beriladi, unda tilga olingan qahramon shunchaki, oddiy bir qahramon emas, balki bevosita ko‘k bilan, ilohiyot bilan bog‘lanishi urg‘ulanadi. Muqadim- malar har matnda, qahramonlik, romanik dostonlarda o‘ziga xos tarzda beriladi. Bu boshlamalar, bir-biridan farqlanib tursada, ularda umumiy jihatlar mavjud. Muqaddimalar: 1. Tinglovchini voqelikka tayyorlaydi, ya’ni ularni dostonning aso- siy qahramonlari hamda voqea bo‘lib o‘tadigan joy bilan tanishtiradi. 2. Doston qamrab olgan voqelikning ko‘lami naqadar keng ekanli- gini urg‘ulaydi. 3. Badiiy asardagi motiv va syujetlarning rivojiga to‘rtki beradi ham- da ular o‘rtasidagi o‘zviy bog‘liqlikni ta’minlaydi. “Alpomish” dostonining Umir baxshi Safarov variantidagi mu- qaddima: “Qadim zamonda Boysun tomonda o‘zbek xalqlaridan qo‘ng‘irot urug‘idan Boybo‘ri va Boysari degan aka-uka o‘tgan edi. Oyina.uz portali kutubxonasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling