Folklori instituti alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi
Download 1.98 Mb. Pdf ko'rish
|
YwVwkr2tOkAi5WLCLwDr
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hakimbek
bosh-adog‘ini chaqirib, yaxshi-yomon, yugruk
chopon demasdan, och-yalang‘ochlarni chaqirib, sakkiz kun to‘y berib, tomosha qildi. Shu to‘yda o‘z atrofidagi xalqlariga o‘z niyatlarini e’lon qildi: – Endi qavmi elatlar, bizning dunyoda armonimiz o‘g‘il-qiz edi, ik- kovimiz ovlab yurib, cho‘lda bir niyat qilgan edik. Bu maqsadga etdik, ikkovimizning ayolimiz o‘g‘il tug‘sa, do‘st bo‘lsin, qiz tug‘sa ham do‘st bo‘lsin, agar biri o‘g‘il, biri qiz tug‘sa, quda bo‘lamiz, shu shartdan qayt gan pes bo‘lsin, degan edik. To‘yga yig‘ilganlar bu aka-ukaning qilgan niyatini juda ma’qullash- di. Endi ikkovini olib kelib: – El ichida ikkovimiz quda bo‘ldik, – dedi. To‘yga kelgan keksalar Boybo‘rining o‘g‘lining nomini Hakimbek, deb Boysarining qizining otini Oybarchin qo‘ydi. Kundan kun, oydan oy o‘tdi. Hakim bilan Oybarchin olti yoshda bo‘lishdi. Hakim – o‘zi olti yoshda bo‘lsa ham, suyagi yirik alp bola edi. Shuning uchun uning otini el ichida Alpomish deb yuritdilar. Olti yoshda ikkovini ota-enalari maktabga qo‘ydi. Ikkovi birga-birga maktabda o‘qib, yetti yoshga qadam qo‘ydi. Alpomish o‘g‘il bola emasmidi, biroz sho‘xroq edi. Oybarchin bilan hazillashib, Alpomish Oybarchinni bir shapati urdi. Oybarchin ham erka qiz emasmi, yig‘lab uyiga, enasiga bordi. Oytug‘mish yig‘lab borgan qizini ko‘rib, joyidan irg‘ib turib: – Qizim, sensan rizqi-ro‘zim, gavhardan tiniq ko‘zim, tasadduqman senga o‘zim, aytishing menga lozim, nima uchun xafa bo‘lib yig‘lab kelding? – deb so‘radi. Oybarchin erka qiz-da, enasiga: – Alpomish mening chakkamga urdi, turtkilab, har kuni qo‘ymay- di, – dedi. Oytug‘mish ham og‘zi katta, gapini qaytarmagan boybicha emasmi, qora uydan tashqari chiqib, Alpomishga qarab: – Tanasi – tentak, kallasi – katta kalpang juvonmarg, nima uchun mening qizimni har kuni turtkilab urasan? Sening zamoningda ham bo- lalar tinch yuradimi yoki yurmaydimi? – deb baland ovoz bilan qarg‘andi. Alpomishning enasi Kuntug‘mish ham bu gapni eshitgandan keyin qora uydan chiqib, ovsini Oytug‘mishga qarab bir so‘z dedi: – Hu, og‘zi katta boybicha, nima deyapsan? Og‘zingdan chiqqan gapni qulog‘ing eshityaptimi? Sarg‘aytib nurli yuzimni, ko‘zga ilmay- san o‘zimni, dunyoda ko‘rgan rizqi-ro‘zimni, nima uchun qarg‘aysan Oyina.uz portali kutubxonasi 17 yolg‘iz qo‘zimni? Sening qizing ko‘zingga qanday ko‘rinsa, mening o‘g‘lim ham shunday ko‘rinadi. Bola bo‘lgandan keyin urishavera- di, ertaga yarashaveradi, undayin haddingdan oshib, yuraging toshib, Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling