Folklori instituti alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi
Download 1.98 Mb. Pdf ko'rish
|
YwVwkr2tOkAi5WLCLwDr
o‘zingdan ko‘p ketma, “Tanasi – tentak, kallasi – katta kalpang”,
deysan, shunday bo‘lsa ham, qizingning yori, urishadimi, so‘kishadimi – o‘zining yori, nima ishing bor? – dedi. Oytug‘mish aytdi: – Ho‘, Kuntug‘mish boybicha, og‘zingni borla, mening qizim se- ning o‘g‘lingga yor bo‘lmaydi. Bu aytgan so‘zingga yurmayman, se- ning kalpang o‘g‘lingga qizimni bermayman. Tanasi – tentak, kalpang o‘g‘lingga Oybarchinni berguncha daryoga oqizib yuborganim yaxshi- roq. Kuntug‘mish aytdi: – Boybicha, bermay hudda qilolmaysan, Oybarchin sening qorning- da ekanligi-da mening o‘g‘limga baxshida edi. Yana Oybarchin er yu ziga tushganda xalq o‘rtasida fotiha qilib, to‘y qilingan edi-ku, o‘zing bilasan-ku, – dedi. Shundan ikkovi bunisi bunday dedi, unisi unday dedi, uning ustidan bir-biri bilan yulishdi, bo‘lganicha bo‘lishdi, ikkovi o‘lguday olishdi. Shu tobda Boysari dashtdan kelib qoldi. Bu ahvolni ko‘rib hayron bo‘lib, xotinidan: – Qani, o‘zi nima gap? – deb so‘radi. Shunda xotini yig‘lab: – Mendan bu gapni so‘rama, Alpomish bilan Kuntug‘mishning g‘aza bida birov shuytib yurama, – dedi. Xotinidan bu gapni eshitgan- dan keyin Boysarining achchig‘i chiqib ketdi, borib Kuntug‘mishga: – Nima uchun bezovta qilasan, g‘azablanasan? – deb qiziqqonligi tutib, achchig‘i chiqib urdi, boshini yorib, hamma yog‘ini qonga qorib tashladi. Bir oz muddatdan keyin Boybo‘ri dashtdan kelib ko‘rsa, xotini Kuntug‘mish haligi ahvolda yig‘lab, holsizlanib yotibdi. – Ha, qani, nima gap? – deb so‘radi. Xotini yig‘lab: – So‘rab nima qilasan, ukang meni urib, hamma joyimni mayib qilib tashladi. O‘ldirib tashlar edi-yu, qo‘shnilarimiz oraga kirib, shunchalik ayirib oldi, – deb yig‘ladi. Boybo‘rining achchig‘i chiqib ketdi. Ukasi Boysarining eshigiga borib, Boysariga: – Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling