LUG‘AT
Abjil – epchil.
Abjo‘sh – quyma, bronza va mis aralashmalaridan yetti marta eritib quyil-
gan qattiq jism, yetti eritma.
Ayvon – qasr, saroy.
Aqirmoq – hayqirmoq, qattiq qichqirmoq.
Ajus qilmoq – maslahat qilmoq, fikrlashmoq.
Alam vaqt – ancha vaqt.
Allayor – ollayor, olloh yor. Xudodan umidvor bo‘lib, tavakkal qilmoq.
Ardoq – aziz, qadrdon.
Asoba – katta, ulug‘, oila egasi, oila boshi, boshpana ma’nosida.
Atrof – bet – chor, gir atrof, uncha uzoq bo‘lmagan joy.
Achchig‘minan – achchiq bilan.
Bandarga – yo‘l ayrilgan joy.
Bakar ketmoq – etmaydi, pisanda emas ma’nosida.
Banot – qimmatbaho, asl mato.
Bag‘ishda – atalgan, bag‘ishlangan, beshikkerti qilingan.
Bepilik – piliksiz.
Bermag‘an – buyon, e’tiboran.
Besohib – egasiz.
Billami – birgami.
Birich – bronza. Mis, qo‘rg‘oshin, alyuminiy, qalayi kabi ma’danlar eritma-
sidan hosil qilingan qotishma.
Birmaydon – ma’lum bir muddat vaqt, bir oz vaqt.
Birpasil – bir fasl, tezda, ko‘z-ochib yumguncha.
Bovri – bag‘ri.
Boylamoq– bog‘lamoq, tug‘anoq bo‘lmoq.
Bosh adaq – boshdan ayoq, barcha, butun el-ulus nazarda tutilgan.
Boqmoq – 1. Katta qilmoq, tarbiyalamoq, voyaga etkazmoq. 2. kutmoq,
yo‘l qaramoq. Intizor bo‘lmoq.
Buytib (biytib) – bunday qilib.
Buldiramoq – mildiramoq.
Bulon – yovvoyi eshak.
Burna – ilgari, burun.
Buroq –yetti qat ko‘kda uchuvchi afsonaviy ot.
Buruv – mushkillik.
Burulmoq – yon bosmoq, qayishmoq.
Burum – o‘rim, soch o‘rimi.
Bug‘ – urushda chalinadigan asboblardan biri.
Bo‘b – bo‘lib.
Oyina.uz portali kutubxonasi
363
Do'stlaringiz bilan baham: |