18
Quloq solinglar,
qavmi-elim,
Bunday
qolmaydi bu ahvolim,
O‘z akamdan ko‘rib zulm,
Rozi bo‘linglar, qavmi-elim,
Men
endi bunda turolmayman,
Buytib
izza eb yurmayman,
Yana yuzini ko‘rmayman,
O‘lsam qizimni bermayman.
Endi men qaytay – netaman,
10
Bu erdan ko‘chib ketaman.
Boshqa bir joyga borib,
Istiqomat qilib yotaman.
Keng cho‘lga o‘zi sig‘maydi,
Bilaman, endi qo‘ymaydi.
Eshiting
tengi-to‘shlarim,
Atrof
xeli-xeshlarim,
Qanday bo‘ldi bu ishlarim?
Fido bo‘lib
aziz jonlarim,
Qanday o‘tadi kunlarim?
20
Endi biz ketdik bu joydan,
Rozi bo‘ling, og‘a-inilarim.
Qutilsam
bunday
qahardan,
Bu kun qiyildi zahardan.
Nasibani qaydan totdi,
Bilmayman qaysi shahardan?
Men
endi bunda turmayman,
O‘z akamdan sitam ko‘rmayman,
Zakotbosh bunda bermayman.
Rozi bo‘ling, aka-ukalar,
30
Yana ko‘raman, yo ko‘rmayman.
Sizlar edinglar bizga ko‘ngil to‘q,
Alpomish bo‘lsa bugun bek.
Oyina.uz portali kutubxonasi
19
Rozi bo‘ling,
qarindoshlar,
Yana ko‘ruv bormi yoki yo‘q.
Boysarining
yuragin yorib,
Yurmayin bu joyda,
Bunday sitamni ko‘rib.
Rozi bo‘ling, qarindoshlar,
Boshqa joyda o‘lsam g‘arib.
Alqissa, janjalga yig‘ilgan
Do'stlaringiz bilan baham: