Folklori instituti alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/19
Sana20.10.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1711274
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
YwVwkr2tOkAi5WLCLwDr

atrof-betdagi og‘a-ini, qavmu qarindosh-
lari, Yortiboy oqsoqol, Nodir elbegi, Ko‘char elbegi, Shozamon mergan, 
Chuvdali so‘filar Boybo‘ri va Boysarini chaqirib olishib, maslahat qilib, 
bularga bir so‘z deyapti:
40
O‘n to‘rtda to‘ladi osmonda oylar,
Bu ahvol qandaydi[r], Boybo‘riboylar?
Bu cho‘lga sig‘masmi chorva-qo‘ylar,
Hammamiz 
og‘ayin, qarindosh ellar!
Kimga torlik qiladi keng sahro-cho‘llar,
Bu cho‘lga sig‘masmi chorva-mollar?
Yig‘ilishib keldi qarindosh bari,
Bu gapdan qaytgin endi, Boysari.
Turpa bo‘lib, ayrilib chiqmagin xildan,
Endi qaytgin sen bu sherlik yo‘ldan,
50 Qayda ketarsan ayrilib og‘ir eldan?
Bir achchig‘ing bilan gapirding o‘zing,
Bizlarga ma’qul emas bu aytgan so‘zing.
Alpomishga bag‘ishla Oybarchin qizing,
Bu joylarga termulib qolmasa ko‘zing.
Qora ko‘zdan qonli yoshing eshilib,
Qayda bo‘lsang, eldan chiqma 
cheshilib,
Nima uchun yig‘laysan bag‘ring teshilib?
Xazon urmay, bog‘da gullar so‘larmi,
Aka-ukaniki bunday urushi bo‘larmi?
60 Eldan chiqib ketma buytib bo‘linib,
Qayda bo‘lsang, el bilan yur ilinib.
Oyina.uz portali kutubxonasi


20
Agar ko‘chib ketsang boshqa joylarga,
El qadri qolmasin-da bilinib.
Sening aytgan bu so‘zingga yurmaymiz,
Eldan ketishingga javob bermaymiz.
Aka-ukaning urushi bo‘lmaydi,
Bu janjalni ikkovingdan ham ko‘rmaymiz.
Achchig‘ing bilan bu so‘zlarni aytasan,
Boysari, sen shu so‘zingdan qaytasan,
70 Bu eldan ayrilib, qayga ketasan?
Qanday chiqib ketasan qavm-qardoshingdan,
Bu yomon so‘zingni olib tashlagin, boshingdan,
Buytib kechib ketma emikdoshingdan,
Ham atrofdagi qavmi-qarindoshingdan.
Termultib ketmagin xalqning barini,
Ham akang-emikdosh Boybo‘rini,
Qayga musofir qilib olib ketasan,
Alpomishning sevimli Barchin yorini?!
Alqissa, Boysarining achchig‘i tarqamasdan xalqlariga qarab, qich-
qirib, bir so‘z deyapti:
Xalq – qarindoshim, eshit mening so‘zimni,
80 Bu yo‘ldan qaytarolmaysizlar o‘zimni.
Nima bo‘lsa, endi ketishim lozimdi[r],
Boybo‘riga endi bermayman qizimdi.
Qarindoshlar, bil, bu erda turmayman,
O‘z akamdan sitam ko‘rib yurmayman,
Boybo‘riga men qizimni bermayman.
Bundan ketdim boshqa joylar eliga,
Men bermayman Boybo‘rining uliga,
Erka qizimni Kuntug‘mishning qo‘liga.
Alqissa, Boybo‘ri ukasiga:
– Hoy Boysari, nima deyapsan, boshida va’dang nima edi? Xalqlar 
hammasi eshitgan edi-ku, – deb qichqiryapti:
Oyina.uz portali kutubxonasi


21
Achchiq bilan olaytirma ko‘zingni,
90 Xalqlar o‘rtaga olib nasihat qildi o‘zingni.
Hamma eshitib edi o‘zing so‘zingni,
Xalq o‘rtasida berib eding-ku qizingni.
Boysari, sen muncha ketma o‘zingdan,
Ishonmasang, so‘ra o‘zing qizingdan,
Nima uchun 

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling