Fonetika Fonetika so’zi yunoncha fone-tovush


Download 43.85 Kb.
bet11/14
Sana08.01.2022
Hajmi43.85 Kb.
#236855
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
FONETIKA

Ikki,olti,yetti sonlariga -ov,-ovlon,-ala kabi jamlovchi son qo’shimchalari qo’shilganda ikkinchi bo’g’indagi I unlisi tushib qoladi:ikki+ov=ikkov,olti+ovlon=oltovlon,ikki+ala+ikkala.

  • Ikki bo’g’inli fe’llardan -uq,-im qo’shimchasi orqali ot yoki sifat yasalganda,ikkinchi bo’g’indagi unli tushib qoladi:buyur+uq=buyruq,ayir+im=ayrim.

  • Ikki bo’g’inli ayrim fe’llarga -il nisbat qo’shimchasi qo’shilganda,ikkinchi bo’g’indagi unli tushib qoladi:Masalan:ayir+ir=ayril,qayir+ir=qayril.

  • Ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmalari o’rtasidagi -a qo’shimchasi tushib qolsa,ular qo’shib yoziladi.Masalan:ayta oladi-aytoladi,bora oladi-boroladi.(Ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasining bu holati variantdoshlik hisoblanadi)

  • Ayrim hollarda to’liqsiz fe’llar(edi,ekan,emish,emas)boshida qo’llangan e unlisi tushirib aytiladi va qo’shib yoziladi.Masalan:borar edi-borardi,borgan emish-borganmish.

    III.Asos(o’zak)ga qo’shimcha qo’shilganda quyidagi hollarda tovushlar ortishi kuzatiladi.

    1. U,bu,shu,o’sha kabi kishilik va ko’rsatish olmoshlariga egalik,jo’nalish,o’rin-payt,chiqish kelishiklari,-day,-dek,-aqa,-cha kabi qo’shimchalar qo’shilganda bir n tovushi ortadi.Masalan:U+isi,-ga,-da,-dan,-day,-aqa,-cha=unisi,unga,unda,undan,unday,unaqa,uncha;Bu+ -isi,-ga,-dan,-da,-day,-aqa,-cha=bunisi,bunga,bunda,bundan,bunday,bunaqa,buncha va.h.k.

    2. Oxiri o,e,o’,u unlilari bilan tugagan o’zlashma so’zlarga egalik qo’shimchasi qo’shilganda,bir y undoshi ortadi.Masalan:xudo+im=xudoyim,mavqe+im=mavqeyim,obro’+im=obro’yim,mavzu+im=mavzuyim(xudosi,mavzusi).

    3. Ye,de fe’llariga majhul va birgalik nisbat hosil qiluvchi -il va -ish qo’shimchasi qo’shilsa,bir y tovushi ortadi.Masalan:ye+il(di)=yeyildi,de+il(di)-deyildi.

    4. Tovush ikkilanishi orqali tovush ortishi.Bunda so’z asosiga qo’shimcha qo’shilishi natijasida bir tovush ikkitaga ortadi.Masalan:achi+q=achchiq,isi+q=issiq,haq+im=haqqim.

    1.Tovush almashinishi:qishloq+im=qishlog’im,bilak+i=bilagi,tik+kan=tikkan,yosh+a=yasha,suva+q=suvoq,sayra+qi=sayroqi.

    2.Tovush tushishi:shahar+im=shahrim,burun+i=burni,singil+im=singlim,men+ning=mening,sen+ni=seni,ko’ngil+ing=ko’ngling,qila olaman=qilolaman,kelgan+edi=kelgandi.

    3.Tovush ortishi:u+da=unda,bu+dan=bundan,shu+day=shunday.


    Download 43.85 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling