Regressive dissimilyatsiya:ittifoq-intifoq,koridor-kolidor.
METATEZA-ikki yonma-yon kelgan tovushning o’rin almashinuvi:aylana-aynala,tuproq-turpoq,daryo-dayro,yomg’ir-yog’mir,ahvol-avhol,supra-surpa,afv-avf…..
QO’SH VA QATOR UNDOSHLAR
Ikkita bir xil undosh tovushlar yonma-yon kelsa qo’sh undoahli so’z deyiladi.Bunday so’zlarning talaffuzi va imlosi farqlanadi:
Qo’sh undoshli so’zlar aniq talaffuz qilinadi va yoziladi:ikki,to’qqiz,arra,silla,darra,pilla…
Talaffuzda qo’sh undoshlarning biri tushiriladi,lekin yozuvda har ikkalasi ham yoziladi:taajjub-taajub,taassurot-taasurot,kilogramm-kilogram,metall-metal
So’z oxirida kelgan qo’sh undoshli so’zlarga biror shu tovush bilan boshlanuvchi qo’shimcha qo’shilganda qo’sh undoshlarning biri tushib qoladi:metall+li=metalli,kilogramm+mi=kilogrammi.
Ikki xil undosh so’zda yonma-yon kelib,bir bo’g’inni tashkil qilsa,bunday so’zlar qator undoshli so’z deyiladi:qadrli,yurtdosh,mardlik,hukmdor,g’isht,stol,traktor…
Paxta,taxta,qudrat,maktab,davlat,jayron kabi so’zlar qator undoshli so’zlar hisoblanmaydi.
O’zbekcha so’zlarning fonetik tuzilishidagi o’ziga xoslik shundaki,so’zning boshida ketma-ket ikkita undosh bir joyda kelmaydi.Shuningdek,so’zning oxirida ham st(ost,ust),lt(milt,yilt),rt(qurt,turt) kabi undoshlardan tawqari bowqa undoshlar yonma-yon kelmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |