SO’Z URG’USI
So’z urg’usi ikki xil bo’ladi:bog’liq(dinamik) va erkin urg’u.
Bog’liq urg’u-so’zning biror bo’g’ini bilan bog’liq ravishda tushadigan urg’udir.O’zbek tili urg’usi bog’liq urg’u sanaladi,chunki u so’zning oxirgi bo’g’iniga tushadi.Agar so’zga biror qo’shimcha qo’shilsa,urg’u so’z oxiriga qarab ko’chadi.Masalan:makta’b,maktabla’rimiz,maktablarimi’zga.
O’zbek tilida urg’u olmaydigan qo’shimchalar ham mavjud:
Fe’lning bo’lishsizlik shaklini hosil qiluvchi-ma;bo’rma,ke’lma.
Ravish yasovchi qo’shimchalar-dek,-day,-chasiga,-ona;gu’lday,yigi’tcha.
Qo’shimcha shaklidavi yuklamalar-chi,-mi,-ku,-gina,-oq,-yoq;a’yt-chi,se’n-ku.
Kesimlik shakllari-man,-san,-dir,-miz,-siz;talaba’man,ki’msan,inso’ndir.
Fe’lning buyruq- istak mayli qo’shimchalari-gin,-sin…a’ytgin,ke’lsin.
Sonning lug’aviy shakllari-ta,-tacha,-larcha,-lab…qi’rqta,mi’ngtacha,be’shlarcha.
Gumon olmoshi shakli-dir ki’mdir,nega’dir,nima’dir.
Gumon yuklamasi-dir kuylayotga’ndir,aytga’ndir.
Familiyaga qo’shiluvchi shakllar-ev,-eva,-ov,-ova,-ovna,-evna,-ovich,-yevich..Yusu’pov.
Zamon shakllari-di,-(i)b,-gan,-yap,-moqda..ku’tmoqda,ke’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |