Fonetika Fonetika so’zi yunoncha fone-tovush


Download 43.85 Kb.
bet3/14
Sana08.01.2022
Hajmi43.85 Kb.
#236855
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
FONETIKA

UNDOSH TOVUSHLAR TASNIFI

O’pkadan chiqayotgan havo og’iz bo’shlig’ining ma’lum bir joyida yoki bo’g’izda to’siqqa uchrashidan hosil bo’lgan tovushlar undosh tovushlar sanaladi.

Tilimizda quyidagi 24 ta undosh tovush mavjud:b,d,f,g,h,j,k,l,m,n,p,q,r,s,t,v,x,y,z,g’,sh,ch,ng,dj.Hozirda o’zbek tilida 3 ta harf birikmasi mavjud:sh,ch,ng.Bu birikmalarda harflar soni bilan tovushlar soni bir xil emas.Tosh,sochiq kabi so’zlarda tovushlar va harflar soni teng emas.Ularning biri ng tovushi bo’lib,u yozuvda maxsus belgi bilan ifodalanmaydi,shuning uchun qaysi so’zda bir tovushni,qaysi so’zda ikki tovushni ifodalashi yozuvda aniq bilinmaydi.

Dengiz,ko’ngil,tong,manglay kabi o’zbekcha so’zlarda ng bir tovushni ifodalaydi.Shu sababdan bunday so’zlarda tovushlar soni va harflar soni teng emas.

Ingliz,kongress,shtanga kabi ruscha-baynalmilal so’zlarda ng ikkita tovushni ifodalaydi.Shu sababdan bunday so’zlarda tovushlar soni va harflar soni teng.

Menga,nonga,yongan kabi so’zlar o’zbekcha so’z bo’lsa ham,ng alohida n va g tovushlaridir.Bunday paytda n so’z asosiga g esa qo’shimchaga tegishli bo’ladi.

O’zbek tilida ikkita o’zlashgan tovush mavjud:F-fudbol,fan,falsafa….J-jirafa,jurnal,ajdar…


Download 43.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling