Fonetika Fonetika so’zi yunoncha fone-tovush


Download 43.85 Kb.
bet1/14
Sana08.01.2022
Hajmi43.85 Kb.
#236855
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
FONETIKA



Fonetika

Fonetika so’zi yunoncha fone-tovush so’zidan olingan bo’lib,og’zaki nutqning tovush tomonini o’rganuvchi tilshunoslik bo’limining nomini anglatadi.

Har bir shaxs ma’lum bir jamiyat vakili hisoblanadi.Jamiyat a’zolari o’zaro doimo aloqada bo’ladilar.Biri obyektiv olamda o’z sezgi a’zolari orqali his etgan ma’lum narsa va hodisa haqida boshqalarga tovush to’lqinlari(yozma nutqda harflar ketma-ketligi)yordamida axborot yetkazadi.Axborot uzatuvchi so’zlovchi,eshituvchi esa tinglovchi sanaladi.So’zlovchi va tinglovchi o’rtasida axborot uzatish va qabul qilish jarayoni nutqiy faoliyat deyiladi.Nutqiy faoliyat yozma nutqda ham amalga oshishi mumkin.Bunda xat yo’llovchi shartli ravishda so’zlovchi,uni qabul qiluvchi esa (o’quvchi)tinglovchi hisoblanadi.Nutqiy faoliyat muayyan jamiyatning aloqa vositasi hisoblanuvchi til yordamida amalga oshiriladi.

Hali voqelanmagan imkoniyat tarzidagi,ma’lum jamiyat a’zolari uchun barobar xizmat qiluvchi ijtimoiy-ruhiy aloqa vositasi-til,shu tilning muayyan shaxs nutqiy faoliyatida bevosita namoyon bo’lishi,voqelanishi -nutqdir.

Nutq ikki yo’l bilan amalga oshiriladi:tovushlar zanjiri asosida bayon qilingan nutq-og’zaki nutq,harflar ketma-ketligi asosida bayon qilingan nutq esa yozma nutq sanaladi.Og’zaki nutqning eng kichik mayda bo’laklarga bo’linmaydigan qismi(akustik artikulatsion birlik)tovush deyiladi.Tovushning yozuvdagi ifodasi harf deyiladi.So’zda tovush va harflar miqdori hamma vaqt ham teng kelavermaydi.Masalan:bodring so’zida 7 ta harf va 6ta tovush bor.

Nutq tovushlarini hosil qilishda ishtirok etuvchi inson a’zolari nutq a’zolari yoki nutq apparati deyiladi.Ularga o’pka,un paychalari,tog’aylar,og’iz bo’shlig’I,burun bo’shlig’I,bo’g’iz bo’shlig’I,til,tish,lablar,yumshoq va qattiq tanglay kiradi.Lab,tish va un paychalari eng faol nutq a’zolari hisoblanadi.Tovushlar o’pkadan chiqayotgan havoning og’iz bo’shlig’ida to’siqqa uchrashi yoki uchramasligiga ko’ra ikki turli bo’ladi:unli tovushlar va undosh tovushlar.


Download 43.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling