Fonetika Fonetika so’zi yunoncha fone-tovush


Download 43.85 Kb.
bet8/14
Sana08.01.2022
Hajmi43.85 Kb.
#236855
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
FONETIKA

Erkin urg’u-so’zning turli bo’g’inlariga tushishi mumkin bo’lgan urg’udir.Bu o’zlashgan so’zlarga xos.Masalan:monitoring,reklama,mashina,telefon.

Ruscha-internasional so’zlarda urg’u tushishiga qarab “o”unlisi uch xil talaffuz qilinadi:



  1. “O” unlisi “a”unlisi shaklida:konfe’t,kontra’kt,moto’r,fonta’n(urg’u “o”unlosidan keyingi bo’g’inga tushadi).

  2. “O” unlisi “I” unlisi shaklida:tra’ktor,dire’ktor,re’ktor(urg’u “o” unlosidan oldingi bo’g’inga tushadi).

  3. “O” unlosi “o’” unlisi kabi:vodoro’d,poroxo’d,moto’r(urg’u “o” unlosining o’ziga tushadi).

  • Sof ko’makchilar urg’u olmaydi-sari,sayin,ko’ra,bilan,uchun,kabi,singari,yanglig’,doir…

  • Sifatning daraja ko’rsatuvchi birliklari urg’u oladi-ti’m qora,la’ng ochiq,o’ppoq,qo’p-qora,ya’m-yashil…

  • Har va hech so’zlari bilan yasalgan qo’shma so’zlarning birinchi qismiga urg’u tushadi-he’ch kim,ha’r narsa.

Tilimizda ba’zi o’zlashgan so’zlarda ham urg’u oxirgi bo’g’inga tushmaydi:tra’ktor,do’ktor,ko’llej,ha’mma,ba’ri,ba’rcha,alba’tta,ha’tto,respu’blika…

Urg’u ma’no farqlash vazifasini ham bajaradi:

Bog’lar-bog’la’r,ho’zir-hozi’r,ya’ngi-yangi’,e’tik-eti’k,to’rtma-tortma’,tu’gma-tugma’,a’kademik-akade’mik,gulla’r-gu’llar…

-gina,-a,-chi,-da,-oq,-dir yuklamalari ham o’z omonimlari bilan urg’u yordamida ma’no farqlaydi.



GAP URG’USI

Gap urg’usi deb gapdagi biror so’zning alohida ohang bilan ta’kidlab aytilishiga aytiladi:Samarqandda(boshqa biron-biir shaharda emas) afsonaviy obidalar ko’p.Men bugun kutubxonaga(boshqa joyga emas) boraman.

Gap urg’usi asosan kesimdan oldingi gap bo’lagiga tushadi.Gap urg’usining diologik nutqda,she’riyatda va yozma nutqda ahamiyati katta.Xususan,so’zlashuv nutqida gap urg’usini aniqlashda so’roq olmoshlarining o’rni katta.So’zlovchi berilgan gapdagi so’roq qaratilgan birlikka gap urg’usini tushirib javob qaytaradi.Agar javob kengaytirilsa,kesim bilan kengaytiriladi:

-Sen kimni yaxshi ķo’rasan?-so’radi chol.

-Onamni(yaxshi ko’raman)-javob berdi bolakay.

Agar urg’u kesimning o’ziga qaratilgan bo’lsa,so’roq kesimga beriladi:

-Kecha nima qilding?-so’radi Sobir.

-Uxladim-dedi u.

Gapda qaratqich va sifatlovchi aniqlovchi aniqlanmishdan oldin turadi.Shuning uchun ularni doim kesim oldida ifodalashning iloji yo’q.Aniqlovchi urg’u olsa,inversiya bilan gap oxiriga o’tadi:Masalan,Gul terdim chiroyli(ajratilgan aniqlovchi),O’zbekiston-vatanim manim.

Agar gapda ajratilgan bo’lak ishtirok etsa,gap urg’usi ajratilgan bo’lakka tushadi.Masalan,Meni,Yusupov Asrorni,aldaydigan senmi?.Men uni soat beshda,darsdan qaytishda,ko’rdim.

Og’zaki nutq oqimi bo’linuvchanlik xususiyatiga ega bo’lgan tovushlar ketma-ketligidan iborat.Bundan bo’linuvchanlik xususiyatiga ega bo’lgan tovushlar qatori segment birliklar hisoblanadi.Lekin og’zaki nutqimiz faqat segment birliklardangina tashkil topmaydi.Bulardan tashqari,ketma-ket bo’linuvchanlik xususiyatiga ega bo’lgan tovushlar qatori ustiga qo’yilgan ustsegment birliklarga ham ega bo’ladi va bu birliklar nutqimiz ta’sirchanligini ta’minlaydi.

Gap bo’laklari talaffuz qilinganda ular orasida to’xtam qilinadi.Ikkita qisqa to’xtam orasidagi nutqiy bo’lak sintagma deyiladi:Baland//bolaxonali//uy.Bu gaping yomon bo’lmadi-Bu gaping yomon,bo’lmadi.Ona aziz farzandiga yelni ham ravo ko’rmaydi-ona aziz,farzandiga yelni ham ravo ko’rmaydi.




Download 43.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling