UNLI TOVUSHLAR TASNIFI
O’pkadan chiqayotgan havo og’iz bo’shlig’ida hech qanday to’siqqa uchramay chiqishi natijasida hosil bo’lgan tovushlarga unli tovushlar deyiladi.Hozirda o’zbek tili alifbosida 6 ta fonema bor.Ular yozuvda 6 ta harf bilan ifoda etiladi:Aa,Ee,Ii,Oo,Uu,O’o’.
1.Tilning gorizontal holatiga ko’ra:
a)Til oldi(old qator)unlilari:I,e,a
b)Til orqa(orqa qator)unlilari:o,u,o’
2.Tilning vertikal holatiga ko’ra(og’izning ochilish darajasiga ko’ra):
a)Tor(yuqori tor,qisqa)unlilar:I,u
b)O’rta keng(o’rta ko’tarilish)unlilar:e,o’
c)Quyi(yuqori keng,cho’ziq,quyi ko’tarilish)unlilar:a,o
3.Labning ishtirokiga ko’ra:
a)Lablangan unlilar:u,o,o’
b)Lablanmagan unlilar:a,I,e
Unlilarning qo’sh va qator qo’llanilish holatlari:
1.Qo’sh unli-bir unlining ketma-ket qo’llanilishi:
a)So’z o’rtasida:inshoot,tabiiy…
b)So’z oxirida:mudofaa,matbaa…
2.Qator unli-ikki xil unlining bir o’rinda yonma-yon qo’llanilishi:
a)So’z boshida:oila,aerapot…
b)So’z o’rtasida:soat,itoat…
c)So’z oxirida:jamoa…
Unlilar qo’sh va qator qo’llansa-da,ular alohida-alohida bo’g’in hosil qiladi:o-i-la,mat-ba-a,in-sho-ot…
Do'stlaringiz bilan baham: |