Fonetika Fonetika so’zi yunoncha fone-tovush


Download 43.85 Kb.
bet9/14
Sana08.01.2022
Hajmi43.85 Kb.
#236855
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
FONETIKA

FONETIK O’ZGARISHLAR

Fonetik o’zgarishlar ikki xil jarayonda yuz beradi:



  1. So’zlarga biror qo’shimcha qo’shilganda:son+a=sana,ong+la=angla.

  2. So’zlarni talaffuz qilganda:kitob-kitop,past-pas,sust-sus.

So’zlarga qo’shimcha qo’shilganda quyidagi o’zgarishlar ro’y beradi:

Odatda,agglyutinativ tillar talabiga ko’ra asosdan so’ng qo’shimcha qo’shilish chegaralari aniq bo’lishi lozim,ya’ni fonetik o’zgarishlar kuzatilmasligi lozim.Ammo o’zbek tilida ham ayrim hollarda o’zgarishlar kuzatiladi,bu hodisa esa tilshunoslikda fleksiya(fuziya) hodisasi deyiladi.

O’zbek tilida 3 xil fonetik o’zgarish kuzatiladi:


  1. Tovush almashinishi(o’zgarishi).

  2. Tovush tushishi.

  3. Tovush ortishi.

O’zbek tilida tovush almashinishi va tushishi fonetik o’zgarishning asosiy turi hisoblanadi.

|.Asos(o’zak)ga qo’shimcha qo’shilganda quyidagi hollarda tovush o’zgarishi(almashishi)kuzatiladi:



  1. Oxiri a bilan tugagan fe’llardan -q,-qi,-v,-vchi qo’shimchalari yordamida ot yoki sifat yasalganda,harakat nomi hosil qilinganda a unlisi o unlisiga o’zgaradi:tara+q=taroq,porla+q=porloq,sayra+qi=sayroqi,tanla+v=tanlov,boshla+vchi=boshlovchi.

  2. Oxiri I bilan tugagan fe’llardan -q,-v,-vchi qo’shimchalari yordamida ot yoki sifat yasalganda,harakat nomi hosil qilinganda I unlisi u unlisiga o’zgaradi:sovi+q=sovuq,o’qi+v=o’quv,to’qi+vchi=to’quvchi.

  3. O’zagida o unlisi bo’lgan bir bo’g’inli otlardan -la,-a qo’shimchasi orqali fe’l yasalganda o unlisi a unlisiga o’zgaradi:son+a=sana,ong+la=angla.

  4. Oxiri k,q undoshlari bilan tugagan so’zlarga egalik qo’shimchasi qo’shilganda k tovushi g tovushiga,q tovushi g’ tovushiga o’zgaradi:terak+im=teragim,qishloq+im=qishlog’im.

  5. Oxiri k,q undoshi bilan tugagan so’zlarga jo’nalish kelishigi,sifatdosh,ravishdosh,|| shaxs buuruq-istak mayli,chegara va ayiruv yuklamasi qo’shimchasi qo’shilganda g tovushi k tovushiga,g tovushi q tovushiga o’zgaradi:

Terak+ga=terakka qishloq+ga=qishloqqa

Tik+gan=tikkan chiq+gan=chiqqan

Tik+gach=tikkach chiq+gach=chiqqach

Tik+guncha=tikkuncha chiq+guncha=chiqquncha

Tik+gin=tikkin chiq+gancha=chiqqancha

Tik+gancha=tikkancha chiq+gjn=chiqqin

Kichik+gina=kichikkina yumshoq+gina=yumshoqqina

Yo’lak+ga=yo’lakka qishloq+ga=qishloqqa

6.O’zagida u yoki v harfi mavjud so’zlardan -illa qo’shimchasi orqali fe’l yasalganda -ulla tarzida yoziladi:gur+illa=gurulla,vov+illa=vovulla.

7.Bir soniga -ta qo’shimchasi qo’shilganda,r undoshi t undoshiga o’zgaradi:bir+ta=bitta.

8.Bir bo’g’inli asos tarkibida u unlisi bo’lsa,-im,-iq so’z yasovchi qo’shimchalari -um,-uq shaklida qo’shiladi:uy+im=uyum(bir uyum tuproq),yut+iq=yutuq.

9.Ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmalarida ikkinchi qism boshidagi b undoshi v tovushiga o’zgaradi va qo’shib yoziladi:keta beradi -ketaveradi.




Download 43.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling