Fonetika Fonetika so’zi yunoncha fone-tovush
NUTQ TOVUSHLARINING UCH TOMONI
Download 43.85 Kb.
|
FONETIKA
NUTQ TOVUSHLARINING UCH TOMONI
Nutq tovushi faqat insonlarga xos bo’lib,ma’lum bir maqsadda talaffuz qilinadi.Bu esa nutq tovushining uch xil xususiyati borligini bildiradi. 1.Nutq tovushining fiziologik(talaffuz,artikulatsion)tomoni.. Nutq tovushlari inson nutq a’zolarining harakati natijasida paydo bo’ladi.Nutq tovushining nutq a’zolarining qayerida,qanday yo’l bilan hosil qilinishi yoki talaffuz etilishi uning fiziologik tomoni hisoblanadi.O’rni va usuli. 2.Nutq tovushining akustik(fizik)tomoni Har qanday nutq tovushi havoning tebranishi natijasida hosil bo’ladi.Shuning uchun ularning hammasi sifat belgisiga ya’ni past-balandlik,kuch ya’ni tezlik,miqdor ya’ni uzunlik hamda tebranish belgilariga ega bo’ladi.Nutq tovushlarining bu tomoni uning akustik tomoni deyiladi.Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko’ra. 3.Nutq tovushining vazifaviy(lingvistik,fonologik)tomoni. Har bir nutq tovushi ma’lum maqsadda talaffuz qilinadi.Bizga ma’lumki,nutq tovushlari ma’no farqlash uchun xizmat qiladi.Demak,ularning bu tomoni vazifaviy tomoni hisoblanadi. Har qanday nutq tovushini tasnif qilganda mana shu uch tomon hisobga olinadi.Masalan:k tovushi til o’rtasining yuqori tanglayga tegishi va o’pkadan chiqayotgan havoning bu to’siqdan portlab chiqishi natijasida hosil bo’ladi.Bu tovushning nutq a’zolarining qayerida va qanday yo’l bilan hosil bo’lishi talaffuz(fiziologik)tomoni sanaladi.Uning sof shovqindan iborat ekanligi,jarangsizligi akustik belgisi, k ning g dan va boshqa tovushlardan farqlanishi esa vazifaviy belgisi hisoblanadi.Tilshunoslik fani uchun vazifaviy tomoni muhim sanaladi.Shuning uchun vazifaviy belgi lingvistik(tilshunoslik)belgi deb ham yuritiladi. Download 43.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling