ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-230-239
Academic Research, Uzbekistan 231 www.ares.uz
navbatida boshqa talablar bilan birgalikda iqtisodiyot
sohalarining har bir
yo‗nalishidagi mutaxassislarning kompetentligiga ko‗p jihatdan bog‗liq. Ma‘lumki
hozirgi kunda oliy ta‘lim tizimida bitiruvchilarni butun dunyoda raqobatbardosh kadr
sifatida tan olinadigan tizimga – Boloniya tizimiga kirishning asosiy maqsadlaridan
biri tayyorlanayotgan mutaxasisning professional jihatiga asosiy e‘tibor qarashtishdir.
Agar har bir soha uchun tayyorlanayotgan mutaxassisning
dastlabki bilimlari va
dunyoqarashi maktabda, hattoki maktabgacha ta‘lim
muassasasida shakllanishini
hisobga olsak yuqorida keltirilgan rejalarni amalga oshirishda bo‗lajak o‗qituvchi-
pedagoglarni tayyorlovchi pedagogika oliy ta‘lim muassasalari zimmasiga katta
mas‘uliyat yuklanganligini yaqqol ko‗ramiz. Bu mas‘uliyat pedagogika oliy ta‘lim
muassasasida ta‘lim beradigan hamda ular tayyorlayotgan bo‗lajak mutaxassislar ham
dunyo bo‗yicha raqobatbardosh kadrlar bo‗lishi va o‗z
kasbiga doir fanlarni
mukammal o‗zlashtirgan bo‗lishini talab qiladi. Shu bilan birga ular: birinchidan,
olgan bilimlarini ish faoliyatida – ta‘lim jarayonida qo‗llashning ilg‗or
pedagogik
texnologiyalarini o‗zlashtirgan bo‗lishi; ikkinchidan, har bir o‗rganilayotgan
qonuniyatning ilmiy jihatiga e‘tibor qaratgan holda ilmiy va ilmiy - pedagogik tahlil
etishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: