Formation of imaginations on the unique landscape of the universe in the preparation of future teachers of physics


-rasm. Fundamental ta’sirlashuvlar va ularni yagona nazariyaga birlashtirish


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/10
Sana18.12.2022
Hajmi0.67 Mb.
#1030252
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
bo-lajak-fizika-o-qituvchilarini-tayyorlashda-olamning-fizik-manzarasi-bo-yicha-tasavvurlarni-shakllantirish

3-rasm. Fundamental ta’sirlashuvlar va ularni yagona nazariyaga birlashtirish 
bosqichlari. 


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-230-239 
Academic Research, Uzbekistan 237 www.ares.uz 
bosqich 1960-1970-yillarda Sh.Gleshou, S.Veynberg, A.Salamlar tomonidan 
elektromagnit va kuchsiz ta‘sirlashuvlarni birlashtiruvchi nazariya- elektrokuchsiz 
ta‘sirlashuv nazariyasining yaratilishi bo‗ldi. Ushbu nazariya bo‗yicha elektrokuchsiz 
ta‘sirlashuv oraliq ( 
) kalibrovka bozonlari orqali amalga oshishi kerak. Bu 
bozonlarning eksperimentda kashf qilinishi nazariyaning to‗g‗ri ekanligining isboti 
bo‗ldi. Elektrokuchsiz ta‘sirlashuvning kashf etilishi kuchli, kuchsiz va elektromagnit 
ta‘sirlarni o‗z ichiga oluvchi yagona nazariya ―Buyuk birlashuv nazariyasi (BBN)‖ 
(GUT-Grand unification theory) yaratilishiga asos bo‗ldi. Bu nazariya dastlab 
Standart model deb nomlandi va tabiatda bu umumlashgan ta‘sirning kalibrovka 
bozonlari- Higgs bozonlari mavjud bo‗lishi kerakligi bashorat qilindi. 
2013-yilda Katta adron kollayderi(LHC-Large Hadron Collayder) da umumiy 
energiyasi 7-8 TeV bo‗lgan qarama-qarshi yo‗nalishda harakatlanuvchi protonlar 
dastasi bilan o‗tkazilgan eksperimentlarda elektrokuchsiz nazariyada bashorat 
qilingan Higgs bozonlari kashf etildi [6]. Bu kashfiyot XXI asrning eng buyuk ilmiy 
kashfiyoti sifatida tan olindi. Buning natijasida Standart model- Standart nazariyaga 
aylandi, hamda Nyuton va Eynshteynning klassik gravitatsiya nazariyasi bilan 
birgalikda juda katta diapazonda: 
li mikrodunyo va
li koinot 
masshtabidagi hodisalarni tushuntira oldi. Bu nazariya yaratilishi natijasida cheksiz 
kichik va cheksiz katta masshtablardagi fizika bizning tabiat haqidagi 
bilimlarimizning qarama-qarshi qutblari bo‗lmay qoldi. Bundan tashqari standart 
nazariya Plank uzunligi (
o‗lchamidagi jarayonlarida ham ishlashi kerak. 
Ayni shunday holatlarda barcha fundamental ta‘sirlashuvlarni o‗z ichiga olgan 
yagona fizik nazariya yaratish imkoni tug‗ilishi kerak. Chunki aynan shu 
masshtablarda gravitatsion kvant effektlari kuzatilishi kerak. Hozircha bunday 
nazariyaning yaratilishiga umumiy nisbiylik nazariyasi - gravitatsiya nazariyasining 
kvantlanmasligi to‗sqinlik qilmoqda. Haqiqatdan ham umumiy nisbiylik nazariyasi- 
kvant nazariyasi emas. Bu jihatdan olib qaraganda u Maksvellning klassik 
elektrodinamikasiga o‗xshaydi. Shunday bo‗lsa xuddi elektromagnit maydon singari 
gravitatsion maydon ham kvant qonunlariga bo‗ysunishi lozim deb qarash mumkin. 
Aks holda elektron, foton va boshqa zarrachalar uchun noaniqlik prinsipi 
bajarilmaydi. Kvant nazariyasining gravitatsiyaga qo‗llanilishi gravitatsion to‗lqinlar 
kvantlari- gravitonlar oqimidan iborat deb qarashga olib keladi. Gravitonning 
tinchlikdagi massasi nolga teng bo‗lib, spini 
ga teng bo‗lishi kerak. Koinotdagi 
ko‗pchilik biz kuzata oladigan jarayonlarda, laboratoriya sharoitida, kvant effektlar 
kuchsiz va Eynshteynning nokvant nazariyasidan foydalanish mumkin. Lekin kvant 
effektlari fazo va vaqt egrilanishi kuchli bo‗lgan tortishuv maydonida, singulyarlikka 



Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling