Forsayt kompetentlik
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ
Download 196.33 Kb. Pdf ko'rish
|
bo-lajak-menejerlarda-forsayt-kompetentlik-ni-shakllantirish-metodikasi
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 3 (112)
Yuqoridagi tahlillar asosida muallif tomoni- dan forsayt kompetentlikning qo’yidagi vari- antdagi ta’rifi ishlab chiqildi. “Forsayt kompe- tensiya, bu – boshqaruv sohasidagi mutaxassis- larning korxona yoki kompaniyaning uzoq, o’rta va qisqa muddatli kelajagini to’g’ri bashorat- lash, strategik rejalashtirish, rejalarni bajarili- shi bo’yicha o’z vaqtida tezkor qarorlar qabul qilish hamda belgilangan natijaga erishishni ta’minlash, nazorat qilish va baholash bo’yicha bilim, malaka hamda uquvlarga ega bo’lishlari, forsayt kompetentlik esa ushbu bilim, malaka hamda uquvlardan faoliyat jarayonida foy- dalana olishga yo’naltirilgan shaxsiy xususiyat- lari majmuidir”. Mazkur ta’rifga asosan forsayt kompetentlik modeli ishlab chiqildi (1-rasmga qarang). Forsayt kompetentlik kasbiy kompe- tentlikning ajralmas qismi hisoblanadi, shu sab- abli uni maqsadli kompetentlik deb ta’riflash ham mumkin. 1 Ushbu kompetentlik menejerning kasbiy hamda butun hayotiy faoliyatida foydalanishga mo’ljallangan. Forsayt kompetentlikni shakllan- tirish va rivojlantirish jarayonini 2 bosqichga ajratishimiz mumkin: oliy ta’lim muassasasida 1 Sxema muallif tomonidan ishlab chiqilgan. o’qish jarayonida forsayt kompetentlikni shak- llantirish va ishlab chiqarishdagi faoliyati davrida uni rivojlantirish. Birinchi bosqichdagi metodlar tarkibin- ing asosini forsayt metodlari tashkil etadi, shu bilan bir qatorda o’qitishning interaktiv metod- lari hamda muammoli o’qitish texnologiya- sidan kompleks foydalanish ham yaxshi samara beradi. O’quv shakllari an’anaviy ta’lim tizmi- dagi muammoli ma’ruzalar, amaliy va seminar mashg’ulotlari, o’quv-tadqiqot ishlari, malakaviy amaliyotlardan iborat. O’quv vositalari esa elek- tron ta’lim resurslari va pedagogik simulyator- dan iborat. Forsayt kompetentlikning baholash-natijaviy komponentini va ularning xarakterlarini bel- gilovchi asosiy ko’rsatkichlarini qo’yidagi 3 ta guruhga ajratamiz: 1. Forsayt asosida bashoratlashga oid naz- ariy bilimlarga ega bo’lish (forsayt metodlarini o’zlashtirish, ulardan amalda foydalanish, forsayt asosida uzoq, o’rta va qisqa muddatli bashorat- lash qobiliyatlariga ega bo’lish). 2. Strategik rejalar va yo’l xaritalar ishlab chiqish (bashorat natijalari asosida strategik rejalar, yo’l xaritalari ishlab chiqish ko’nikmasiga ega bo’lish). Download 196.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling