Foydalanilgan adabiyatlar … kiri sh bitiruv malakaviy ishning dolzarbligi
Ingliz tili leksikani o‘rgatishda yangi pedagogik texnologiyalarning dolzarbligi
Download 163.5 Kb.
|
INGLIZ TILI тили лексик
2.1. Ingliz tili leksikani o‘rgatishda yangi pedagogik texnologiyalarning dolzarbligi:
Oliy ta’lim o‘qituvchisining faoliyati shaxsni tarbiyalash jarayonida ta’lim-tarbiya olish sharoitlarini yaratish, uning extiyojlarini qondirish va qobiliyatlarini ochish hamda rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Pedagogikaning muhim muammolaridan biri o‘qituvchining mutaxassisligi va faoliyatining asosini tashkil etish shart bo‘lgan pedagogik jarayon nazariyasini ishlab chiqishdir. Ana shularni e’tiborga olgan holda, yosh pedagoglarning malakasini oshirishda asosiy masalalar quyidagicha belgilanadi: - o‘qitish jarayoning samaradorligini oshirishda pedagogik malakalarini shakllantirish; - ijtimoiy – iqtisodiy, siyosiy, gumanitar bilimlarni anglashga yo‘naltirilgan yangi kasbiy tafakkurni shakllantirish; - o‘qituvchi faoliyatining metodologik asosi sifatida pedagogik bilimlar tizimini rivojlantirish maqsadga muvofiq egallash; - o‘qituvchilarning kasbiy faoliyatlariga yaqinlashtirilgan uslublar tizimi sifatidagi o‘qitish texnologiyasini egallash; Tinglovchilar o‘zlari o‘qitayotgan talabalarning ruhiyatlariga mos ravishda muloqotda bo‘la olish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni egallash va o‘quv tarbiya jarayonidagi o‘rni, ulardan foydalanish shuningdek, “Aqliy hujum” “Tarmoqlar” (Klaster) usullari, “Bumerang”, “Skrabey”, “Charxpalak”, “Rezyum” va shu kabi texnologiyalar haqidagi bilimlarga ega bo‘lishlari va ularni o‘quv-tarbiya jarayoniga qo‘llay olishlari lozim9. Shaxs, texnologiya, pedagogik texnologiya, interfaol uslublar, pedagogik mahorat, “Klaster” texnologiyasi, “Aqliy hujum” uslubi muammoli ta’lim “Tarozi” texnologiyasi, mualliflik texnologiyasi, sinetik texnologiya. O‘qitish jarayoni 5 kunlik jadal interfaol trening ko‘rinishida amalga oshiriladi. Kurs 40 soatga mo‘ljalangan. Ta’limning interfaol strategiyalar: “Aqliy hujum” uslubi. To‘g‘ridan – to‘g‘ri jamoaviy aql bilan ishg‘ol qilish usulubi. Ijodiy masalalarni hal qilish texnologiyasi: “Qora quti” uslubi: “Kundaliklar” uslubi: 6x6x6 uslubi; sinetik texnologiya, muammoning qo‘yilishi; Ma’ruza – suhbat. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun. O‘zbekiston Respublikasida ta’lim mazmuni. Ta’lim turlari: an’anaviy, noan’anaviy, rivojlantiruvchi, masofali, muammoli, dasturlashtirilgan, turli darajali, modul tizimli, loyihalashtirish, yevristik interfaol ta’lim, kattalar ta’limi, informal ta’lim; rasmiy ta’lim norasmiy ta’lim. Tarqatma materiallar va slaydlar bilan ishlash. “Zinama-zina” texnologiyasi; Dars o‘quv jarayonini tashkil etishning asosiy shakli. Dars tuzilishi va turlari; An’anaviy, noan’anaviy, rivojlantiruvchi, muammoli yevristik dasrlar va ularning o‘xshashligi va farqlari: “3x4” texnologiyasi: Namunaviy yoki ochiq darslarning ahamiyati, ularning oddiy darslardan farqi: Darslarga kirish va tahlil qilish texnikasi: “Soniya” texnologiya: o‘quv jarayonini loyihalash Tarqatma materiallar. Kichik guruhlarda ishlash. “Rezyume” texnologiyasi: Tanqidiy tafakkur texnologiyalar; “Muammo” yoki “Ko‘prik” texnologiyasi: Muammoning yechimini topish. Yakka tartibda. “Bumerang” texnologiyasi: o‘qituvchining o‘quv jarayonini tashkil etishga inovatsion yondashuvi: Tarqatma material. Yakka tartibda, kichik guruhlarga va jamoa bo‘lib ishlash. “Sobirint” texnologiyasi: o‘qituvchining pedagogik mahorati; o‘qituvchi faoliyati va o‘quv jarayonida uchraydigan pedagogik nizolar, vaziyatlar va muammolarni yechish usullari; davra guruhida ishlash. Trening “Feedback” innovatsion texnologiyalar mazmuniga yakun yasash va baho berish. “FSMU” texnologiyasi; tarqatma material yakka tartibda, kichik guruhlarda va jamoa bo‘lib ishlash: Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol uslublardan foydalanib, ta’limning samaradorligini ko‘tarishga bo‘lgan qiziqish, e’tibor kundan – kunga kuchayib bormoqda. Zamonaviy texnologiyalar qo‘llanilgan mashg‘ulotlar talabalar egallayotgan bilimlarni o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlariga, qaratilgan. Bunday fikrning tug‘ilishi pedagogika fanida yangi pedagogik texnologiya yo‘nalishini yuzaga keltirdi. Bugungi kunga ta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiyaviy jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanishga alohida e’tibor berilayotganining asosiy sababi quyidagilar; Birinchidan, pedagogik texnologiyalarda shaxsni rivojlantiruvchi ta’limni amalga oshirish imkoniyatining kengligida. “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dastur” da rivojlantiruvchi ta’limni amalga oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Ikkinchidan, pedagogik texnologiyalar o‘quv-tarbiya jarayonida tizimli faoliyat yondashuvchi keng joriy etish imkoniyatini o‘qituvchini ta’lim-tarbiya jarayonining maqsadlaridan boshlab, tashxis tizimini tuzish va bu jarayon kechishini nazorat qilishgacha bo‘lgan texnologik zanjirni oldindan loyihalashtirib olishga undaydi. To‘rtinchidan, pedagogik texnologiya yangi vositalar va axborot usullarini qo‘llanilishi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablarini amalga oshirishi ta’minlaydi; O‘quv – tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarning to‘g‘ri joriy etilishi o‘qituvchining bu jarayonda zamonaviy o‘qitish uslublari – interfaol uslublar, innovatsion texnologiyalarning o‘rnida ahamityai beqiyosdir. Pedagogik texnologiya va ularning ta’limda qo‘llanishiga oid bilimlar, tajriba talabalarni bilimli va yetuk malakaga ega10. Interfaol darslarda o‘qituvchining o‘rni qisman talabalarning faoliyatini dars maqsadlariga erishishga yo‘naltirishga olib keladi. Bunday pedagog va talaba (yoki o‘quvchi) larning birgalikda o‘ziga xos xususiyatlariga ega bo‘lib, ularga; - talaba (yoki o‘quvchi) tshtp dars davomida befarq bo‘lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod qilish va izlanishga majbur etilishi; - talabalarning fanga bo‘lgan qiziqishlari doimiyligini ta’minlanishi; - talabalarning fanga bo‘lgan qiziqishlarini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondashgan holda kuchaytirilishi; - pedagog va talaba (yoki o‘quvchi) larning hamkorlikdagi faoliyatini doimiy ravishda tashkil etilishlari kiradi. Pedagogik texnologiya masalalarini va muammolarni qo‘llanishi: pedagogik texnologiyaning eng asosiy negizi o‘qituvchi va talabaning belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun tanlangan texnologiyasiga bog‘liq. O‘qitish jarayonida, maqsad qo‘llaniladigan har bir ta’lim texnologiyasi o‘qituvchi va talaba o‘rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil eta olsa, har ikkalasi ijobiy natijaga erisha olsa, o‘quv jarayonida talabalar mustaqil fikrlab, ijobiy ishlab, izlanib, tahlil etib, o‘zlari xulosa qila olsalar, ularga baho beriladi. Har bir dars, mavzu o‘quv predmetining o‘ziga xos texnologiyasi bor. O‘quv jarayonidagi pedagogik texnologiya – bu aniq ketma-ketlikdagi yaxlit jarayon bo‘lib, u talaba yoki o‘quvchining ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo‘naltirilgan, oldindan puxta loyihalashtirgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik jarayondir. O‘quvchi va talabaning maqsaddan natijaga erishishida qanday texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi aniq natijada erishishga qaratilgan bo‘lib bunda talabalarning bilim saviyasi guruh xarakteri, sharoitga qarab, ishlatiladigan texnologiya tanlanadi. Masalan, natijaga erishish uchun balki, kompyuter bilan ishlash lozimdir, balki film yoki tarqatma material, chizma va plakat, axborot texnologiyasi, turli adabiyotlar kerak bo‘ladi. Baholash – ta’lim jarayoning ta’lim bosqichida, o‘quv maqsadlariga erishganlik darajasini oldindan belgilab qo‘yilgan mezonlar asosida belgilash, o‘lchash, tahlil qilish jarayonidir.
O‘qitish jarayonini samarali va natijali bo‘lishini ta’minlashga yo‘naltirilgan quyida keltirilgani interfaol uslublar va o‘qitish texnologiyalarining barchasi ushbu uslubiy qo‘llanma mualliflaridan biri R.Ishmuxamedov tomonidan ko‘p yillar mabaynida yaratilgan bo‘lib, hozirgi kunda ular respublika maxsus, umumiy o‘rta ta’lim kasb-hunar hamda oliy ta’lim muassasalari o‘quvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutlari va fakultetlarida kamda ijobiy natijalarsh bermoqda11. “Tushunchalar tahlili” uslubi: Uslubning maqsadi: Talabalarni mashg‘ulotda o‘tilgan mavzuni egallaganlik va mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalarni o‘zlashtirib olinganlik darajalarini aniqlash, o‘z bilimlarini mustaqil ravishda erkin bayon eta olishi, o‘zlarning bilim darajalarini baholay olishi, yakka va guruhlarda ishlay olish, safdoshlarining fikriga hurmat bilan qarash; Uslubning qo‘llanishi; O‘quv mashg‘ulotlarining barcha turlarida o‘tilgan mavzuni o‘zlashtirilganlik darajasini baholash, takrorlash, mustahkamlash yoki oraliq va yakuniy nazorat o‘tkazish uchun, shuningdek yangi mavzuni boshlashdan oldin talabalarning bilimlarini tekshirib olish uchun mo‘ljallangan mashg‘ulotda foydalaniladigan vositalar; tarqatma materiallar tayanch tushunchalar ruyxati, qalam, slayd. Izoh; reja bo‘yicha belgilangan mavzu asosida hamda o‘qituvchining qo‘ygan maqsadiga mos tayyorlangan tarqatma materiallar. Download 163.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling