Foydalanilgan adabiyatlar … kiri sh bitiruv malakaviy ishning dolzarbligi
Leksik material ustida ishlash 3 bosqichda olib boriladi
Download 163.5 Kb.
|
INGLIZ TILI тили лексик
Leksik material ustida ishlash 3 bosqichda olib boriladi.
I- bosqichda qilinadigan ishlar quyidagilardan iborat. 1. Leksik birlikni tovush va grafikshaklini ochish. 2. Leksik materialni ma’nosini ochish. 3. Ularni birinchi bor mustahkamlash; II- bosqich; leksik malakalarni shakllantirish va o‘stirish bosqichida ko‘proq til yoki tayyorlov mashqlari bajarilib leksik birlikning shakli va ma’nosi ustida mashqlar bajariladi. Ushbu mashqlar avval og‘zaki nutq malakalarini hosil qilishga va keyin yozma nutq mashqlarida ham qo‘llanilishi lozim. III – bosqich. Nutq ko‘nikmalarini o‘stirish bosqichida leksik birlik ko‘proq nutq mashqlarida qo‘llanilib, og‘zaki va yozma nutqda avtomatizmgacha olib kelinadi. Biz asosan I – bosqichda qilinadigan ishlarning ketma – ketligini qarab chiqishimiz lozim. So‘zlarni tovush yoki grafik shakllari avval leksik tuzilishi 1-kursnikidan chiqurroq o‘quv tekstlari hamda badiiy tekstlar va har xil qo‘shimcha materiallar 2-kursning o‘quv materiali hisoblanadi. I – kursga qaraganda II – kursda tayyorlanmagan ishlov berilmagan nutqqa, lekin fikr berish yanada qiyinroq o‘qilgan eshitilgan tekstlar, ko‘rilgan filmlar talabaning diqqat markazida bo‘ladi. xuddi I –kursdagidek monologik nutq o‘ylab, tasvirlab berishga asoslangan, mukammalroq leksik – grammatik material bilan berilishi kerak. Agar birinchi yil bilan qiyoslansa, bu yilgi materiallar alohidaligi bilan farqlanadi. Buni uchun murojaat shartlarini aniqlash kerak. I- kursdagidek o‘qish ikki xil ko‘rinishga ega3. O‘rgatuvchi va tanishuvchi: tekstni leksik tahliliga ko‘ra so‘zlarning ma’nolikni, lug‘aviy qatorini, sinonemlarini, antonimlarini ko‘p ma’nolikni, omonimlarni nazariy tarafdan emas, balki o‘rganib chiqish kerak II –kurs uchun ham mos keladigan kitoblari tavsiya qiladi. Tanishuv odatda ro‘znoma maqolalari, umumiy va badiiy adabiyotlardan iborat bo‘ladi. Talaba 1chi 2chi kurslarning leksik materialdagi diktantlar, erkin ijodiy diktantlarni chiroyli va behoto yozishni bilishi kerak. Talaba o‘z fikrinini yozma ravishda ifodalay olishi kerak. II-kurs oxirida talaba o‘qilgan mavzu yoki ro‘znomalar materiallarini qisqacha gapirib berishi; Tilni – professonal – adaptive egallash. II – kurs oxirida talabalar quyidagilarni bilishi lozim. Doskada va daftarda melodik to‘g‘ri yozishni; sxemalar jadvallar kabi o‘quv qurollarni tayyorlashni; shartli kommunikativ leksik mashqlar tuzish va ularga leksik qoidalarga asoslanib shartlar qo‘yishni; gmppadoshlarning xatolarini ko‘rib va e’tibor qabul qilish va tushuntirib tuzatishni o‘rganilgan so‘zlarning ma’nosini tushuntirib berishni: diafilmlarga diktor tekstlarni tuzish; MDX dagi va organilayotgan mamlakatlardagi shaharlar. 1. shaharning tarixiy rivojlanish davri: 2. shaharning ko‘rkam joylari, yodgorliklari. 3. katta shahar transportlari; 4. Madaniy va maishiy xizmat. Nutq madaniyati: Nutqning axborot, shubhalanish, minnatdor, bo‘lish, hayron qolish, ovunish, hamdardlik, achinish, xursand bo‘lish, kabi shakllari: II – kurs oxirida student audo tekstni eshitib tushunish kerak. Nutq san’at ingliz tilida bir daqiqada 120-180 ta bog‘inni tashkil qilish lozim4. Audiotekst tarkibida 3% notanish so‘zlar bo‘lishi kerak. Eshitish vaqti 1 martada 4-5 daqiqa: Download 163.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling