Foydalanish usullari


Poseydeon (dekabr)            12. Skiroforion (iyun)


Download 199.97 Kb.
bet18/41
Sana11.05.2023
Hajmi199.97 Kb.
#1453240
TuriReferat
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   41
Bog'liq
Maxsus fanlar. elektron darslik



6. Poseydeon (dekabr)           
12. Skiroforion (iyun)





 





Yil Quyoshning yozgi tik turish davridan (gekatombeon - iyul)
boshlangan.Embolistik oylar ikkinchi poseydonga, ba’zida ikkinchi skiroforionga
qо‘shilgan.




        
Miloddan avvalgi 432 yilda Olimpiada


о‘yinlarining
86 yilligiga bag‘ishlangan tantanalarda Afinaning markaziga parapegma (yozuv,
kalendar ma’nosini beradi)

о‘rnatiladi.
Unda oylarning kunlari kо‘rsatib
turilgan. Yunon kalendarini rivojlantirishda Kalipp va Gipparxlar katta rol


о‘ynagan.
Qadimgi Yunonistonda miloddan avvalgi birinchi ming yillikning

о‘rtalarigacha
voqealarni yozishda hukmron shaxslarning nomidan foydalanilgan. Afinada yil
hisobi kalendar uchun ma’lum bо‘lgan
eponimlar-ijroiya hokimiyat (arxontlar)ning rahbarlari ismi bilan belgilangan.
Miloddan avvalgi IV asrda Olimpiada asosidagi umumellin yil hisobi keng tarqaldi.




        
Miloddan avvalgi 776 yildan boshlab tо‘rt
yilda bir marta bо‘lib


о‘tadigan
sport

о‘yinlari
xalq tantanalaridan biriga aylandi. Olimpiya

о‘yinlari
yangi yil boshlanishiga qarab belgilangan, chunki kalendar tizimidagi xatolar
tufayli Olimpiadaning aniq vaqti belgilanmagan edi.Olimpiya

о‘yinlarining
vaqtini jarchilar har bir shahar xalqiga e’lon qilganlar. Olimpiya yil hisobi
qadimgi yunonlar hayotiga shunchalik chuqur kirib keldi-ki, ular

о‘z
erasining boshlanishini miloddan avvalgi 766 yil birinchi iyul qilib belgiladi,
chunki ayni shu kuni birinchi Olimpiya

о‘yinlari
bо‘lib


о‘tgan
edi.




Olimpiya yil hisobi birinchi bо‘lib,
miloddan avvalgi 264 yilda kadimgi yunon tarixchisi Time tomonidan qо‘llanildi
va bu hisob VIasrcha davom etadi. 394 yili imperator Feodosiy IOlimpiyaо‘yinlarini
bekor qiladi.Shunday bо‘lsada,
Olimpiya yil hisobi darhol yо‘q
bо‘lib
ketmadi. Olimpiya yil hisobida tartib raqami va tо‘rt
yilning tartib raqamidan foydalanilgan, masalan: yunonlar va forslar


о‘rtasida
bо‘lib


о‘tgan
Salamin jangi 75,1 (75 olimpiadaning birinchi yili) bо‘lib


о‘tgan.





        
Yunonlarda ilk kalendar qachon va kim tomonidan yaratilganligi ma’lum
emas. Krit-Miken matnlarida saqlanib qolgan ba’zi oy nomlarini


о‘qishning
iloji bо‘lmagan.Ularda
oy hisobi mavjud bо‘lib,
yangi oylarning kelishi bayram bilan kutib olingan. Dastlab yunonlar oy
nomlarini va yilda necha oy borligini hisoblamaganlar. Miloddan avvalgi VIIasrda
yunon polislardan biri Delfa shahrida kalendar islohoti


о‘tkazilgan.Bu
delfalik Frakul ijodida uchrab, undagi oy nomlari bayramlar nomi bilan bog‘liq
holda kо‘rsatilgan.




        
Yunon polislarida Oy - Quyosh kalendarlaridan foydalanilgan. Afina va
Delfada yil hisobi yangi oyning chiqishi bilan boshlangan. Sparta, Rodos, Krit
va Miletda yil kuzdagi tengkunlikdan boshlangan. Yunonlarda oylarning nomlanishi
alohida e’tiborli bayramlar va aynan fasllar almashinuvi bilan bog‘liq bо‘lgan.
Yunonlarda qishloq xо‘jaligi
ishlari ham yulduzlarni kuzatuv asosida olib borilgan. Bunda yil boshi bо‘lib
yozgi Quyosh tushishi iyundan olib borilgan. Ularda hafta bо‘lmagan.
Afinaliklarda kalendar 12 oydan iborat bо‘lgan.Oylarning
qachon boshlanishi belgilanmagan.Bu kalendar boshqa yunon polislaridagi
kalendarlarga nisbatan ancha mashhur bо‘lgan.Undagi
oylar 29 yoki 30 kundan iborat bо‘lib,
yil 354 sutkani tashkil qilgan. Afinada yilning boshlanishi gekatabeon oyi
iyul-avgustga tо‘g‘ri
kelgan. Afinada yilni tо‘g‘irlash
uchun ikkinchi poseydon oyi 29-30 sutkali oy kiritilgan edi. Milodgacha 432
yilda afinalik astronom Metan 235 oy yili oylarini 19 Quyosh yiliga teng deb, 19
yillik davr 7 embolistik yil degan g‘oyani olib chiqdi. Bu Metan sikli nomini
oldi.U aniqligi bilan ajralib turardi.Afinada voqealarni hisoblash
mansabdor-arxontlar nomi bilan olib borilardi.




        
Milodgacha IV asrdan boshlab umumellin yil hisobi boshlandi. Olimpiya


о‘yinlari
har tо‘rt
yilda bir marta


о‘tkazilgan.
Yillar har tо‘rt
yilgi olimpiada


о‘yinlari
bо‘yicha
hisoblangan. Rasmiy kalendarlar Quyosh kalendarini rad qilgan, bu esa
dehqonlarga noqulayliklar tug‘dirgan.Shuning uchun deqqonlar qishloq xо‘jalik
kalendarlaridan foydalanganlar. Bu ma’lumotlar bizga milodimizgacha VIIIasr
yozuvchisi Gesiod asarlarida uchraydi.



Download 199.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling