Foydalanish usullari
Dastlabki soatlar
Download 199.97 Kb.
|
Maxsus fanlar. elektron darslik
Dastlabki soatlar. Soat - bu vaqt о‘lchov birligi, qiymati 60 daqiqa yoki 3600 sekundga teng vaqt oralig‘i va vaqtni о‘lchash uchun ishlatilgan asbobdir. Yunoncha “xogo” soat sо‘zi dastlab “vaqt oralig‘i, davr” kabi ma’nolarni bildiradi. Miloddan avvalgi IV asrlarda yunonlarda soat atamasi paydo bо‘lgan. Yunon olimi Ptolemey (mil. av. II asr) sutkani soat, daqiqa sekundga bо‘lgan. Odamlar vaqtni о‘lchashga qadimdan harakat qilib kelishgan. Ular Quyosh, Oy harakatlanishi va boshqa tabiat hodisalarning muayyan vaqtlarda takrorlanib turishini sezganlar va ulardan vaqtni о‘lchashda foydalanganlar. Vaqtni aniq о‘lchash uchun maxsus astronomik kuzatishlar о‘tkazilgan. Bu kuzatishlar samarasi о‘laroq, dastlab Quyosh soati, keyinchalik suv va qum soatlari paydo bо‘lgan. Ksenofontning ta’kidlashicha, kunduzi Quyoshga, odam soyasining uzunligiga, kechasi yulduzlarga qarab aniqlangan. Miloddan avvalgi 1800 yilda Misr kohinlari kechasi bо‘ladigan ibodatlarda yulduz soatlaridan foydalanishgan. Quyosh va suv soatlarining paydo bо‘lishi soatni yanada aniqroq bilish imkonini berdi. Misrda miloddan avvalgi 1600 yillarda suv soatlari, miloddan avvalgi 1450 yillarda Quyosh soatlaridan foydalanishgan. Birinchi Quyosh soati, ya’ni skafis bobillik Beros tomonidan miloddan avvvalgi Iasrda quriladi. Dastlabki Quyosh soatlari miloddan avvalgi. 550 yillarda yunon Anaksimantu Miletskiy tomonidan yaratilgan. Rimda miloddan avvalgi 293 yildan boshlab Quyosh soatlaridan foydalana boshlangan. Osiyo xalqlarida qadimda qum soatlari keng tarqalgan. Bu soatlar uzun bо‘lmagan vaqt oralig‘ini hisoblashga mо‘ljallangan. Hozirda tibbiyotda qum soatlaridan foydalaniladi. Xitoyda olov soatlaridan foydalanishgan. Unda maxsus shamlar ishlatilgan. Miloddan avvalgi birinchi ming yillikda suv soatlari - klespidralar keng tarqaldi. Mazkur soatlar, aniq va qulay bо‘lmasa-da, ma’lum bir vaqt odamlarning ehtiyojini qondirgan. О‘rta Osiyoda XV asrning birinchi yarmida Mirzo Ulug‘bek Samarqandda 50 metrlik Quyosh soatini bunyod etgan. Jamiyat taraqqiyoti natijasida aniq va qulay soatlar kashf etildi. 578 yillardagi Vizantiya manbalarida mexanik (g‘ildirakli) soatlar tilga olinadi. XI-XII asrlarda Yevropada mexanik soatlar keng tarqaldi. Bunday soatlar odatda ratusha minoralariga о‘rnatilgan. G‘ildirakli soatlarning kamchiligi ularning ulkanligi va aniq emasligida edi. 1706 yilda Petrning I buyrug‘i bilan bu soat о‘rnini Golland kuranti egallaydi. 1640 yilda Galileo Galiley tomonidan mayatnikli soatlar loyihasi ishlab chiqiladi. Ushbu soat uning vafotidan keyin 1675 yidda Xristian Gyugens tomonidan yasaladi. Xristian Gyugens chо‘ntak soatiga balansir spiral tizimini (hozirgi soatlarning asosiy mexanizmini) kiritdi va soatning aniq yurishi yaxshilandi. I.P.Kulibin XVIIIasrda tovuq tuxumidek keladigan murakkab mexanizmli mexanik soat yasadi. U har soatda bong urardi. Rossiyada bunday soat 1404 yilda Moskva Kremliga о‘rnatilgan.Uni vizantiyalik Monax Lazar Serbin yasagan. XIX asrda qо‘l soatlari paydo bо‘ldi. Bunday soatlar chо‘ntak soatidan farq qilmasdi. Ularda qо‘shimcha qismlar, kalendar kо‘rsatgichi, sekundomer, о‘z-о‘zidan burash mexanizmi ham bor edi. Dastlabki elektr soat Rossiyada 1840 yilda yaratildi. XX asrda elektromexanik, elektron-kvars, molekulyar, atom soatlari yaratildi. Toshkentda 1947 yilda qurilgan Toshkent kuranti minorasiga tо‘rt siferblatli zangli elektr soat о‘rnatilgan. Energiya manbaiga kо‘ra soatlar atom, mexanik, molekulyar va elektr, tebranish tizimi mayatnikli, balansirli va kamertonli xillarga bо‘linadi. Download 199.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling