Foydalanish usullari


Download 199.97 Kb.
bet12/41
Sana11.05.2023
Hajmi199.97 Kb.
#1453240
TuriReferat
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   41
Bog'liq
Maxsus fanlar. elektron darslik

Abu Rayhon Beruniyning “Al
osor al-boqiya ani-l-qurun al-holiya
" (“Qadimgi
xalqlardan qolgan yodgorliklar
” yoki “Xronologiya”),
Qonuni Mas’udiy” asarlarida
xronologiya faniga oid kо‘plab
ma’lumotlar berilgan. “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” nomli asarda
yunon arab, eron, sо‘g‘d,
xorazm, kalendarlari hamda asosiy vaqt birliklari, turli vaqt tartiblari xaqida
batafsil ma’lumot berilgan. Olim vaqt hisobi hamda kalendarlarning bir-biridan 
farqlarini yoritgan.




        
Abu Rayhon Beruniy Movarounnahr otashparastlari, ya’ni Xorazm vaSо‘g‘d
aholisi ishlatadigan oylarni bayon etadi. Movarounnahr kalendaridagi oylarning
soni va yilning uzunligiga kо‘ra
eronliklar kalendariga


о‘xshashi,
faqat oylarning boshlanishi orasida farq borligini kо‘rsatib


о‘tadi.
Olim xorazmliklar kalendaridagi kunlarning nomlarini ham keltirib

о‘tadi.Xorazmliklar
isfandorajiy
(о‘n
ikkinchi) oyining oxiriga qо‘shiladigan
ortiqcha besh kunning birinchisini oyning birinchi kuni nomi bilan atab, qolgan
kunlarga ham birin-ketin kelgan kunlarning nomlarini berishlarini aytgan.




“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asaridan turkiy xalqlarning


о‘n
ikki hayvon nomi bilan ataluvchi muchal kalendari va ularning nomlari haqida ham
ma’lumot bor. Eronliklar kalendaridagi

о‘n
ikkita oy nomini ham uchratish mumkin.Eronliklar kalendarida har bir oy 30
kundan hisoblanib, qо‘shimcha
5 kun


о‘n
ikki oy oxiriga qо‘shilgan.
Abu Rayhon Beruniyning yozishicha, bu
5kun qadimgi eron tilida
“panji”,
andargoh
deb atalgan. Keyinchalik bu nom arabchalashib, “andarjoh” deb


о‘zgartirilgan.
Bu besh kun “о‘g‘irlangan
kun”, deb ham atalgan. Eronliklar ularni “obonmoh” bilan “ozarmoh”


о‘rtasiga
qо‘yib,
har bir oy kunlariga berilgan nomlarda boshqa nomlar bilan ataganlar. Eron
kalendarida bir yilda uch yuz oltmish besh kun bо‘lgan.Ular
chorak kunlar bir oy bо‘lmaguncha
hisobga olmaganlar. Bu bir yuz yigirma yilda bir marta bо‘lgan.
Shunda ortiqcha oyni yil oylari qatoriga  
qо‘shganlar
va u


о‘n
uchinchi oy bо‘lgan.О‘sha
yilni kabisa yil deb, ortiqcha oy kunlarini boshqa oylar nomlari ataganlar. Abu
Rayhon Beruniyning ma’lumot berishicha, ular dastlab haftadan foydalanmaganlar.
Olim bu haqida shunday ma’lumot beradi: “Dastlab haftalarni ishlatgan Shom va
uning tevaragida yashovchilar bо‘lganlar.




      
Beruniy Misr kalendaridagi eski va yangi oy nomlarini yoritadi. Misrliklar qо‘shimcha
besh kunni “abag‘amno” (kichik oy), kabisali yilni esa “anqnaqt” (alomat) deb
ataganlar. Qо‘shimcha
kun sо‘nggi
“musriy” oyining oxiriga qо‘shilgan.
Beruniy “Shom mamlakati” kalendaridagi


о‘n
ikki oy nomlari va tо‘rt
yilda bir marta beshinchi (shubat) oyga bir kun qо‘shib
hisoblashganlari haqida yozadi. Bu manbaga kо‘ra
“Shom mamlakati” kalendaridagi oy nomlari keng tarqalgan, hatto arablar ham
“dala ishlariga tegishli vaqtlarni” shu oylar bilan belgilar ekan.




       
Abu Rayhon Beruniy “Qonuni Mas’udiy” asarida kadimgi arab 
kalendaridagi
о‘n
ikkita oy nomini keltiradi, lekin ularning faqat ikkitasining lug‘aviy ma’nosini
berib


о‘tadi.
“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”da zamonaviy arab kalendaridagi

о‘n
ikkita oy va yetti hafta kunlarning nomi va ta’riflari keltiriladi. Abu Rayhon
Beruniyning yozishicha, arablar yahudiylardan yilga qо‘shimcha
oy qо‘shishni


о‘rganganlar
va bu oyni “ayyom an-nasi” deb ataganlar. Beruniy

о‘z
asarida milodiy yil hisobiga ham tо‘xtalib


о‘tadi.
U mazkur kalendarni “Rumiy kalendari” deb ataydi va kalendarga birinchi marta
kabisa yilini Yuliy Sezar kiritgan deb yozadi. Olim milodiy yil hisobini qadimgi
xalqlarning qator yil hisoblari bilan qiyoslaydi.“Qonuni Ma’sudiy” asarining
ikkinchi kitobi xronologiya masalalariga bag‘ishlangan bо‘lib,
unda “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida kо‘rilgan
masalalar tо‘ldirilib,
davom ettiriladi. Asarda Eron, Bobil, Rum podshohi va arab halifalari hukmronlik
qilgan yillarning xronologik jadvallari keltirilib, ularning nomlari yunoncha
transkripsiyada berilgan. Shuningdek, mazkur asarda insoniyat tomonidan qо‘llanilgan
eralar, jumladan Yazdigard, Aleksandr, Filipp, “Buxtanassar” (Nabonassar)
erasini aniqlash masalalari xususida ham sо‘z
boradi.




       
Abu Rayhon Beruniyning “Hindiston” asarida bu


о‘lkada
yashovchi xalqlarning urf-odatlari, geografiyasi va u bog‘liq astronomiyasi kо‘rsatib


о‘tilgan.
Shuningdek, olim burjlar, oy fazalarining

о‘zgarishi,
hind eralari, Oy va Quyosh kalendarlari va oltmish yillik Yupiter davriyligi
nomlarini keltirib

о‘tgan.




Download 199.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling