о‘rganadilar”
(1922), N.I.Idelson “Kalendar
tarixi”, M.Mat va N.Sholkolarning “Hozirgi,
о‘tmishdagi
va kelajakdagi kalendarlar”
(1931) kabi asarlar nashr etildi.
Zamonaviy xronologiyaning rivojlanishida E.Meyer (1904), M.M.Underxil
(1921)
“Hindlarda xronologiya fani”,
1938 yilda V.K.Nikolskiyning “Bizning yil hisobimizning paydo bо‘lishi”,
1941 yilda L.Klimovichning “Bayramlar
va islom rо‘zalari”,
R.Parkerning (1950) “Misr
kalendarlari”, M.Maler “Yahudiy
kalendarlari”, S.G.Morleyning (1954) “Mayya
xalqlarida vaqt hisobi”, X.Mitsmanning “Rim
xronologiyasi” (1957), E.Bikermanning “Qadimgi
dunyo xronologiyasi” (1966), R.Noygebauer, A.YE.Shtamp, V.Grumel kabi
tadqiqotchilarning xronologiya uslublari va nazariyasiga oid tadqiqotlari katta
ahamiyat kasb etdi.
N.G.Berejkovning “XV
asrgacha bо‘lgan
rus solnomalari xronologiyasi”
nomli maqolasi va “Rus
solnomalari xronologiyasi”
(M., 1963) nomli monografiya xronologiya faniga oid muhim tadqiqotlardan
biridir. Muallif rus solnomalari xronologiyasini
о‘rganishning
uslublarini ishlab chiqadi.
1954-1956 yillarda BMTda yanada mukammal va barcha xalqlar uchun yagona bо‘lgan
yangi kalendarni
о‘rganish
masalasi muhokama qilinadi. Natijada bir qator mamlakatlarda kalendarlarning
astronomik asosi va yilni hisoblashning yangi uslublariga oid ilmiy tadqiqotlar
yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |