Foydalanish usullari
Download 199.97 Kb.
|
Maxsus fanlar. elektron darslik
Sfragistika (muhrshunoslik) - atama yunoncha - sfragis - «muhr soʻzidan olingan.Sfragistika muhrlar va ularning qoliplari (matriSa) hamda muhrlardan bosib qoldirilgan izlarini o'rganish bilan shug'ullanadi. Shu bilan birga sfragistika muhr uchun ishlatilgan materiallarni ham tadqiq qiladi. Sfragistika faoliyat sohasi sifatida diplomatika sohasi doirasidan ajralib chiqqan,chunki dastlab hujjatlarning haqqoniyligini muhrlar bilan asoslash bunga sabab bo'lgan. Ommaviy ravishda arxeologik tadqiqotlarning kengayib borishi asosida ko'plab qadimiy muhrlar va ularniing izlari tushirilgan ashyolar topilishi, bir tomondan hujjatlarning oʻzi bilan ikkinchi tomondan ularda saqlangan muhrlar bilan shug'ullanish ehtiyojini paydo qilgan. Yaqin Sharq (Gʻarbiy Osiyo) Misr, Mesopotamiya, Kichik Osiyo mintaqalarida olib borilgan arxeologik izlanishlar bir necha turdagi muhrlar topilishiga olib keldi. Ayniqsa, Silindir (gʻoʻlin) koʻrinishdagi muhrlar ko'p uchraydi. Antik davr yodgorliklaridan qalqonsimon muhrlar Vizantiya va oʻrta asr Evropa mamlakatlarida osma ko'rinishdagi metall muhrlar ko'plab topilgan. Ushbu muhrlardan bosib tushirilgan izlar, hujjatlar arxivlarida, turli xil turmush buyumlari sirtida saqlangan. Shu kabi topilmalar ko'payib borgani sari olimlar diplomatika sohasidan sfragistikani ajratish zarur deb hisobladilar. Natijada bu soha arxeologik madaniyatlar doirasida oʻziga xos muhrlar majmualarini tasnif qilish imkonini berdi. Bu ishning davomida muhrlar xronologiyasi va tipologik taqsimoti ham hal qilib borildi. Muhrlar u yoki bu davlatning ichki va tashqi munosabatlarini o'rganishda ahamiyat kasb etuvchi maxsus manbushunoslik ob'ektiga aylandi. Sfragistika sohasi bilan jahon miqyosida koʻplab olimlar shug'ullanib kelishadi. Download 199.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling