Foydalanish usullari
Download 199.97 Kb.
|
Maxsus fanlar. elektron darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xronologiyaning fan sifatida shakllanishi va taraqqiyoti
- xronos ” – vaqt, “ logos
3.Maxsus fanlarng o‘zaro bog‘liqligi. Barcha tarix ma’lumotlari moddiy – arxeologik yoki ma’naviy manbalarda ya’ni hujjat, yilnoma, solnoma va boshqa yozma yodgorliklarda ham yozilavermaydi. Shuning uchun Maxsus fanlar tarix fanini tо‘ldirishda, aniqlashtirib chuqurlashtirib о‘rganishda yordamga keladi. Lekin uni о‘z nomi bilan yordamchi fanlar deyish emas, balki maxsus tarixiy fanlar deyilishi maqsadga muvofiqdir. Maxsus fanlar bir-biri bilan о‘zaro bog‘liq bо‘lib, bir-birini tо‘ldirib, bir butunlikda tarix fanini chuqur о‘rganishda manba bо‘lib xizmat qiladi. Jumladan, tarixiy voqelikning qachon sodir bо‘lganligini xronologiya, qadimiy xalqlar va mamlakatlarda amalda bo'lgan yil hisobi va taqvim (kalendarlar)ni, vaqtni, sanalarni aniqlashda yordam bersa, о‘sha davr tangalaori esa tarixiy xujjatlarga kirmay qolgan tarixiy haqiqatdan xabar beradi, Numizmatika esa qadimiy pullarning kelib chiqishi, tarixi, material turi, shakli, vazni, yozuvlari va zarb etilgan joyi, vaqtini va shu orqali esa tarix fanidagi yozma manbalarda ma’lumot berilmay yoki tashlab ketilgan qiziqarli qо‘shimcha ma’lumotlarni beradi. Shuningdek, qо‘shimcha lekin tarixgni mukammal о‘rganishda boshqa tarix sohalarining ham о‘zaro bog‘liqligi va tarixni mukammal yoritishda roli benihoya kattadir. Bu sohalarni alohida о‘rganib, bir butunlikda tо‘ldirish maqsadga muvofiqdir. Xronologiyaning fan sifatida shakllanishi va taraqqiyoti Xronologiya – turli xalqlarning turli tarixiy davrlarda vaqtni qanday hisoblashgani, kalendarlari, tarixiy voqealarning sanalarini aniqlaydi. Xronologiya yunoncha sо‘z bо‘lib, “xronos” – vaqt, “logos”- fan, ya’ni vaqtni о‘rganish haqidagi fandir. Xronologiya vaqtni о‘rganadigan fan sifatida XVI asrda vujudga keldi. Xronologiya vaqtni о‘rganish, hisoblash haqidagi fan sifatida ikki qismga bо‘linadi: astronomik (matematik) va tarixiy xronologiYа. Astronomik xronologiya - osmon jismlarining siljishini matematik hisob asosida astronomik davrning vaqtini aniqlaydi. Tarixiy xronologiya tarixiy taraqqiyot davomida vaqtni hisoblash tizimini о‘rganadi, ularning о‘zaro bog‘liqligini, vaqtlarni bir hisob tizimidan ikkinchisiga aylantirish uslublarini ishlab chiqadi. Tarixiy xronologiya tarixiy vaqtni hisoblashda amalda foydalanadi va tarixiy manbalardagi sanalarning aniqligini tahlil qiladi. Insoniyatning xо‘jalik hayotdagi ehtiyoji vaqtni hisoblash zaruratini yuzaga keltirdi.Qadimda vaqtni hisoblashda tabiatning doimiy takrorlanib turuvchi hodisasi bо‘lgan sutka, kun, tun, oy fazalarining о‘zgarishi, yerning yillik aylanma harakatidan foydalanilgan.Asta-sekin vaqtni aniq hisoblashga bо‘lgan ehtiyoj yuzaga keldi.Buning uchun osmon jismlari harakatini, astronomiyani bilish zarur edi. Bundan tashqari, kun, oy, yillar о‘rtasidagi farqlarni aniqlash zarurati ham tug‘ildi. Buning uchun esa matematik hisob-kitobni puxta bilish lozim edi. Xronologiyaga oid bilimlar dastlab Misr, Bobil, Yunoniston va Rimda shakllandi va yunon va rimlik olimlar Erot Kalipp, Gipparx, Varron, Ptolomeylar katta hissa qо‘shganlar. Milodiy II asrda ishlab chiiilgan Gipparx va Ptolomey jadvali Ulu-bek davrigacha eng ishonchli manba bshlib xizmat iilgan. Download 199.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling