Foydalanish usullari


 Hafta kunlarining nomlanishining astronomik ifodasi


Download 199.97 Kb.
bet15/41
Sana11.05.2023
Hajmi199.97 Kb.
#1453240
TuriReferat
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   41
Bog'liq
Maxsus fanlar. elektron darslik



 Hafta kunlarining nomlanishining
astronomik ifodasi





Oy (dushanba)




Mars (seshanba)




Merkuriy (chorshanba)




Yupiter (payshanba)




Venera (juma)




Saturn (shanba)




Kuyosh(yakshanba)




 





Qadimda sayyoralarning nomi soatlarga ham berilgan. Bir haftada 168 soat (24x7)
bо‘lgan. Shanbaning 1, 8, 15, 22, 23-soatlarini Yupiter, 24-soatini Mars
boshqargan.




Yetti kunlik hafta imperatorOktavian Avgust davrida keng tarqaldi. 321 yilda
imperator Konstantin “Hamma fuqarolar quyosh kuni dam olsin”, - deb farmon
berdi.




        
Slavyanlarda ham yetti kunlik hafta bо‘lib yakshanba
“nedelay”, ya’ni
“hech narsa qilma”, “ishlamaydigan kun”
- deyilgan. Dushanba – “ponedelnik” - "nedelay"dan keyingi kun, vtornik
seshanba – “nedelay”dan sо‘nggi ikkinchi, sreda “chorshanba” - nedelay haftaning
о‘rtasi, “chetverg”, "pyatnitsa”- tо‘rtinchi va beshinchi kun deb ataladi.
“Subbota” - “Sabbatum" qadimgi
yahudiy sо‘zidan olingan bо‘lib “shabbaton” - dam olish demakdir. Yahudiylar
shanba kuni dam olganlar. Qadimgi Rusda zamonaviy yakshanba XVI asrgacha
“nedelay” deb atalgan. Hafta sо‘zining о‘rnida esa “sed’mitsa” ishlatilgan.





        
Qadimgi Skandinaviya xalqlarida shvedlarda shanba – “laugarsday” -
“hammom kuni” degan ma’noni bildirgan. Ba’zi xalqlarda eston, latish, arab,
yunon va xitoyliklarda hafta nomlari tartib raqami bо‘yicha atalgan. Haftalarni
raqamlash qadimda Bobilda ham mavjud bо‘lgan. Masalan: Saturn kuni baxtsiz
hisoblangan bois, shu kuni ular biror bir ish bilan shug‘ullanishmagan va
“shabbat” – “osudalik” nomini olgan. Shu nom keyinchalik arab va slavyanlarda
ham ishlatilgan.




Gruzinlarda beshta shanba mavjud. Haqiqiy shanba – “shabati”dan tashqari yana,
ikkinchi shanba (orshabati) - ya’ni, dushanba, uchinchi shanba (samshabati)
seshanba, tо‘rtinchi shanba (otxshabati) - chorshanba, beshinchi shanba (xutshabati)
payshanba, juma - paraskevi va
yakshanba - kriva deb ataladi.
Forslarda ham hafta nomlarida shanba sо‘zi olti marta takrorlanadi. Yakshanba -
birinchi shanba, dushanba - ikkinchi shanba, seshanba-uchinchi shanba,
chorshanba - tо‘rtinchi shanba, payshanba - beshinchi shanba. Juma - muqaddas
kun hisoblanadi. Haftalarning forscha nomlari Kavkaz, Osiyo xalqlari tomonidan
ham ishlatiladi. Ozarbayjon tilida “bozor”-
yakshanba, turklarda ham yakshanba –“pazar”,
“pazartesi”-
bozordan keyingi kun deb ataladi.




 Angliyada shanba haftaning oxirgi kuni
hisoblangan. Galfrid Monmutskiy (XII asr) asarlaridan bunga bir necha misol
topish mumkin. Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, turli nomlar va shakllarda
haftalardan foydalanilgan.




Yer sharining о‘z о‘qi atrofida bir marta aylanib chiqishi uchun ketgan vaqt
sutka deb ataladi. Sutka- vaqtning
dastlabki о‘lchov birligidir. Sutkaning 24 dan bir bо‘lagi bir soat, soatning 60
dan bir bо‘lagi minut, minutning 60 dan biri sekund deyiladi. Yer о‘z о‘qi
atrofida notekis aylanishi ma’lum, ammo bu notekislik
kichik bо‘lib, 100 yilda
sekundning mingdan bir ulushi bilan о‘lchanadi. Qadimda kecha va kunduzning
almashishidan vaqt о‘lchovi meyori sifatida foydalanishgan. Barcha halqlarda
sutka birligi bir xil.  Qadimda
yunoncha “hemera” - sutka sо‘zi ikki ma’noda qо‘llanilgan:




1) Quyosh chiqishidan botishigacha bо‘lgan vaqt oralig‘i;




2) Quyosh chiqishidan keyingi Quyosh chiqishigacha bо‘lgan vaqt oralig‘i.





Lotincha “diyes” - sutka sо‘zi ham
shu ma’noni bildirgan. Qadimgi Misr, Bobil Yunoniston va Rimrda sutka ertalabdan,
О‘rta Osiyoda kechqurundan boshlab hisoblangan. Oy kalendaridan foydalangan
afinaliklar, germanlarda ham sutka-kun kechqurundan boshlangan. Zardushtiylar
esa Quyoshning chiqishi bilan yangi kun boshlanadi deb hisoblashgan.





        
Sutkalarni dastlab misr kohinlari 24 soatga bо‘lganlar. 





Gerodotning yozishicha, miloddan avvalgi VI asrda Ahmoniylar hukmdori Doro
skiflarga yurishi davrida qо‘riqchilariga vaqtni hisoblash uchun tugilgan arqon
tashlab ketadi. Ular har kuni bitta tugunni yechganlar. Qolgan tugunlarning soni
shohning qaytishiga necha kun borligini bildirgan. Ahmoniylar hukmdorligi
davrida vaqtni hisoblashning bundan ham mukammalroq usullar mavjud bо‘lgan.




        
Yerning yulduzlarga nisbatan bir marta aylanib chiqish davri sutkasiga va
Quyoshga nisbatan aylanish davri Quyosh sutkasiga bо‘linadi. Kundalik
hayotimizda asosan о‘rtacha Quyosh vaqtidan foydalanamiz. О‘rtacha Quyosh -
ekvator bо‘ylab tropik yil ichida bir marta tekis aylanib chiqadigan hayoliy
nuqtadir. О‘rtacha Quyosh markazining yuqori kulminatsiya payti о‘rtacha tushlik
payti deyiladi. О‘rtacha Quyosh vaqti shu paytdan boshlanadi. О‘rtacha Quyosh
markazining pastki kulminatsiya payti yarim tun deb fuqaro vaqti shu paytdan (soat
24.00) hisoblanadi va kalendarda kun о‘zgaradi. Astronomiyada 1925 yilgacha kun
hisobi tush paytida о‘zgarar, yangi kun kunduzi soat 12 dan boshlanar edi. 1925
yildan boshlab astronomiyada ham fuqaro vaqtidan foydalanilmoqda.





Download 199.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling