3. O‘rta Osiyo olimlarining xronologiya rivojlanishiga qo‘shgan hissasi
О‘rta asrlarda xronologiya rivojiga Markaziy Osiyolik olimlar Ahmad al-Farg‘oniy
(797-865), Abu Rayhon Beruniy (973-1048), Umar Xayyom (1048-1131) va Mirzo
Ulug‘bek (1394-1449) kabi olimlar katta xissa qо‘shdilar.
Ahmad al-Farg‘oniy
ilmi-hay’at (falakiyotshunoslik-astronomiya), riyoziyot (matematika) va
jо‘g‘rofiya (geografiya) fanlari bilan shug‘ullanib, qator ilmiy asarlar yozib
qoldirdi. Ahmad al-Farg‘oniy halifa al-Ma’mun topshirig‘iga binoan Damashqdagi
rasadxonada osmon jismlari harakati va ularni aniqlash, yangi “Zij” yaratish
ishlariga rahbarlik qildi.
Ahmad al-Farg‘oniyning “Kitob al-harakat
as-samoviya va javomi’ ilm an-nujum” (Samoviy
harakatlar va umumiy ilmi kitobi) astronomik asari hisoblanadi. Bu asar
“Astronomiya asoslari haqidagi kitob" nomi bilan ma’lum bо‘lib,
1145-1175 yillarda Yevropada lotin tiliga tarjima etilgan.Olim “Alfraganus”
nomi bilan G‘arbda shuhrat topadi.Uning asarlaridan asrlar davomida Yevropa
universitetlarida asosiy darslik sifatida foydalanilgan.Ahmad al-Farg‘oniyning “Yerdagi
ma’lum mamlakatlar va shaharlarning nomlari va har bir iqlimdagi hodisalar
haqida” asari ham mashhur. Uning asarlarida yerning yumaloqligi, bir xil
osmon yoritqichlarining turli vaqtda kо‘tarilishi,
tutilishi va bu tutilishlar har bir joyda turlicha kо‘rinishi
yani masofalar
о‘zgarishi
bilan ularning kо‘rinishi
ham
о‘zgarishi
haqida qimmatli mulohazalar bildirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |