Fransua Kene mehnat


Download 68 Kb.
Sana03.02.2023
Hajmi68 Kb.
#1152372
Bog'liq
10 bilet


10-variant

  1. Tashqi savdo hisobiga oltin va kumush pul olinishini mamlakat boyishining manbai deb bilgan merkantilistlarga qarshi o‘laroq, U. Petti xalq boyligi moddiy ishlab chiqarishning barcha sohalarida yaratiladi va «mehnat boylikning otasi, er esa uning onasidir»1qoidasini birinchi bor ta’rifladi. U. Petti tovarning narxi uni ishlab chiqarishga sarflangan mehnat miqdori yoki muayyan er miqdorining qiymati bilan hisoblanadi, degan edi. Bu uni narxning shakllanish mexanizmiga sarf nuqtai nazaridan yondashganligidan dalolat beradi. Mehnatning unumli va unumsiz mehnatga ajratilishi ham shu olimning qarashlari bilan bog‘liq.

XVIII asrda Fransiyada klassik yo‘nalish doirasida fiziokratlar maktabi shakllandi va bu maktab vakillari fermerlarni himoya qilish asosida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish mamlakatni og‘ir ahvoldan chiqarishning bosh yo‘lidir deb bilganlar. Ushbu maktabning asoschisi Fransua Kene mehnat sof mahsulot manbai ekanligi to‘g‘risidagi ta’limotni yaratdi.
Fransua Kene(1694-1774 yy.) Versal yaqinida dunyoga keldi. U yoshligidan tabobatga havas qo‘ydi, tibbiy amaliyot unga shuhrat keltirdi. Dvoryan unvoniga ega bo‘ldi va Versal saroyiga (Lyudovik XVsaroyiga) o‘tdi. 1744 yilda tibbiyot doktori ilmiy darajasiga erishdi. Tabobat va biologiyaga oid ko‘pgina asarlar yaratdi. Eng muhimi shuki, u oltmish yoshidan boshlab iqtisodiyot muammolari bilan shug‘ullana boshladi.
Kenening iqtisodiy g‘oyalari qirol saroyida - Versalda yuzaga keldi. Bu erda u umrining deyarli oxirigacha yashadi va ijod qildi. 1758 yilda uning asosiy va eng muhim asari - «Iqtisodiy jadval» dunyoga keldi.
U iqtisodiyotda takror ishlab chiqarish jarayonini va yalpi ijtimoiy mahsulot muomalasini butunicha ko‘rsatishga birinchi bo‘lib urindi. U o‘sha davr jamiyati fuqarolarini uch sinfga bo‘ladi: birinchisi - unumli sinf (fermerlar); ikkinchisi - mulkdorlar sinfi (pomeshchik, cherkov...) va uchinchisi - unumsiz sinf (hunarmand, ishchi va savdo xodimlari). Bu jarayon sxematik ravishda «Iqtisodiy jadval»da tasvirlangan. Unda mamlakatda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotning aylanishi orqali qanday taqsimlanishi ko‘rsatilgan.
Kene jadvali iqtisodiyot tarixida birinchi marta natural, ya’ni mahsulot va pul holidagi moddiy ne’matlarning makroiqtisodiy zanjiridir.
Fiziokratlar ham mehnatni unumli va unumsiz mehnatga bo‘lib, faqat qishloq xo‘jaligida mehnat unumli mehnatga aylanadi, deb hisoblashgan.
Siyosiy iqtisodning ajralmas qismi bo‘lgan mehnat to‘g‘risidagi fanni rivojlantirishga ingliz iqtisodchi olimi Adam Smit nihoyatda katta hissa qo‘shdi. Adam Smit (1723 SHotlandiyaning Kerkoldi shaharchasida tug‘ilgan, - 17.1790, Edinburg shahrida vafot etgan) – shotlandiyalik iqtisodchi va faylasuf, klassik burjua siyosiy iqtisodining ko‘zga ko‘ringan namoyandasi. Bojxona amaldorining o‘g‘li bo‘lib, u Glazgo va Oksford universitetlarida ta’lim olgan. 1764-66 yillarda Fransiyada yashagan, u erda fiziokratlar bilan tanishgan. 1759 yilda uning “Axloqiy hissiyot nazariyasi” deb nomlangan kitobi yaratildi. 1776 yilda A. Smitning “Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to‘g‘risida tadqiqot” deb nomlangan asosiy asari nashr qilindi.
A. Smitning xizmati mehnat qiymati nazariyasining eng muhim kategoriyalarini ishlab chiqqanligidan iborat. Smitning ilmiy g‘oyalari klassik burjua siyosiy iqtisodining poydevori bo‘ldi.
Uning «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to‘g‘risida tadqiqot» deb nomlangan asosiy asari 1776 yil mart oyi Londonda chop etildi. Asarda insoniyat tomonidan ilgari yaratilgan iqtisodiy bilimlar mujassamlashtirildi va umumiy nazariy prinsiplar asosida nisbatan batartib iqtisodiy fanlar tizimiga aylandi.

  1. Smitning unumli va unumsiz mehnat to‘g‘risidagi qoidalariga qaytadigan bo‘lsak, uning ushbu masalalarga doir fikr-mulohazalari nazariy jihatdan qiziqishga arziydi. Sotishga mo‘ljallangan buyumlarda mustahkamlanib va ro‘yobga chiqib, qayta ishlanayotgan materiallar qiymatini oshiradigan mehnatni A. Smit unumli mehnat deb hisoblaydi. Unumsiz mehnat tovarlar ko‘rsatiladigan paytida ko‘rinmay ketadigan xizmatlar sohasi bilan bog‘liq bo‘lib, A. Smitning fikricha, bunday mehnat qiymatga hech narsa qo‘shmaydi, u ayrim narsalarda mustahkamlanmaydi va ro‘yobga chiqmaydi, lekin o‘z qiymatiga ega bo‘ladi va taqdirlashga loyiqdir.

2-savol.


Alisher Navoiy (1441–1501) buyuk shoir va davlat arbobi. U o’z davrining siyosiy va iqtisodiy ahvolini yaxshilash, mamlakatning iqtisodiy qudratini barqarorlashtirish uchun kishilarda vatanparvarlik his-tuyg’usini uyg’otish zarurligini yaxshi tushungan. Navoiyning dastlabki ijtimoiy-iqtisodiy fikrlari shakllangan asari «Hiloliya» hisoblanadi. U shaxsning tarixdagi o’rniga katta e’tibor berib, mamlakatning iqtisodiy ahvoli mamlakat xukmdorining aql-idroki va qobiliyatiga bog’liqligini aytadi. “Agar mamlakat hukmdori fanlarni, ayniqsa iqtisodiyot, tarix, falsafa va siyosiy fanlarni mukammal bilsa, o’zi boshqarayotgan mamlakat obod va badavlat bo’ladi, agar aksi bo’lsa, mamlakat qashshoq va xarob bo’ladi”, – deydi Navoiy. Keyinchalik jamiyatning rivojlanishida iqtisodchilarning va davlat arboblarining ahamiyati katta ekanligini ingliz olimi J.M.Keyns ham qayd qilib o’tadi.
Navoiy mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirishda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishiga alohida e’tibor berdi. Uning fikricha, Markaziy Osiyo sharoitida irrigatsiya inshootlarini kengaytirish – dehqonchilikni rivojlantirishga olib keluvchi muhim omillardan hisoblanadi. Shu bois, juda ko’p kanal va ariqlar qazildi. Asosiy ishlab chiqarish vositasi bo’lgan erni kengaytirishga, uning unumdorligini oshirishga katta e’tibor berildi. Navoiy boylikni ikki yo’l bilan topish mumkinligini ta’kidlaydi. Birinchi yo’l bu – o’z mehnati bilan boylik to’plash, yig’ish va o’ziga to’q yashash. Bunday boylikni u qo’llab-quvvatlagan. Navoiy olingan boylikni uch qismga bo’lib, ya’ni birinchi qismini ketgan xarajatlarga, ikkinchi qismini o’zining va oilasining ehtiyojlariga, uchinchi qismini esa aholining ijtimoiy manfaatlariga sarflashni tavsiya etgan. Navoiy ko’pgina madrasa, shifoxona, hammom, ko’prik va boshqalarni o’z hisobidan qurdirgan. Boylik topishning ikkinchi yo’li bu – o’g’irlik, ta’magirlik va zo’rlik hisobiga boylik orttirishdir. Navoiy bunday boylik orttirish nomaqbul usulligini qayd qiladi.
Navoiy ijtimoiy hayotga odamlarning birgalikdagi faoliyati sifatida qaraydi. Uning fikriga ko’ra, kishi yakka holda hech narsa ishlab chiqara olmaydi. U biron narsani ishlab chiqarish uchun boshqa ishlab chiqaruvchilar bilan munosabatda bo’lishi kerak. Masalan, dehqonga mehnat qurollari zarur bo’lsa, hunarmandlarga non kerak; dehqonga ham, chorvadorga ham hunarmandchilik va attorlik mahsulotlari zarur. Dehqon mehnatining mahsulini novvoy, unfurush, qo’shchi va o’roqchi, mashoqchi va boshqalar orziqib kutadi. Shu bilan birga, dehqon ham hunarmandning, chorvadorning va boshqalarning mehnat mahsulotiga muhtoj. Ularsiz u hech narsa ishlab chiqara olmaydi.
Davlat arbobi va qomusiy olim Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) va uning avlodlari tomonidan ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy masalalarda katta ishlar amalga oshirilganligi bizga tarixiy bitiklardan ma'lum. Xususan, Boburning «Boburnoma» asarida, «Mubayyin» kabi to'plamlarida iqtisodiyotga oid ma'lumotlarga, shu jumladan soliq siyosatiga katta o'rin berilgan. «Zakot to'g'risidagi katta kitob» da esa o'sha davrdagi soliq, uning turlari to'g'risida qimmatli fikrlar bildiriladi. Bu asarlarni mutaola qilar ekanmiz, ulardan mamlakatimizning bugungi hayotida ro'y berayotgan iqtisodiy islohotlarni, o'zgarishlarni tahlil qilish, qisqacha xulosalarlar chiqarish va amaliyotda foydalanish uchun yangi fikrlar, maslahatlar topamiz. Ayniqsa, iqtisodiyotga oid, uning umumiy asoslari bo'lmish ishlab chiqarish, shuningdek savdo va tijoratga oid, soliq va boj to'lovlari bilan bog'liq bo'lgan qarashlari bizni to'lqinlantiradi. E'tirof etish kerakki, garchi bizning hayotimizda Boburning davlatni boshqarish, ishlab chiqarish va savdoni tashkil etish masalalariga doir alohida asari yoki uning o'z hukmronligi davrida yurgizgan iqtisodiy siyosatiga oid birlamchi manbalar bo'lmasa ham, ilmiy bilish va idrok etish kuchiga suyangan holda shunday qisqacha xulosalarga kelamizki, u buyuk mutafakkir, qomusiy olim sifatida iqtisodiy qonunlarning mohiyatini, iqtisodiyotning jamiyat va davlat hayotidagi belgilovchi ahamiyatini chuqur tushungan. Shuning uchun ham u dolzarb va adolatli farmonlar va hukmlar chiqarib, ilmiy jihatdan asoslangan iqtisodiy siyosat yurgizgan, buning oqibati o'laroq u hukmronlik qilgan davrda davlatda osoyishtalik, milliy totuvlik, siyosiy - ijtimoiy taraqqiyot qaror topgan. Shu bois ham Bobur asos solgan saltanat bir necha asr davomida yashadi va tarixda o'chmas iz qoldirdi. Bobur va uning vorislari davrida soliq masalalari muhim o'rinni egallagan. Boburning «Mubayyin» asari to'la ravishda qonunlar va iqtisodiy masalalarga bag'ishlangan. Asarning nomi ham «qonunlar izohi» ma'nosiga ega. Butun islom mamlakatlaridek, Movarounnahr va Xurosonda ham «zakot» ma'lum miqdorda va muayan shart-sharoitlarda olinadigan soliq ma'nosida qo'llaniladi hamda naqd pul va savdo yig'imi shaklida to'planadi. Soliqni hisoblash uchun soliq olish ob'ektining «nisobi», ya'ni mol-mulkning zakot berishga layoqatli bo'lish uchun belgilangan miqdori aniqlanadi, hisobdan kam mulkdan soliq olinmaydi.

3-savol.


Ishsizlikning umumiqtisodiy xarakteri mehnat bozorining o‘zi, mehnatga talab va uning taklifi o‘rtasidagi mutanosiblik ishsizlikni emas, ish bilan bandlikni shakllantirishidan ham kelib chiqadi. Ishsizlik, bir tomondan, go‘yo ish bilan bandlikning «teskarisi» hisoblanadi, ikkinchi tomondan, ish bilan bandlikni shakllantiruvchi omillardan farq qiluvchi omillar ta’sirini his qiladi. SHunday bo‘lsa-da, ishsizlik doimo ish bilan bandlik bilan birgalikda ko‘rib chiqiladi: ish bilan bandlikning ko‘payishi, qoidaga ko‘ra ishsizlikni kamaytiradi, bu esa ishsizlikni, o‘z navbatida ish bilan bandlikni ko‘paytiradi. Ta’rifga ko‘ra ishsizlik – ishlashni istaydigan mehnatga layoqatli aholining ish bilan band bo‘lmagan miqdori. Makroiqtisodiy jihatdan ishsizlik – doimo jamiyat mehnat salohiyatidan, ishchi kuchi majmuidan ishlab chiqarish omili sifatida to‘la foydalanmaganlikdir. Turli mamlakatlarda har bir muayyan davrda ishsizlik darajasi bir-biridan jiddiy farq qiladi, bu esa har bir mamlakat uchun qaror topgan «tabiiy» ishsizlik darajasiga, mamlakatdagi iqtisodiy davriylik fazasiga, shuningdek, davlat tomonidan ishlab chiqilgan ish bilan bandlik siyosatiga bog‘liq bo‘ladi.
Ishsizlikning tarqalishi va ishsizlar harakati. Ishsizlikning tarqalishi muayyan vaqt mobaynidagi ishsizlik maqomiga ega bo‘lgan kishilarning umumiy sonini bildiradi. Mazkur davrning oxiriga kelib, uning ishsizlik maqomini saqlab qolgan-qolmaganligi bu erda rol o‘ynamaydi. U mazkur davrning boshida hisobda turgan va ishsiz deb topilganlarning umumiy miqdori sifatida aniqlanadi. Hozirgi statistika hisobi bo‘yicha umuman ishsizlarning tarqalganli- gini, shuningdek, ayrim ijtimoiy-demografik guruhlar bo‘yicha: ayollar, erkaklar, yoshlar, qishloqlar hamda shaharlarda yashovchi shaxslarni aniqlash imkonini beradi.
Ishsizlikning davomiyligi – ishsizlik maqomiga ega bo‘lgan shaxslarning shu davr oxiriga kelib, ish qidirish muddati o‘rtacha qancha davom etganligini ko‘rsatuvchi hajmdir.
Ishsizlikni tahlil qilishda uning davomiylik ko‘rsatkichi alohida ahamiyatga ega. Ishsizlikning o‘rtacha davomiyligi va uzoq vaqt ishlamayotganlar ishsizlar orasidagi hissasi haqidagi ma’lumotlar nisbiy ishsizlik haqida xulosa chiqarish imkonini beradi. Ayrim hollarda ishsizlarning asosiy qismi tezda (1-4 oy ichida) yangi ish joyi topishi mumkin, ba’zilari esa yarim yil va undan ham ko‘proq muddat ish topolmay yuradilar.

4-savol.
Bir qarashdan, mehnat tushunchasi nimani anglatadigan savolning javobi ayondek, chunki har birimiz bu tushunchaga har kuni duch kelamiz. Biroq iqtisodiy adabiyotlarda mehnat tushunchasining aniq va bir xil ma’nodagi to‘liq ta’rifini topish ancha mushkul vazifadir.


Kundalik so‘zlashuvimizda «mehnat» so‘zi bir necha ma’noga ega bo‘lib, bu ma’nolar,birinchidan, ishlab chiqarish qurollari yordamida kishilarning hayoti uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratishga qaratilgan insonning maqsadga muvofiq faoliyati sifatida, ikkinchidan, ish va mashg‘ulot sifatida, uchinchidan, nimagadir erishishga qaratilgan kuch-harakat sifatida, to‘rtinchidan insonning faoliyati, ish natijasi sifatida izohlanilishi mumkin. SHo‘rolar davrida «mehnat» tushunchasiga insonning o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun tabiatdagi narsalarni shaklan o‘zgartirish va moslashtirish tushuniladi, deb talqin qilinar edi.
Mehnat - insonning muayyan ehtiyojlarini qondira oladigan va o‘ziga kerak bo‘ladigan moddiy yoki ma’naviy ne’matlardan iborat buyum, tovar, xizmat, fan, madaniyat, san’at asarlari va hokazolarni ishlab chiqarish bo‘yicha ongli, maqsadli va taqiqlanmagan faoliyati.
Har qanday mehnat jarayoni bir qancha shart-sharoitlar mavjud bo‘lishini 17 azarda tutadi. Ushbu shart-sharoitlar guruhiga mehnat predmetlari va vositalari, mehnat predmetiga ta’sir etuvchi usullar, mehnatni tashkil etish va mehnatning o‘zi kiradi:
mehnat predmeti - inson uchun foydali bo‘lgan xossalarni baxsh etish maqsadidagi mehnat majmuasi qaratilgan, tabiat buyumi yoki oldindanoq mehnat ta’siri tufayli yuzaga kelgan buyum yoxud xizmatlar ko‘rsatish ob’ekti;
mehnat vositalari - xodim mehnat predmetiga ta’sir etishda foydalanadigan va uning mehnat qilishi uchun zarur bo‘ladigan jamiki narsalardir. Mehnat vositalari jumlasiga mehnat qurollarini tashkil etuvchi asbob-uskuna, dastgoh, mashina, mexanizm, apparatlar va boshqa texnologik uskunalar hamda mehnat jarayonining amalga oshirilishida foydalaniladigan bino va inshootlar kiradi;
mehnat predmetiga ta’sir etish usuli - inson faoliyatining sobit qadamligi u yoki bu ishni bajarish uchun bilim va mahorat bo‘lishini nazarda tutadi. Harakatlarni qat’iylik va izchillik bilan bajarish, mehnat predmetiga o‘zgartirishlar kiritish yoki unga yangi xususiyatlar kasb etish, yangi shakl berish va o‘zaro joylashishga o‘zgartirishlar kiritishni ko‘zlab ta’sir etish usullari yig‘indisi mehnat faoliyati texnologiyasining mazmunini tashkil etadi;
mehnatni tashkil etish - muayyan tarzda mehnat jarayonini tuzish va amalga oshirish tartibi bilan bog‘liq bo‘lib, u xodimning mehnat predmeti va qurollari bilan o‘zaro ta’sir tizimidan kelib chiqadi;
mehnatning o‘zi esa insonning mehnat predmetiga u yoki bu ehtiyojlarni qondiradigan xususiyatlarini kasb etish uchun unga zarur vositalar hamda texnologiyalardan foydalangan holda insonning tashkilotchiligiga tayangan ongli ta’sir etish jarayonidan tashkil topadi.
Masalan, metall yog‘och, teri, gazlama va boshqalardan birorta buyum ishlab chiqarishda metall yog‘och, teri, gazlama va boshqalar mehnat predmeti sifatida, ularni qayta ishlash jarayonida ishlatiladigan asbob-uskunalar, bino va inshootlar mehnat vositalari sifatida namoyon bo‘ladi. Buyumni tayyorlash jarayoni ishlab chiqarish operatsiyalari izchilligini va mehnat predmetiga ishlov berish usullarini bilishni talab qiladi va bu o‘z navbatida ishlab chiqarish texnologiyasining vazifasi hisoblanadi. Ishni bevosita bajaradiganlar o‘z ish joylarini tashkil etish va bir-birlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish tartibini puxta ishlab chiqqan holda o‘z mehnatlarini tashkil etishlari kerak.
To‘g‘ri, qaysidir mehnat jarayoni yuqorida aytilgan standart elementlarning barchasiga ham ega bo‘lavermasligi mumkin. Masalan, kishi kulolchilik
korxonasida bir siqim loydan choynak yasasa, u mehnat qurollaridan, o‘z barmoqlaridan foydalanadi. Lekin yasalgan choynakni xumdonda toblab pishirsa, xumdon mehnat vositasi bo‘ladi. Kuy chalayotgan sozanda uchun musiqa asbobi 18 mehnat quroli, nota qog‘ozi esa mehnat predmeti bo‘ladi. Pedagog uchun uning o‘quvchilari mehnat predmeti hisoblanadi, bunda u mehnat qurollaridan bevosita foydalanmasligi mumkin. Lekin mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida u ma’ruza matni tuzadi, turli ko‘rgazmali materiallar tayyorlaydi va bu bilan mehnat vositalarini yaratadi.
Insonning butun hayoti ish faoliyati va faoliyatsizlik, ya’ni harakatsizlik deb atalmish passiv dam olish, kasallik vaqti, uxlash payti va hokazolardan tashkil topgan davrlaridan tarkib topadi. Faoliyat kishilarning hayot tarzi shakllaridan biri bo‘lib, u shunday jarayonki, unda kishilarning jismoniy va aqliy kuchlari qaysidir ehtiyojlarni qondirish uchun ishga solinadi. «Faoliyat» tushunchasi «mehnat» tushunchasidan kengroq tushunchadir. Mehnat - faoliyatning bir turidir, lekin har qanday faoliyat ham mehnat bo‘lavermaydi.
Uchinchidan, faoliyatni mehnat va nomehnat qismga ajratish mumkin. Mehnatni nomehnat faoliyatdan ajratadigan asosiy mezonlar:
Taqiqlanmagan munosabatlar;
aniq maqsadga yo‘naltirilganlik;
ne’matlarni yaratish, ya’ni bunyodkorlik bilan bog‘langanlik;
boshqalarga keraklikdan iborat bo‘ladi.
Ko‘rsatib o‘tilgan to‘rt qoidani ko‘rib chiqar ekanmiz, ularni bir-biridan farqlash lozim.
«Mehnat» va «ish» tushunchalarining o‘zaro bog‘liqligi. Ijtimoiy-iqtisodiy turmushda mehnat tushunchasi bilan bir qatorda ish tushunchasidan ham keng foydalaniladi. Ammo «mehnat» va «ish» tushunchalari bir xil yoki teng ma’noli mazmunga ega emas. Insonning jamiyat hayotidagi yaratuvchilik roli, ijtimoiy natijalarga daxldorligi tufayli mehnat tabiatan ijtimoiy mehnatdir. Zero, aniq mehnat faoliyati ayni paytda shunday faoliyat hamki, uning davomida kishilar bir-birlari bilan muayyan aloqa va munosabatlarga kirishadi. SHu bois mehnat faqat insonning aqliy fiziologik va ijtimoiy foydali faoliyatidir. «Ish» esa jismoniy ma’noga ega bo‘lgan tushuncha bo‘lib, uni inson ham, mashina ham, hayvon ham bajarishi mumkin. Mehnat ish vaqti bilan o‘lchanadi. Ish esa natural birliklar - kilogramm, metr, dona va shu kabi natural ko‘rsatkichlarda o‘lchanadi.
«Ish» mehnat mahsuli bo‘lib, u inson faoliyatida «Mehnat» bilan tenglashgan jarayondir.
Ko‘pincha bunday farqlash mehnat muammolari turli jihatlarni o‘zida mujassam etib, yaxlit bir butunlik yoki juda o‘zaro bog‘liq holda namoyon bo‘lishi tufayli shartlidir.
Mehnat masalalariga oid iqtisodiy adabiyotlarda ba’zan «mehnat substansiyasi» degan tushunchani uchratish mumkin. Umuman «substansiya» 19 atamasi, birinchidan, mohiyatni, negizini anglatsa, ikkinchidan, u hech nimaga bog‘liq bo‘lmagan mustaqil tushunchani anglatadi. XX asrning 20-yillaridayoq mehnat substansiyasi haqida gapirilganda, - mehnat jarayonida insonning miyasi, asablari, mushaklari, sezgi a’zolari, qoni va quvvatining sarflanishi ekanligi ta’kidlangan edi. Ba’zi zamonaviy mualliflar mehnat substansiyasi - mehnat jarayonida inson organizmi muayyan maqsadga muvofiq tarzda sarflaydigan kuch- quvvat, mehnat substansiyasini inson a’zolarining sarflanishi deb talqin qilish ilmiy jihatdan behudadir va iqtisodchilarning bunday tasavvurlardan allaqachon voz kechishlari darkor, deb hisoblamoqdalar. Kuch-quvvat, albatta, insonning a’zolari orqali ma’lum vaqt davomida sarflansada, uni mehnat substansiyasi deb atashga asos etarlicha bo‘la olmaydi. Binobarin, befoyda sarflangan kuch-quvvat mehnat hisoblanmaydi, albatta.
Download 68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling