Reja: Fraungofer difraksiyasi Spektral qurilmalar. Difraksion panjara Xulosa. 1. Fraungofer difraksiyasi Yorug‘lik difraksiyasi amaliyotda juda qiziq, agar to‘siq Frenelning 1-chi zonasini kam qismini ochiq qoldirsa quyidagi shart bo‘yicha difraksion manzara uzoq masofada kuzatiladi. Misol uchun, agar (yashil nur), L kuzatish tekisligigacha bo‘lgan masofa 2 metrdan sezilarli darajada ortiq bo‘ladi (minimum 10 metr yoki katta). To‘lqin fronti elementidan kuzatish nuqtasiga nisbatan juda uzoqdan o‘tkazilgan nurlarni parallel nurlar deb hisoblash mumkin. Bunday nurlar difraksiyasiga parallel nurlar difraksiyasi deb yuritiladi yoki Frenel zamondoshi nemis fizigi I.Fraungofer sharafiga Fraungofer difraksiyasi deyiladi. Agar nur yo‘liga to‘siq o‘rniga yig‘uvchi linza qo‘yilsa, burchak ostida difraksiyalangan parallel nurlar fokal tekislikning biror nuqtasida yig‘iladi (9.1-rasm). Shuni aytish kerakki, linzalar fokal tekisligidagi har qanday nuqta, linzalar yo‘q holda cheksiz uzoqlikdagi nuqtaga ekvivalentdir. | rasm. Parallel nurlar difraksiyasi yashil egri chiziq fokal tekislikda intensivlikning taqsimlanishi (x-o‘qi bo‘yicha masshtab juda kattalashtirilgan). |
Do'stlaringiz bilan baham: |