Fraungоfer difraksiyasi. Difraksion panjara Reja: Fraungofer difraksiyasi


Download 131.66 Kb.
bet2/12
Sana18.06.2023
Hajmi131.66 Kb.
#1592335
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
FRAUNGОFER DIFRAKSIYASI. DIFRAKSION PANJARA

Fraungoferning difraksion manzarasi linzalarning fokal tekisligida kuzatiladi. Geometrik optikada asosan, uzoqdagi nuqtaviy jismning nuqtaviy tasviri linzalarning fokusida joylashishi kerak. Haqiqatdan ham nuqtaviy jism tasviri difraksiya tufayli aniq emas. Bunda yorug‘likning to‘lqin tabiati namoyon bo‘ladi. Hech bir optik sistema nuqtaviy tasvirni beraolmaydi.

D diametrli dumaloq tirqishdagi Fraungofer difraksiyasi markazida yorug‘ dog‘ bo‘lgan difraksion manzarani beradi. (Eyri diski), uning atrofida yorug‘ va qorong‘i halqalar navbatlanib keladi (9.2-rasm). Bu difraksion dog‘ nuqtaviy manbaning tasviri hisoblanadi. Linzaning fokal tekisligidagi bu markaziy dog‘ning radiusi quyidagiga teng:

.

Agar olisdagi manbadan yorug‘lik nuri to‘g‘ridan-to‘g‘ri linzaga tushirilsa, difraksiyalangan nur uchun ekran vazifasini linza tutgichi bajaradi. Bu vaqtda D deb linza diametrini tushunish kerak.

rasm. Nuqtaviy manba difraksiyasi (dumaloq tirqishdagi difraksiya).

Markaziy yorug‘ dog‘ga yorug‘likning qariyib 85% energiyasi tushmoqda.

Difraksion tasvirning o‘lchami juda kichik, masalan, to‘lqin uzunligi =500 nm bo‘lgan monoxromatik yorug‘lik diametri D=5sm, fokus masofasi F=50 cm bo‘lgan linzaning fokal tekisligidagi markaziy yorug‘ dog‘ning radiusi taxminan 0,006 mm ga teng.

2. Optik qurilmalar ajrataolishning difraksion chegarasi

Ko‘pincha optik qurilmalarda (fotoapparatlar, proyektorlar va boshqa) difraksion tasvirning aniq emasligi optikasining mukammal emasligidadir. Yuqori sifatli astronomik qurilmalarda sifatli difraksion tasvir olish mumkin. Bir-biriga yaqin, ya’ni bir-biridan (burchak masofada joylashgan ikkita yulduzni difraksion tasvirini qaraymiz. Kamchiliklar va aberratsiyalar bartaraf qilingan deb faraz qilsak, ob’ektivning fokal tekisligida yulduzlarning difraksion tasviri kuzatiladi (9.3-rasm).


Download 131.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling