Fraungоfer difraksiyasi. Difraksion panjara Reja: Fraungofer difraksiyasi


rasm. Nurlanish spektrining prizma yordamida ajralishi


Download 131.66 Kb.
bet7/12
Sana18.06.2023
Hajmi131.66 Kb.
#1592335
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
FRAUNGОFER DIFRAKSIYASI. DIFRAKSION PANJARA

rasm. Nurlanish spektrining prizma yordamida ajralishi.

S tirqish orqali tushadigan tadqiq qilinayotgan nurlanish linzaning L1 fokal tekisligida joylashadi. Qurilmaning bu qismi kollimator deb ataladi. Yorug‘likning linzadan chiqadigan parallel nurlar dastasi R prizmaga tushadi. Dispersiya natijasida har xil to‘lqin uzunlikli yorug‘lik har xil burchak ostida prizmadan chiqadi. L2 linzaning fokal tekisligida fotoplastinka yoki ekran joylashadi. Natijada ekranning har xil joyida to‘lqinlar uzunligining har xil yorug‘ligida kirish teshigining S tasviri paydo bo‘ladi (9.9-rasm). Prizmalar tayyorlanadigan barcha qattiq moddalar (shisha, kvars) sindirish ko‘rsatkichi n ko‘rish sohasida to‘lqin uzunligining ortishi bilan monoton kamayadi, shuning uchun prizma ko‘k va binafsha nurlarni qizil nurga nisbatan kuchli og‘diradi.

Yuqori ajrata olish qobiliyatiga ega bo‘lgan optik qurilmalarda prizma o‘rniga difraksion panjara ishlatiladi. Bir-biridan barobar uzoqlikda joylashgan va bir xil kenglikdagi parallel tirqishlar sistemasiga difraksion panjara deyiladi. Panjara yorug‘likni o‘tkazadigan (а) va o‘tkazmaydigan (в) kengliklardan iborat bo‘lib, d = a + в difraksion panjaraning davri deyiladi. Maxsus bo‘luvchi mashina yordamida metall yoki shisha plastinka sirtiga chiziladi (9.10-rasm). Yaxshi panjaralarda parallel shtrixlar uzunligi 10 sm atrofida bo‘ladi, har bir millimetrga 2000 ta gacha shtrix to‘g‘ri kelishi mumkin. Panjarani umumiy uzunligi 10-15 sm ga yetishi mumkin. Bunday panjaralarni tayyorlashda eng yuqori texnologiyalardan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Amaliyotda bir millimetrga 50-100 shtrix tortilgan plyonkalar ham ishlatilishi mumkin. Difraksion panjara sifatida kompakt disklarning bir parchasini yoki grammafon plastinkalarini ham ishlatish mumkin. O‘rganilayotgan yorug‘likning parallel nurlar dastasi kollimator yordamida panjaraga yuborilsin. Panjaradan keyin o‘rnatilgan (9.11-rasm) linzaning fokal tekisligida difraksion manzara kuzatiladi.


Download 131.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling