Fuqaro muhofazasi to‘G‘risida


-modda. Fuqaro muhofazasi kuchlarining tarkibi


Download 21.58 Kb.
bet7/8
Sana01.11.2023
Hajmi21.58 Kb.
#1738797
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Fuqaro muhofazasi to‘G‘risida

18-modda. Fuqaro muhofazasi kuchlarining tarkibi
Fuqaro muhofazasi kuchlari fuqaro muhofazasi qo‘shinlari tuzilmalaridan tarkib topadi.
Fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalari tarkibi, uning tarkibiy tuzilishi, shuningdek, fuqaro muhofazasi tuzilmalari faoliyatining boshqa masalalari O‘zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi boshlig‘i tomonidan belgilab qo‘yiladi.
Fuqaro muhofazasi vazifalarini hal etish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining qutqaruv tuzilmalari, qismlari va bo‘linmalari ham jalb etilishi mumkin.
19-modda. Fuqaro muhofazasi qo‘shinlari
Favqulodda vaziyatlar vazirligining fuqaro muhofazasi qo‘shinlari O‘zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi kuchlarining asosini tashkil etadi.
Fuqaro muhofazasi qo‘shinlarining urush davridagi asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
zararlanish o‘choqlarida va zaharlanish zonalarida muhandislik, radiatsion, kimyoviy va boshqa qidiruv turlarini olib borish;
qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish;
aholini va xalq xo‘jaligi obyektlarini evakuatsiya qilishda ishtirok etish;
aholi hayot faoliyatini ta’minlash obyektlarini tiklash ishlarini amalga oshirishda ishtirok etish hamda fuqaro muhofazasining boshqa vazifalarini bajarish.
Fuqaro muhofazasi qo‘shinlarining faoliyati, ularni butlash qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
20-modda. Fuqaro muhofazasi tuzilmalari
Fuqaro muhofazasi tuzilmalari qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish uchun hududiy-ishlab chiqarish prinsipiga ko‘ra tashkil etiladi.
Fuqaro muhofazasi tuzilmalari:
bo‘ysunuviga ko‘ra — hududiy (viloyatlar, tumanlar va shaharlardagi) hamda obyekt (xalq xo‘jaligi obyektlaridagi) tuzilmalariga;
belgilangan vazifasiga ko‘ra — umumiy maqsaddagi (zararlanish o‘choqlarida qutqaruv ishlarini olib borish uchun) tuzilmalarga va maxsus tadbirlarni bajaruvchi xizmatlar (qidiruv ishlarini olib borish, tibbiy yordam ko‘rsatish, yong‘inlarning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik va ularni o‘chirish, jamoat tartibini saqlash va hokazo) tuzilmalariga bo‘linadi.
Fuqaro muhofazasi tuzilmalariga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari: 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar, 18 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan ayollar qabul qilinadi, safarbarlik ko‘rsatmasiga ega bo‘lgan harbiy xizmatga majburlar, I, II, III guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, homilador ayollar, sakkiz yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollar, shuningdek uch yoshga to‘lmagan bolalari bor, o‘rta yoki oliy tibbiy ma’lumotli ayollar bundan mustasno.

Download 21.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling