Fuqaro muhofazasi to‘G‘risida


-modda. Tashkilotlarning fuqaro muhofazasi sohasidagi vakolatlari


Download 21.58 Kb.
bet5/8
Sana01.11.2023
Hajmi21.58 Kb.
#1738797
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Fuqaro muhofazasi to‘G‘risida

11-modda. Tashkilotlarning fuqaro muhofazasi sohasidagi vakolatlari
Tashkilotlar o‘z vakolatlari doirasida:
fuqaro muhofazasi tadbirlarini rejalashtiradilar va amalga oshiradilar;
urush davrida barqaror ishlashni ta’minlash tadbirlarini amalga oshiradilar;
o‘z xodimlarini harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida vujudga keladigan xavflardan himoyalanish usullariga o‘rgatishni amalga oshiradilar;
xabar berish mahalliy tizimlarini yaratadilar va ularni foydalanishga doimo shay holatda saqlab turadilar;
xodimlarga fuqaro muhofazasi sohasidagi o‘z majburiyatlarini bajarishlari uchun zarur sharoit yaratadilar;
moddiy-texnika, tibbiy va boshqa xil vositalarning zaxiralarini yaratadilar.
Potensial xavfli ishlab chiqarish obyektlariga ega bo‘lgan, shuningdek muhim mudofaa va iqtisodiy ahamiyatga molik tashkilotlar fuqaro muhofazasi tuzilmalarini yaratadilar va ularni doimo shay holatda saqlab turadilar. Bunday tashkilotlarni belgilash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy etiladi.
12-modda. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining fuqaro muhofazasi sohasidagi ishtiroki
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari:
fuqarolarning zamonaviy qirg‘in vositalari qo‘llanilgan paytdagi himoyalanish usullariga o‘rgatilishiga ko‘maklashadilar;
harbiy harakatlar olib borilishi bilan bog‘liq yoki shu harakatlar oqibatida xavflarning yuzaga kelishi tahdid etgan taqdirda tegishli hududdagi fuqarolar xabardor qilinishini tashkil etadilar;
aholining hayot faoliyati ta’minlanishi sohasida tadbirlar tayyorlanishi va bajarilishini amalga oshiradilar;
qonunchilikka muvofiq boshqa tadbirlarni amalga oshiradilar.
III. FUQAROLARNING FUQARO MUHOFAZASI SOHASIDAGI HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
13-modda. Fuqarolarning fuqaro muhofazasi sohasidagi huquqlari
Fuqarolar quyidagi huquqlarga ega:
o‘z hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulki harbiy harakatlardan muhofazalanishi;
umumiy va yakka muhofazalanish vositalaridan tekin foydalanish;
harbiy harakatlar kechayotgan joylarda o‘zlari yo‘liqishlari mumkin bo‘lgan xavf darajasi va zarur xavfsizlik choralari to‘g‘risida axborot olish.
Fuqarolar fuqaro muhofazasi sohasida qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.
harbiy harakatlardan jabrlanganlarga ularning hayot faoliyatini ta’minlash uchun zarur sharoitlar yaratiladi, tibbiy, moddiy-moliyaviy va boshqa xil yordam ko‘rsatiladi.

Download 21.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling