Fuqaro muhofazasi to‘G‘risida


V. FUQARO MUHOFAZASINI MOLIYAVIY TA’MINLASh. FUQARO MUHOFAZASI OBYEKTLARI VA MOL-MULKI


Download 21.58 Kb.
bet8/8
Sana01.11.2023
Hajmi21.58 Kb.
#1738797
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Fuqaro muhofazasi to‘G‘risida

V. FUQARO MUHOFAZASINI MOLIYAVIY TA’MINLASh. FUQARO MUHOFAZASI OBYEKTLARI VA MOL-MULKI
21-modda. Fuqaro muhofazasini moliyalash
Fuqaro muhofazasini moliyalash vazirliklar, idoralar va ular tasarrufidagi budjetdagi tashkilotlarda, viloyatlar, tumanlar va shaharlarda tegishincha respublika yoki mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan, tashkilotlarda esa — o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Fuqaro muhofazasini moliyalash ijtimoiy fondlarning mablag‘lari, fuqarolarning ixtiyoriy badallari va boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
22-modda. Fuqaro muhofazasi qo‘shinlarining asosiy fondlari
Harbiy shaharchalarning turar joylari va imoratlari, fuqaro muhofazasi harbiy qismlarining o‘quv-moddiy bazasi obyektlari, moddiy va texnik vositalari davlat mulki bo‘lib, fuqaro muhofazasi qo‘shinlarining asosiy fondlarini tashkil etadi. Fuqaro muhofazasi qo‘shinlari ko‘rsatib o‘tilgan va o‘zlariga ajratilgan boshqa mol-mulkka nisbatan tezkor boshqaruv huquqidan foydalanadilar.
Fuqaro muhofazasi qo‘shinlarini joylashtirish va ularning doimiy faoliyati uchun yer uchastkalari, joylar, omborlar va boshqa obyektlar tegishli davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan ularga doimiy yoki vaqtinchalik foydalanish uchun beriladi.
23-modda. Fuqaro muhofazasi obyektlari va mol-mulki
Fuqaro muhofazasi obyektlari va mol-mulki jumlasiga quyidagilar kiradi:
davlat hokimiyat va boshqaruv organlarining himoya inshootlari hamda yer usti binolari kompleksiga ega bo‘lgan boshqaruv punktlari;
fuqaro muhofazasining alohida va tutash qurilgan himoyalanish, radiatsiyadan saqlanish joylari;
mol-mulk va texnika saqlanadigan omborxona binolari;
yakka muhofazalanish vositalari, radiatsion, kimyoviy qidiruv va dozimetrik nazorat priborlari;
aloqa va xabar berish vositalari;
davlat mulki bo‘lgan, shuningdek fuqaro muhofazasi maqsadida foydalanish uchun tashkilotlarning mablag‘lari hisobiga yaratilgan yoki sotib olingan boshqa moddiy-texnika vositalari.
Fuqaro muhofazasi tadbirlarini ta’minlash uchun davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, tashkilotlar tomonidan fuqaro muhofazasi mol-mulki zaxiralari yaratiladi.
Tashkilotlarning boshqaruv tarkibiy tuzilmalari va xo‘jalik yuritish faoliyati shakllari o‘zgargan taqdirda, ular zimmasida fuqaro muhofazasi obyektlari va mol-mulkidan belgilangan maqsadda foydalanish, shuningdek bunday obyektlar hamda mol-mulklarni hosil etish va to‘plash topshiriqlari qolaveradi.
Fuqaro muhofazasi obyektlarini barpo etish va mol-mulkidan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Download 21.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling