Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘G‘risida


-modda. Ustama haqlarni hisoblab chiqarish shartlari


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/42
Sana07.03.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1246646
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   42
Bog'liq
938-XII-сон 03.09.1993. Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida

30-modda. Ustama haqlarni hisoblab chiqarish shartlari
Ustama haqlar tayinlanayotgan pensiyaning turidan qat’i nazar qo‘shib hisoblanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Pensiya so‘rab murojaat etgan kishilarga ushbu Qonunning 28-moddaning 
“a”
 yoki 
“b”
bandlarida
 nazarda tutilgan ustama haq bilan bir paytda shu moddaning 
“i” — “m” bandlarida
ko‘rsatilgan ustama haqlardan biri qo‘shib hisoblanadi.
(30-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 26-oktabrdagi O‘RQ-795-
sonli 
Qonuni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 03/22/795/0963-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Pensiya so‘rab murojaat etgan kishining tanlovi bo‘yicha ushbu Qonunning 28-moddasi
“g”

“d”
 yoki 
“e” bandlarida
 nazarda tutilgan ustama haq bilan bir paytda shu moddaning 
“j” —
“m” bandlarida 
ko‘rsatilgan ustama haqlardan biri qo‘shib hisoblanadi.
(30-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 26-oktabrdagi O‘RQ-795-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 03/22/795/0963-son)
31-modda. O‘rtacha oylik ish haqini aniqlashning umumiy tartibi
Oldingi
 tahrirga qarang.
Pensiyani hisoblab chiqarish uchun, ishdagi mavjud tanaffuslardan qat’i nazar, oxirgi o‘n
yillik mehnat faoliyati davomidagi istalgan ketma-ket besh yildagi (pensiya so‘rab murojaat
etgan kishining tanlovi bo‘yicha) ish haqi olinadi.
Pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqi o‘tgan yillardagi ish haqlarini
pensiya tayinlanadigan kundagi ish haqi darajasiga keltirish uchun O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda qayta hisoblanadi.
Pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqi ketma-ket
ishlangan oltmish kalendar oylar uchun qayta hisoblangan ish haqining umumiy miqdorini
oltmishga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. Bunda pensiya so‘rab murojaat etgan kishining
xohishiga ko‘ra, ishga qabul qilish yoki mehnat shartnomasini bekor qilish munosabati bilan
ish kunlari soni to‘liq bo‘lmagan oylar to‘liq ishlangan kalendar oylar sifatida hisobga olinadi.
Pensiya so‘rab murojaat etgan kishi besh yildan kam ishlagan hollarda pensiyani
hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqi ishlangan kalendar oylar uchun
qayta hisoblangan ish haqining umumiy miqdorini shu oylar soniga bo‘lish yo‘li bilan
aniqlanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Mavsumiy ishlarda band bo‘lgan xodimlarga pensiyalar tayinlashda pensiyani hisoblab
chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqi, ishdagi mavjud tanaffuslardan qat’i nazar,
mehnat faoliyatining oxirgi o‘n yili davomidagi istalgan ketma-ket besh mavsumdagi (pensiya
so‘rab murojaat etgan kishining tanlovi bo‘yicha) qayta hisoblangan ish haqining umumiy
miqdorini oltmishga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi
(31-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi O‘RQ-379-
sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling