Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘G‘risida
Fuqarolarning davlat pensiya
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
938-XII-сон 03.09.1993. Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida
- Bu sahifa navigatsiya:
- HAQINI HISOBLAB ChIQISh TARTIBI VI BOB. ISh STAJINI HISOBLAB ChIQARISh VII BOB. PENSIYALAR TAYINLASh
- 32-modda. Pensiyalarni hisoblab chiqarishda e’tiborga olinadigan ish haqi turlari
Fuqarolarning davlat pensiya
ta’minoti to‘g‘risida I BOB. UMUMIY QOIDALAR II BOB. YoShGA DOIR PENSIYALAR III BOB. NOGIRONLIK PENSIYALARI IV BOB. BOQUVChISINI YO‘QOTGANLIK PENSIYALARI V BOB. PENSIYALARNI VA ISh HAQINI HISOBLAB ChIQISh TARTIBI VI BOB. ISh STAJINI HISOBLAB ChIQARISh VII BOB. PENSIYALAR TAYINLASh VIII BOB. PENSIYALARNI QAYTA HISOBLASh IX BOB. PENSIYALAR TO‘LASh Излаш Pensiyani hisob-kitob qilish uchun pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining o‘n ikki baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdordagi o‘rtacha oylik ish haqi olinadi. (31-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 19-sentabrdagi O‘RQ-791- sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.09.2022-y., 03/22/791/0832-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi) Oldingi tahrirga qarang. Pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqi pensiyani hisoblashning bazaviy miqdoridan oz bo‘lgan yoki ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar umuman mavjud bo‘lmagan hollarda pensiya pensiyani hisoblashning bazaviy miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. (31-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586- sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) 32-modda. Pensiyalarni hisoblab chiqarishda e’tiborga olinadigan ish haqi turlari Oldingi tahrirga qarang. Pensiyani hisoblab chiqarish uchun ish haqiga, shuningdek ish haqining natural qismiga: Oldingi tahrirga qarang. 2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — qonunchilikka muvofiq sug‘urta badallari hisoblanadigan mehnatga haq to‘lash tarzidagi barcha daromadlar; (32-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21- apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oldingi tahrirga qarang. 2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — qonunchilikka muvofiq hisoblangan mehnatga haq to‘lash tarzidagi barcha daromadlar qo‘shiladi. (32-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21- apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oldingi tahrirga qarang. Davlat ijtimoiy sug‘urtasiga taalluqli bo‘lmagan shaxslarga pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqiga mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlarga o‘xshash pul ta’minotining barcha turlari qonunchilikka muvofiq qo‘shiladi. (32-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) O‘qish davrida to‘langan stipendiya pensiya so‘rab murojaat etuvchining xohishiga ko‘ra ish haqiga tenglashtiriladi. Ish vaqtini hisobga olib bo‘lmaydigan xodimlarning (yakka tartibdagi tadbirkor va u tomonidan yollangan xodimning, dehqon xo‘jaligi va oilaviy tadbirkorlik subyekti a’zosining) pensiyasini hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqining miqdori: 2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘langan sug‘urta badallarining miqdoridan; Oldingi tahrirga qarang. 2019-yil 1-yanvardan 2019-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davr uchun — to‘langan yagona ijtimoiy to‘lov miqdoridan; (32-modda to‘rtinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 9- noyabrdagi O‘RQ-646-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2020- y., 03/20/646/1488-son) Oldingi tahrirga qarang. 2020-yil 1-yanvardan — to‘langan ijtimoiy soliq miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. (32-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 9-noyabrdagi O‘RQ-646- sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2020-y., 03/20/646/1488-son) Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling