Ushbu Qonunning
7-moddasida
belgilangan yoshni 15 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish
huquqiga gipofizar mittilik kasaliga chalinganlar (liliputlar) va gavda
tuzilishida mutanosiblik
buzilgan pakanalar:
erkaklar — ish staji kamida 20 yil bo‘lganda;
ayollar — ish staji kamida 15 yil bo‘lganda ega bo‘ladilar.
14-modda. Yoshga doir pensiyalarni muddatidan oldin tayinlash
Oldingi
tahrirga qarang.
Texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar,
xodimlar soni
(shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining
qisqarganligi yoxud
korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan va ishsiz deb e’tirof
etilgan
shaxslar:
(14-moddaning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-son
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
erkaklar — 58 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda;
ayollar — 53 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 20 yil bo‘lgan
taqdirda pensiya olish
huquqiga ega bo‘ladilar.
III BOB. NOGIRONLIK PENSIYALARI
15-modda. Pensiyalarni tayinlash shartlari
Oldingi
tahrirga qarang.
Nogironlik pensiyalari qonunchilikda belgilangan tartibda I va II guruh nogironligi bo‘lgan
shaxslar deb topilgan shaxslarga, shuningdek Chernobil AESdagi avariya tufayli mayib bo‘lish yoki
kasallik oqibatida III guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar deb topilgan shaxslarga tayinlanadi.
(15-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 9-fevraldagi O‘RQ-752-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 03/22/752/0113-son)
Do'stlaringiz bilan baham: