Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘G‘risida


-modda. Ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiya


Download 315.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/31
Sana09.04.2023
Hajmi315.68 Kb.
#1346718
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31
Bog'liq
938-XII-сон 03.09.1993. Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida

18-modda. Ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiya
Oldingi
 tahrirga qarang.
Pensiya tayinlash uchun yetarlicha ish stajiga ega bo‘lmagan (
17-modda
) umumiy kasallik
oqibatidagi I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga nogironlik pensiyasi bor stajga mutanosib
miqdorda (
29-modda
) tayinlanadi.
(18-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
IV BOB. BOQUVChISINI YO‘QOTGANLIK PENSIYALARI
19-modda. Pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan oila a’zolari
Vafot etgan boquvchining qaramog‘ida (
20-modda
) bo‘lgan mehnatga qobiliyatsiz oila
a’zolari boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olish huquqiga ega bo‘ladi. Bunda farzandlarga va
ushbu moddaning 
“v” bandida
 ko‘rsatib o‘tilgan shaxslarga pensiya ular boquvchining qaramog‘ida
turgan-turmaganidan qat’i nazar tayinlanadi.
Marhumning qaramog‘ida turmagan ota-onasi va eri (xotini) ham, keyinchalik kun kechirish
uchun zarur mablag‘ manbaidan mahrum bo‘lib qolsalar, pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar.
Quyidagilar oilaning mehnatga qobiliyatsiz a’zolari hisoblanadilar:
Oldingi
 tahrirga qarang.
a) bolalar, aka-ukalar, opa-singillar va nabiralar 18 yoshga to‘lmagan bo‘lsa yoki 18 yoshdan
katta bo‘lsa, agar ular 18 yoshga to‘lguniga qadar nogironligi bor bola bo‘lib qolgan bo‘lsa. Bunda
basharti, agar aka-ukalar, opa-singillar va nabiralarning mehnatga qobiliyatli ota-onasi bo‘lmasa;
(19-modda uchinchi qismining “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 9-fevraldagi
O‘RQ-752-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 03/22/752/0113-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
b) ota, ona, o‘gay ota, o‘gay ona, xotin, er, basharti, ular 
7-moddada
nazarda tutilgan pensiya
yoshiga to‘lgan yoki nogironligi bo‘lgan shaxs bo‘lsalar;
(19-moddaning uchinchi qismi “b” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
v) yoshidan va mehnat qobiliyatidan qat’i nazar, ota va onadan biri yoki er (xotin) yoxud buva,
buvi, aka-uka yoki opa-singil, agar u vafot etgan boquvchining bolalari, aka-ukalari, opa-singillari
yoki nabiralarini, ishlovchilarga bolaga qarash uchun ish haqi saqlanmagan ta’tilda bo‘lish huquqini
beradigan yoshga to‘lgunga qadar boqish bilan mashg‘ul bo‘lsa va ishlamasa;
g) buva va buvi — agar qonunga muvofiq ularni boqishi shart bo‘lgan kishilar bo‘lmasa.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ta’lim tashkilotlarining o‘quvchilari va talabalari o‘qishning butun davri davomida, biroq 23
yoshga to‘lguniga qadar boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olish huquqiga ega.
(19-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 9-fevraldagi O‘RQ-752-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 03/22/752/0113-son)
Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olish huquqiga ega bo‘lgan voyaga yetmagan farzandlar,
ular farzandlikka olinganlarida ham bu huquqni saqlab qoladilar.
O‘gay o‘g‘il va o‘gay qiz, agar ular ota-onalaridan aliment olmagan bo‘lsalar, haqiqiy farzandlar
singari pensiya olish huquqiga egadirlar.
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘gay ota va o‘gay ona, agar vafot etgan o‘gay o‘g‘ilni (qizni) 18 yoshga to‘lgunga qadar kamida
5 yil tarbiyalagan yoki boqqan bo‘lsalar, haqiqiy ota va ona singari pensiya olish huquqiga ega
bo‘ladilar. O‘gay ota va o‘gay onaning vafot etgan o‘gay o‘g‘ilni (qizni) tarbiyalaganligi yoki
boqqanligini aniqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.


(19-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 26-oktabrdagi O‘RQ-795-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 03/22/795/0963-son)
Ushbu Qonunning vafot etganlar oilalariga taalluqli hamma qoidalari bedarak
yo‘qolganlarning oilalariga ham, agar boquvchining bedarak yo‘qolganligi belgilangan 
tartibda
tasdiqlangan bo‘lsa, tegishli ravishda joriy qilinadi.

Download 315.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling