Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘G‘risida


-modda. Nogironlik guruhlari


Download 315.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/31
Sana09.04.2023
Hajmi315.68 Kb.
#1346718
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31
Bog'liq
938-XII-сон 03.09.1993. Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida

16-modda. Nogironlik guruhlari
Sog‘lig‘ini yoki mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik darajasiga qarab, nogironlikning uch guruhi
aniqlanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Nogironlik sabablari va guruhlari, shuningdek nogironlik boshlangan vaqt va nogironlikning
qancha muddatga belgilanishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan ular
to‘g‘risidagi Nizom asosida ishlovchi tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan aniqlanadi.
(16-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
17-modda. Pensiya olish huquqini beradigan ish staji
Mehnatda mayiblanganda yoki kasb kasalligiga uchraganda beriladigan nogironlik
pensiyalari ish stajidan qat’i nazar, tayinlanadi.
Umumiy kasallik tufayli beriladigan nogironlik pensiyalari nogironlik boshlangan paytga
qadar quyidagicha ish stajiga ega bo‘lgan taqdirda tayinlanadi:
Oldingi
 tahrirga qarang.
20 yoshga to‘lgunga qadar umumiy kasallik tufayli ish davrida yoki ishlash to‘xtatilganidan
keyin nogironligi bo‘lgan shaxs deb topilgan fuqarolarga pensiyalar ish stajidan qat’i nazar
tayinlanadi.
Yosh
Ish staji
23 yoshga qadar
2
23 yoshdan 26 yoshga qadar
3
26 yoshdan 31 yoshga qadar
5
31 yoshdan 36 yoshga qadar
7
36 yoshdan 41 yoshga qadar
9
41 yoshdan 46 yoshga qadar
11
46 yoshdan 51 yoshga qadar
14
51 yoshdan 56 yoshga qadar
17
56 yosh va undan oshganda
20


(17-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
Mehnatda mayiblanganda yoki kasb kasalligiga uchraganda beriladigan nogironlik
pensiyasidan umumiy kasallik tufayli beriladigan nogironlik pensiyasiga o‘tkazilganda zarur staj
nogironlik dastlab belgilangan vaqtdagi yoshga qarab aniqlanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 315.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling