Fuqarolarning murojaatlari to‘G‘risida”gi o‘zbekiston respublikasi qonuniga o‘zgartishlar va qo‘Shimchalar kiritish \
-modda. Arizalar, takliflar va shikoyatlarni berish muddatlari
Download 257.3 Kb.
|
446-II 13.12.2002
- Bu sahifa navigatsiya:
- 17-modda. Fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish
16-modda. Arizalar, takliflar va shikoyatlarni berish muddatlari
Fuqarolarning ariza, taklif va shikoyatlar berishi uchun muddat belgilanmaydi. Ayrim hollarda muayyan davlat organining ariza, taklif va shikoyatni ko‘rib chiqish imkoniyatiga, fuqarolarning huquq va erkinliklarini o‘z vaqtida ro‘yobga chiqarish, ularning qonuniy manfaatlari himoya etilishini ta’minlash zaruratiga bog‘liq bo‘lsa, shuningdek qonunlarda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra, bunday davlat organlariga ariza, taklif va shikoyatlarni berish muddati belgilanishi mumkin. Bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga ariza yoki shikoyat fuqaroga uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini buzuvchi harakatlar (harakatsizlik) sodir etilganligi yoki qarorlar qabul qilinganligi ma’lum bo‘lib qolgan paytdan e’tiboran uzog‘i bilan bir yil ichida berilishi mumkin. Uzrli sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan muddat ariza yoki shikoyatni ko‘rib chiquvchi davlat organi tomonidan tiklanadi. 17-modda. Fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish Fuqarolarning davlat organiga kelib tushgan murojaatlari ana shu organning o‘zi yoki zimmasiga murojaatlarni ko‘rib chiqish vazifasi yuklatilgan mansabdor shaxs tomonidan ko‘rib chiqiladi. Fuqarolarning murojaatlari, agar ular qo‘yilgan masalalarni hal etish vakolat doirasiga kirmaydigan davlat organiga yuborilgan bo‘lsa, uzog‘i bilan besh kunlik muddat ichida tegishli organlarga jo‘natiladi va bu haqda fuqaroga xabar qilinadi. Murojaatlarni ko‘rib chiqishi uchun boshqa davlat organlariga asossiz ravishda berish yoki qarori yohud harakati ustidan shikoyat qilinayotgan davlat organlari yoki mansabdor shaxslarning o‘ziga jo‘natish man etiladi. Agar fuqarolarning murojaatlarida ularni tegishli organlarga jo‘natish uchun zarur ma’lumotlar bo‘lmasa, bu murojaatlar xuddi shu muddat mobaynida asoslantirilgan tushuntirish bilan fuqaroning o‘ziga qaytariladi. Fuqarolarning murojaatlarini har taraflama mufassal va xolisona ko‘rib chiqish uchun qo‘shimcha axborotlar, ma’lumotnomalar va materiallarga zarurat paydo bo‘lsa, mazkur murojaatni ko‘rib chiqayotgan davlat organining mansabdor shaxsi qo‘shimcha axborot to‘plashi mumkin. Fuqarolarning murojaatini ko‘rib chiqayotgan davlat organi zarur hollarda murojaat joyning o‘zida ko‘rib chiqilishini ta’minlashi kerak. Alohida hollarda, murojaat etgan shaxsning o‘zi yoki boshqa shaxs yo‘qligida murojaatni ko‘rib chiqishning imkoni bo‘lmasa, ular davlat organining mansabdor shaxsi tomonidan chaqirilishi mumkin. Fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha qabul qilingan qarorlarni davlat organining rahbari yoki boshqa vakolatli mansabdor shaxsi imzolaydi. Agar ariza, taklif yoki shikoyatda bayon qilingan masalalar hal etilayotganda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatini tekshirish zarurati yuzaga kelsa, bu ish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Download 257.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling