Fuqarolarning murojaatlari to‘G‘risida”gi o‘zbekiston respublikasi qonuniga o‘zgartishlar va qo‘Shimchalar kiritish \


-modda. Fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish muddatlari


Download 257.3 Kb.
bet6/8
Sana18.06.2023
Hajmi257.3 Kb.
#1594954
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
446-II 13.12.2002

18-modda. Fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish muddatlari
Fuqarolarning takliflari tushgan kundan e’tiboran bir oygacha bo‘lgan muddat ichida ko‘rib chiqiladi, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan takliflar bundan mustasno va bu haqda taklif kiritgan shaxsga o‘n kunlik muddat ichida ma’lum qilinadi.
Ariza yoki shikoyatlar masalani mohiyatan hal etishi shart bo‘lgan davlat organiga tushgan kundan e’tiboran bir oygacha bo‘lgan muddat ichida, qo‘shimcha o‘rganishni va tekshirishni talab etmaydigan ariza yoki shikoyatlar esa o‘n besh kundan kechiktirmay ko‘rib chiqiladi.
Ariza yoki shikoyatni ko‘rib chiqish uchun tekshirish o‘tkazish, qo‘shimcha materiallar talab qilib olish yoki boshqa chora-tadbirlar ko‘rish zarur bo‘lgan hollarda, ariza yoki shikoyatni ko‘rib chiqish muddati tegishli davlat organi rahbari tomonidan istisno tariqasida uzog‘i bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin va bu haqda ariza yoki shikoyat bergan shaxsga ma’lum qilinadi.
IV. MUROJAATLARNI KO‘RIB ChIQIShDA FUQAROLARNING HUQUQLARI VA DAVLAT ORGANLARINING MAJBURIYATLARI
19-modda. Murojaatlarni ko‘rib chiqishda fuqarolarning shaxsan ishtirok etish huquqi
Murojaat davlat organlari tomonidan ko‘rib chiqilayotganda fuqaro murojaatning ko‘rib chiqilishi jarayoni haqida axborot olish, vajlarini shaxsan bayon etish va izohlar berish, murojaatni tekshirish materiallari hamda ko‘rib chiqish natijalari bilan tanishish, qo‘shimcha materiallar takdim etish yoki ularni boshqa organlardan so‘rab olish to‘g‘risida iltimos qilish, advokat yoki o‘z vakili xizmatlaridan foydalanish huquqiga ega.
Murojaatni ko‘rib chiqayotgan davlat organlarining mansabdor shaxslari fuqarolarga ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxldor hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini ta’minlashlari shart.
20-modda. Fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqishda qabul qilinadigan chora-tadbirlar
Davlat organlari fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqishda qonunga xilof harakatlarning (harakatsizlikning) darhol oldini olishga doir chora-tadbirlar ko‘rishlari, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishiga olib kelayotgan sabablar va sharoitlarni aniqlashlari, murojaat qilganliklari munosabati bilan fuqarolar ta’qib qilinishining belgilangan tartibda oldini olishlari shart.

Download 257.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling