Fuqarolarning murojaatlari to‘G‘risida”gi o‘zbekiston respublikasi qonuniga o‘zgartishlar va qo‘Shimchalar kiritish \


-modda. Fuqaroning ariza yoki shikoyatini ko‘rib chiqishda qonun talablarining buzilishi oqibatida fuqaroga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash


Download 257.3 Kb.
bet8/8
Sana18.06.2023
Hajmi257.3 Kb.
#1594954
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
446-II 13.12.2002

25-modda. Fuqaroning ariza yoki shikoyatini ko‘rib chiqishda qonun talablarining buzilishi oqibatida fuqaroga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash
Fuqaroning arizasi yoki shikoyati qanoatlantirilgan taqdirda ana shu murojaat bo‘yicha qonunga xilof qaror qabul qilgan davlat organi ariza yoki shikoyat berish va uni ko‘rib chiqish munosabati bilan fuqaroga yetkazilgan zararning o‘rnini, tegishli davlat organining talabi bilan ariza yoki shikoyatni ko‘rib chiqish uchun joylarga borish munosabati bilan sarf qilingan harajatlarni qoplaydi hamda ana shu vaqt ichida yo‘qotilgan ish haqini to‘laydi. Fuqaroga yetkazilgan ma’naviy ziyon ham sud tartibida kompensatsiya qilinishi mumkin.
Fuqaroning arizasi yoki shikoyatini ko‘rib chiqishda qonun talablari buzilganligi munosabati bilan unga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash maqsadida davlat organi tomonidan to‘langan mablag‘lar aybdor mansabdor shaxsdan regress tartibida undirib olinishi mumkin.
26-modda. Fuqaroning g‘ayriqonuniy xususiyatdagi ariza, taklif yoki shikoyat berganlik uchun javobgarligi
Fuqaroning tuhmat va haqoratdan iborat ariza, taklif yoki shikoyat berganligi qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
27-modda. Fuqarolarning bila turib soxta ma’lumotlar bayon etilgan murojaatlarini tekshirishga sarf qilingan xarajatlarni qoplash
Bila turib soxta ma’lumotlar bayon etilgan murojaatlarni tekshirish munosabati bilan davlat organi tomonidan sarf qilingan xarajatlar fuqarodan sudning qaroriga binoan undirib olinishi mumkin.
28-modda. Nizolarni hal etish
Fuqarolarning murojaatlari munosabati bilan zararning o‘rnini qoplash va ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish to‘g‘risidagi nizolar sud tartibida ko‘rib chiqiladi.

Download 257.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling