8.
|
6-masala
Fuqaro Olimov va fuqaro Saidov o‘rtasida 2019 yil 16 dekabrda
1 yil muddatga uy-joy ijarasi bo‘yicha shartnoma imzolangan.
Shartnoma shartlariga muvofiq, Saidov ijara haqi bilan birgalikda uy-joyni saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan kommunal to‘lovlarni to‘lab borish majburiyatini olgan.
Ijara shartnomasi amalda bo‘lgan davrda qish mavsumida havo harorati juda past bo‘lishiga qaramasdan issiqlik energiyasi energiya ta’minoti tashkiloti tomonidan o‘z vaqtida yetkazib berilmagan.
Saidov tomonidan uy-joyni saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan kommunal to‘lovlar bo‘yicha o‘z vaqtida haq to‘lanmasligi oqibatida kommunal xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlar Olimovdan qarz summasi bilan birgalikda shartnoma shartlarini lozim darajada bajarmaganlik uchun sudga murojaat qilib, asosiy qarz bilan birgalikda penya undirgan.
Savol: Yuzaga kelgan nizo qaysi shartnomaviy munosabatlar asosida hal qilinadi? Vaziyatga huquqiy baho bering.
Agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ijaraga oluvchi o‘zi javobgar bo‘lmagan holatlarga ko‘ra, shartnomada nazarda tutilgan foydalanish shartlari yoki mol-mulkning holati jiddiy yomonlashgan bo‘lsa, u mol-mulkdan foydalanganlik uchun ijara haqini tegishli ravishda kamaytirishni talab qilishga haqli.
Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, mol-mulkdan foydalanganlik uchun ijara haqini to‘lash muddatlari ijaraga oluvchi tomonidan jiddiy buzilgan taqdirda, ijaraga beruvchi undan ijara haqini muddatidan oldin, ijaraga beruvchi belgilagan muddatda to‘lashni talab qilishga haqli. Bunda ijaraga beruvchi mol-mulkdan foydalanganlik uchun ko‘pi bilan ikki muddatning haqini muddatidan oldin to‘lashni talab qilishga haqli.
|