Fuqarolik huquqi modulidan tayyorlangan yakuniy nazorat uchun Kazuslar


Download 192.48 Kb.
bet19/32
Sana11.03.2023
Hajmi192.48 Kb.
#1258642
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   32
Bog'liq
Kazuslar FK

10.

10-masala
2019 yilning 10 mart kuni YaTT Tursunov bilan “Jasmin” MChJ jami qiymati 850 mln so‘m miqdordagi “parfyumeriya mahsulotlarini” sotib olish to‘g‘risida 45-son oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan. Shartnomaning 4.1.-bandiga ko‘ra, mahsulotni yetkazib berish sotuvchi zimmasiga yuklatilgan. Sotuvchi shartnomaning 4.1.-bandiga ko‘ra, kuni jami qiymati 850 mln so‘m miqdordagi “parfyumeriya mahsulotlarini” sotib oluvchiga yetkazib berilishini ta’minlash maqsadida 2019 yilning 11 mart kuni “Trans servis” MChJ yuk tashuvchi bilan yuk tashish shartnomasini tuzgan. Yuk jo‘natuvchi yukni belgilangan tartibda yuk tashuvchiga topshirgan. Yuk tashuvchi yukni sotib oluvchining manziliga olib borayotgan vaqtida yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan va barcha yuk yaroqsiz holatga kelgan.
Yuqoridagi holat yuzasidan sotib oluvchi iqtisodiy sudiga da’vo ariza bilan murojaat etib, javobgarlar “Jasmin” MChJ bilan “Trans servis” MChJlardan yetkazilgan zarar va boy berilgan foydani undirib berishni so‘ragan.
Vaziyatga huquqiy baho bering.


711-modda. Yuk tashish shartnomasi
Yuk tashish shartnomasi bo‘yicha yuk tashuvchi yuk jo‘natuvchi tomonidan o‘ziga ishonib topshirilgan yukni belgilangan manzilga yetkazib berish va uni olishga vakolat berilgan shaxsga (oluvchiga) topshirish, yuk jo‘natuvchi esa yukni tashib berganlik uchun belgilangan haqni to‘lash majburiyatini oladi.
Yuk tashish shartnomasi tuzilganligi tegishli transport ustavi yoki kodeksida nazarda tutilgan hujjat (transport yukxati, konosament yoki yukka doir boshqa hujjat)ni tuzish va uni yuk jo‘natuvchiga topshirish yo‘li bilan tasdiqlanadi.
721-modda. Yuk yoki bagaj yo‘qolganligi, kam chiqqanligi va ularga shikast yetkazilganligi (buzilganligi) uchun tashuvchining javobgarligi
Agar tashuvchi yuk yoki bagajning yo‘qolishi, kam chiqishi yoki shikastlanishida (buzilishida) o‘zining aybi yo‘qligini isbot qilib bera olmasa, tashish uchun qabul qilib olgan yuk va bagaj yo‘qolganligi, kam chiqqanligi yoki ularga shikast yetkazilganligi (buzilganligi) uchun javobgar bo‘ladi.
Yuk yoki bagajni tashish vaqtida yetkazilgan zarar tashuvchi tomonidan quyidagi miqdorda to‘lanadi:
yuk yoki bagaj yo‘qolgan yoxud kam chiqqan taqdirda — yo‘qolgan yoki kam chiqqan yuk yoxud bagajning qiymati miqdorida;
yuk yoki bagajga shikast yetkazilgan (buzilgan) taqdirda — uning qiymati qancha pasaygan bo‘lsa, shuncha summa miqdorida, shikastlangan (buzilgan) yuk yoki bagajni tiklash mumkin bo‘lmaganida esa, uning qiymati miqdorida;
bahosini e’lon qilgan holda tashishga topshirilgan yuk yoki bagaj yo‘qolgan taqdirda — yuk yoki bagajning e’lon qilingan qiymati miqdorida.
Transport tashkiloti real zararni to‘lash bilan birga yo‘qolgan, kam chiqqan yoki shikastlangan (buzilgan) yukni tashish uchun olgan kira haqini, agar u yukning bahosiga kirmasa, jo‘natuvchi (oluvchi)ga qaytarib beradi.
Jo‘natuvchi tashuvchidan yuklar yo‘qolishi, kam chiqishi yoki shikastlanishi (buzilishi) tufayli yetkazilgan boshqa zararni ham to‘lashni talab qilishga haqli.
Yuk yo‘qolganligi, kam chiqqanligi, shikastlanganligi (buzilganligi) uchun bir yo‘nalishda har xil transportda tashuvchilar yuk jo‘natuvchi (yuk oluvchi) oldida solidar javobgar bo‘ladilar.
Agar oxirgi tashuvchi yukning kechikib kelishida tashuvchilarning aybi yo‘qligini isbot qilib bera olmasa, yukning kechikib kelganligi uchun javobgar bo‘ladi.



11

“Sifat” transport ekspeditsiya xizmati ko‘rsatuvchi firmasi sho‘ba korxona sifatida uning asosiy korxonasi hisoblangan «Uztransxizmat” uyushmasining buyrug‘i va undan olgan ruxsatnomasi asosida faoliyat yuritishi to‘g‘risida internet orqali e’lon berib, o‘z mijozlariga o‘z xizmatini taklif etgan. Ammo mijozlarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq nizo kelib chiqqan vaqtda sud tomonidan “Sifat” transport ekspeditsiya xizmati ko‘rsatuvchi firmasi transport ekspeditsiyasi shartnomasining tarafi bo‘lishi mumkinligi borasida firma advokatiga savol bilan murojaat qildi.
Mazkur holatda advokatning javobi qanday bo‘lishi kerak. Haqiqatdan ham ruxsatnoma mazkur xizmatni amalga oshirishda vakolat beruvchi hujjat sanaladimi?Vaziyatga huquqiy baho bering.



12

Tadbirkor Jalilov ombordan katta miqdorda bug‘doy sotib olayot­ganida naqd puli yetmay qoldi. Shunda u omborxona egasi Qodirovga undan pulning o‘rniga uchta omonat sertifikatini olishni taklif qildi. Qodirovrozibo‘ldi, sababibubitim u uchunfoydaliedi. Ammosertifikatlarbo‘yichato‘lovpayti 1 oydankeyinkelardi, Qodirovesasertifikatlarbo‘yichapulniertagayoqolmoqchiedi. JalilovningsertifikatlarniQodirovga berishiqonuniymi? Sertifikatlarbo‘yichato‘lovnimuddatidanoldinolishmumkinmi? Muddatidanoldintaqdimetilgansertifikatlaruchun bank qanchamiqdordafoizto‘laydi?



Download 192.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling