Fuqarolik huquqi modulidan tayyorlangan yakuniy nazorat uchun Kazuslar


Download 192.48 Kb.
bet27/32
Sana11.03.2023
Hajmi192.48 Kb.
#1258642
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Bog'liq
Kazuslar FK

Vaziyatga huquqiy baho bering.


759-modda. Bank omonati shartnomasi
Bank omonati shartnomasi bo‘yicha birinchi tarafdan (omonatchidan) qabul qilib olgan yoki uning nomiga kelgan pul summasini (omonatni) qabul qilib olgan ikkinchi taraf (bank) shartnomada nazarda tutilgan shartlar asosida va tartibda omonat summasini qaytarish va unga foizlar to‘lash majburiyatini oladi.
Bank omonati shartnomasi omonat summasi bankka kelib tushgan kundan boshlab tuzilgan hisoblanadi.
Fuqaro omonatchi bo‘lgan bank omonati shartnomasi ommaviy shartnoma deb hisoblanadi.
Bank bilan omonatchining omonat qo‘yilgan hisobvaraq bo‘yicha munosabatlariga nisbatan bank hisobvarag‘i shartnomasi to‘g‘risidagi qoidalar, agar ushbu bobning qoidalarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa yoki u bank omonati shartnomasining mohiyatidan kelib chiqmasa, qo‘llaniladi.
Ushbu bobning banklarga doir qoidalari qonunchilikka muvofiq yuridik shaxslardan omonatlar qabul qiluvchi boshqa kredit tashkilotlariga nisbatan ham qo‘llanadi.
761-modda. Bank omonati shartnomasining shakli
Bank omonati shartnomasi yozma shaklda tuzilgan bo‘lishi kerak.
Agar omonatning qo‘yilganligi omonat daftarchasi, jamg‘arma (depozit) sertifikati yoki bank tomonidan omonatchiga berilgan, qonunda, qonunga muvofiq belgilangan bank qoidalarida va bank amaliyotida qo‘llaniladigan ish muomalasi odatlarida bunday hujjatlar uchun nazarda tutilgan talablarga javob beradigan boshqa hujjat bilan tasdiqlangan bo‘lsa, bank omonati shartnomasining yozma shakliga rioya qilingan hisoblanadi.
Bank omonati shartnomasining yozma shakliga rioya qilmaslik bunday shartnomaning haqiqiy bo‘lmasligiga olib keladi. Bunday shartnoma o‘z-o‘zidan haqiqiy emas.
762-modda. Omonatlarning turlari
Bank omonati shartnomasi omonatni talab qilinishi bilanoq berish (talab qilinguncha saqlanadigan omonat) yoki omonatni shartnomada belgilangan muddat tugaganidan keyin qaytarish (muddatli omonat) sharti bilan tuziladi.
Bank omonati shartnomasida qaytarib berishning qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa shartlari asosida omonatlar qo‘yish ham nazarda tutilishi mumkin.
Bank omonati shartnomasi bo‘yicha, omonatning turidan qat’i nazar, bank omonatchining talabi bilan omonat summasini yoki uning bir qismini berishi shart, yuridik shaxslar tomonidan qaytarib berishning shartnomada nazarda tutilgan boshqa shartlari asosida qo‘yilgan omonatlar bundan mustasno.

Bank omonati shartnomasining fuqaro omonatni talab qilishi bilanoq olish huquqidan, muddatli yoki boshqa omonatni esa xabardor etishning qonunchilikda belgilangan muddati o‘tganidan keyin olish huquqidan voz kechish haqidagi sharti o‘z-o‘zidan haqiqiy emas.


Agar omonatchi muddatli yoki boshqa omonatni, talab qilib olinguncha saqlanadigan omonat bundan mustasno, muddat tugagunga qadar yoxud bank omonati shartnomasida ko‘rsatilgan boshqa holatlar yuz bergunga qadar qaytarib berishni talab qilish niyatida bo‘lsa, u o‘zining bu niyatidan bankni omonatni olishni mo‘ljallayotgan sanadan kamida bir oy oldin xabardor qilishi shart.
Muddatli yoki boshqa omonat, talab qilib olinguncha saqlanadigan omonat bundan mustasno, muddat tugagunga qadar yoxud bank omonati shartnomasida ko‘rsatilgan boshqa holatlar yuz bergunga qadar omonatchining talabi bilan unga qaytarilgan hollarda, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, omonat yuzasidan foizlar to‘lanmaydi.
Omonatchi muddatli omonat summasini muddat tugaganidan keyin yoki qaytarishning boshqa shartlari bilan qo‘yilgan omonat summasini bank omonati shartnomasida nazarda tutilgan holatlar vujudga kelganidan keyin qaytarib berishni talab qilmagan hollarda, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, shartnoma omonatni talab qilib olguncha saqlash shartlari asosida uzaytirilgan deb hisoblanadi.



22

Tijorat bankiga hisobvaraq ochish to‘g‘risida 4ta ariza tushdi:
a) Davlat unitar korxonasidan rahbarningruxsatibilanshartnoma tuzish;
b) MChJdanungakorxonajoylashganjoydantashqaridaikkinchihisobvaragiochishvaevroda valyuta hisobvarag‘iniochishto‘g‘risida;
v) tadbirkorlikfaoliyatibilanshug‘ullanuvchifuqaroParpievdanhisob-kitobqilishuchunhisobvarag‘ni ochishiltimosito‘g‘risida;
g) MChJ ta’sisietayotganbirguruhfuqarolar 50% ustav kapitaliniqo‘yishuchunhisobvaragochish to‘g‘risida.
Bank yuridikxizmatiharbirholatuchunqandaymaslahatberishikerak. Tijoratbankidaxisobvarag‘ochishtartibiqanday, ochishuchunqandayxujjatlarkerakbo‘ladi?
Bank hisobvarag‘ishartnomasibilan bank omonatishartnomasiningfarqinimada?

Download 192.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling