23
|
30-masala
Jinoiy ishni tergov qilishda Qodirov firibgarlik yo‘li bilan qadimgi kulollar yasagan naqshli ko‘zalarni egalaridan juda past narxlarda sotib olganligi aniqlandi va ular olib qo‘yildi. Fuqaro Qodirov tergov tugaguncha vafot etdi. Shuning uchun ham jabrlanuvchilar Qodirov tomonidan o‘zlarining aldanganliklarini isbotlay olmadilar. Biroq tergovchi jabrlanuvchilarnin tushuntirishlari va juda kam haq to‘laganligi faktiga asoslanib, jabrlanuvchilarga ko‘zalarni qaytarib berdi. Qodirovning vorislari olingan ko‘zalarni qaytarishni talab qildilar, bunga asos qilib Qodirovning vafoti munosabati bilan jinoiy ish tugatilganligi, uning aybi esa sud tomonidan aniqlanmaganini ta’kidlashdi.
Mazkur holatda rassom Azimov ham o‘z huquqlarini talab qilib, buyumda u tomonidan chizilgan rasmlar mavjudligi, ular yo‘q bo‘lib ketish xavfi mavjud bo‘lganligi sababli ushbu buyumni o‘ziga berilishini talab qildi.
Vaziyatga huquqiy baho bering.
|
24
|
Fuqaro A va “Quruvchi” XF o‘rtasida qurilish pudrat shartnomasi tuzilgan bo‘lib, unga muvofiq 6 oy muddat ichida pudratchi buyurtmachining topshirig‘iga ko‘ra maishiy xizmat ko‘rsatish binosini kapital ta’mirlab berish majburiyatini olgan. Buyurtmachi tomonidan yetkazib berilgan qurilish materiallari pudratchining e’tiborsizligi tufayli yomg‘ir ostida qolib yaroqsiz holga kelib qolgan. Pudratchi o‘z hisobidan nobud bo‘lgan materiallar o‘rnini qoplab kelishilgan muddatda ishni topshirgan. Buyurtmachi ishni qabul qilib olgan biroq ishning sifatiga kafolatni olmagan. Bir yil o‘tgach bino ta’miri talabga javob bermasligi oqibatida fuqaro A sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilib, “Quruvchi” XFdan ko‘rilgan zararni undirib berishni so‘ragan.
Ushbu holatda sud qanday hal qiluv qarori chiqaradi? Da’vo arizasi 2 yildan keyin kiritilgandachi? Fikringizni qonuniy asoslab bering.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |