Fuqarolik huquqi modulidan tayyorlangan yakuniy nazorat uchun Kazuslar


O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risida


Download 192.48 Kb.
bet29/32
Sana11.03.2023
Hajmi192.48 Kb.
#1258642
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Bog'liq
Kazuslar FK

O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risida
YO‘RIQNOMA
II. Milliy valyutada talab qilib olinguncha, jamg‘arma, muddatli va boshqa depozit hisobvaraqlarini ochish tartibi
12. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari bo‘lgan rezident yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda dehqon xo‘jaliklari tomonidan milliy valyutada talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:
a) hisobvaraq ochish to‘g‘risida ariza;
b) mazkur Yo‘riqnomaning 3-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq imzolar namunalari qo‘yilgan ikki dona varaqcha;
v) mijoz nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport yoki uni o‘rnini bosadigan hujjat). Shaxsni tasdiqlovchi hujjatdan nusxa olinib, asli qaytarib beriladi.
13. Tadbirkorlik faoliyati subyekti bo‘lmagan rezident yuridik shaxslar hamda Budjetdan mablag‘ oluvchilar tomonidan milliy valyutada talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:
a) hisobvaraq ochish to‘g‘risida ariza;
v) mazkur Yo‘riqnomaning 3a-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan ikki dona varaqcha.
g) tadbirkorlik faoliyati subyekti bo‘lmagan rezident yuridik shaxslar tomonidan ta’sis hujjatlari (ta’sis shartnomasi, ustav) hamda ularga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, shuningdek yuridik shaxs nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport yoki uni o‘rnini bosadigan hujjat). Ushbu hujjatlardan nusxa olinib, asli qaytarib beriladi;
d) davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilganligini tasdiqlovchi hujjat (ma’lumotnoma).
14. Rezident yuridik shaxslarning vakolatxonalari va filiallariga talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochish uchun vakolatxona va filiallar tomonidan bankka quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:
a) hisobvaraq ochish to‘g‘risida ariza;
b) yuridik shaxsning iltimosnomasi (iltimosnomada yuridik shaxsning “Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami” va “Xos raqami” ko‘rsatilgan bo‘lishi shart);
v) tadbirkorlik faoliyati subyektlari uchun mazkur yo‘riqnomaning 3-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq imzolar namunalari qo‘yilgan ikki dona varaqcha;
v1) tadbirkorlik faoliyati subyekti bo‘lmagan rezident yuridik shaxslar uchun mazkur Yo‘riqnomaning 3a-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan ikki dona varaqcha;
g) vakolatxona yoki filialga berilgan vakolatlarni belgilovchi hujjat hamda vakolatxona yoki filial nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi (pasport yoki uni o‘rnini bosadigan) hujjati. Ushbu hujjatlardan nusxa olinib, asli qaytarib beriladi.
15. O‘z faoliyatini yuridik shaxs tashkil etgan holda amalga oshirmoqchi bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga ustav kapitalini shakllantirish uchun davlat ro‘yxatidan o‘tgunlariga qadar ta’sischilarning (ishtirokchilarning) dastlabki badallarini kiritish uchun milliy va/yoki chet el valyutasida vaqtinchalik (mablag‘ yig‘ish uchun) 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” hisobvarag‘i ochilishi mumkin.
Vaqtinchalik hisobvaraq ochish uchun belgilangan tartibda bankka ta’sischilar (ishtirokchilar) nomidan ixtiyoriy shaklda hisobvaraq ochish to‘g‘risida ularning ishonchli vakili tomonidan ariza taqdim qilinadi.
Davlat ro‘yxatidan o‘tgandan keyin ushbu xo‘jalik yurituvchi subyektga mazkur Yo‘riqnomaga muvofiq asosiy hisobvaraq ochiladi hamda vaqtinchalik hisobvaraqdagi mablag‘lar ushbu hisobvaraqqa o‘tkaziladi va vaqtinchalik hisobvaraq yopiladi.
16. Faoliyatini O‘zbekiston Respublikasida amalga oshiruvchi norezident yuridik shaxslar, tovar-xomashyo birjasining ochiq elektron savdolarida qatnashuvchilar, tashkiliy savdolarda aksiyalarni sotuvchi (sotib oluvchi) chet ellik investorlar), shuningdek norezidentlarning O‘zbekiston Respublikasida qonunchilik bilan belgilangan tartibda faoliyat yuritayotgan doimiy muassasalari milliy valyutada talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochish uchun bankka quyidagi hujjatlarni taqdim qiladilar:
a) hisobvaraq ochish to‘g‘risida ariza;
b) agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami berilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;
v) mazkur Yo‘riqnomaning 4-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan ikki dona varaqcha;
g) norezident yuridik shaxs nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki uni o‘rnini bosadigan hujjat). Shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asli ko‘rsatilgandan so‘ng, bank tomonidan undan nusxa olinadi.
d) faoliyatini O‘zbekiston Respublikasida amalga oshiruvchi norezident yuridik shaxslar, tovar-xomashyo birjasining ochiq elektron savdolarida qatnashuvchilar, tashkiliy savdolarda aksiyalarni sotuvchi (sotib oluvchi) chet ellik investorlar), shuningdek norezidentlarning O‘zbekiston Respublikasida qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan tartibda faoliyat yuritayotgan doimiy muassasalari ta’sis hujjatlari (ta’sis shartnomasi, ustav) hamda ularga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning konsullik yoki notarius tomonidan tasdiqlangan nusxasi;
e) tovar-xomashyo birjasining ochiq elektron savdolarida qatnashuvchi norezident yuridik shaxs va birja brokeri o‘rtasida brokerlik xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma nusxasi;
j) tashkiliy savdolarda aksiyalarni sotuvchi (sotib oluvchi) chet ellik investorlar norezident yuridik shaxslar va investitsion vositachi o‘rtasida brokerlik xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma nusxasi.
17. Rezident va norezident jismoniy shaxslar tomonidan milliy valyutada depozit hisobvaraqlari ochish uchun bankka hisobvaraq ochish to‘g‘risida ariza hamda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki uni o‘rnini bosadigan hujjat) taqdim qilinadi (nusxasi olinib, asli qaytariladi). Hisobvaraq ochish uchun ariza jismoniy shaxslar tomonidan shaxsan taqdim etilishi lozim, qonunchilik hujjatlarida ko‘zda tutilgan hollar bundan mustasno.
Jismoniy shaxslar o‘zlari tanlagan bank (filial)da ushbu Yo‘riqnomada belgilangan tartibda depozit hisobvaraq ochganlaridan so‘ng, shu bank (filial)da bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko‘rsatish tizimlaridan foydalangan holda boshqa depozit hisobvaraqlarni ochishlari mumkin.
Rezident jismoniy shaxslar bankning masofadan xizmat ko‘rsatish tizimlari orqali bank xisobvarag‘i ochishlari mumkin, bunda bank rezident jismoniy shaxslarni identifikatsiyalash va lozim darajada tekshirish bo‘yicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli choralarni amalga oshirishi lozim.
Bank boshqa bankda ochilgan bank hisobvaraqlariga ega bo‘lgan rezident jismoniy shaxslarga masofadan xizmat ko‘rsatish tizimlari orqali depozit hisobvaraqlarini ochish uchun ushbu rezident jismoniy shaxslarni identifikatsiyalash va lozim darajada tekshirish imkoniyatiga ega bo‘lishi zarur.
Rezident jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki uni o‘rnini bosadigan hujjat) elektron nusxada saqlanishi mumkin.
18. Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan asosiy hisobvaraqqa xizmat ko‘rsatuvchi bankda ikkilamchi, jamg‘arma va muddatli depozit hisobvaraqlarini ochish uchun hisobvaraq ochish to‘g‘risida ariza taqdim qilinadi. Mazkur ariza elektron shaklda ham taqdim etilishi mumkin.
19. Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar boshqa banklarda ikkilamchi talab qilib olinguncha, muddatli, jamg‘arma depozit hisobvaraqlarini ochishda ham asosiy hisobvaraq ochish uchun taqdim etiladigan barcha hujjatlarni taqdim etishlari shart.
20. Boshqa depozit hisobvaraqlarini ochish tartibi qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.

Download 192.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling