9-masala
Ijrochi “Turist” sayyohlik firmasi bilan buyurtmachi “Muhammad Yusuf” jamg‘armasi o‘rtasida haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasi tuzildi. Mazkur shartnomaning 4-bandiga ko‘ra buyurtmachi “Muhammad Yusuf” jamg‘armasi o‘ziga ko‘rsatilgan xizmatlar haqini 2019 yilning 1 apreliga qadar 30 mln. so‘mni to‘lashga kelishilgan, ammo ushbu muddatda buyurtmachi “Muhammad Yusuf” jamg‘armasi ko‘rsatilgan xizmatlar uchun haqni to‘lamadi. Ya’ni shartnomada ko‘rsatilgan majburiyat “Muhammad Yusuf” jamg‘armasi tomonidan bajarilmadi. Ijrochi “Turist” buyurtmachi “Muhammad Yusuf” jamg‘armasi shartnomaviy majburiyatni bajarmaganligi sababli ko‘rsatilgan xizmat haqini undirishni so‘rab iqtisodiy sudiga murojaat qildi.
Nizoni mohiyati bo‘yicha iqtisodiy qanday qaror qabul qilishi lozim. Javobingizga iqtisodiy sudi qarorini ilova qiling. Vaziyatga huquqiy baho bering.
705-modda. Xizmatlarga haq to‘lash
Buyurtmachi o‘ziga ko‘rsatilgan xizmatlar haqini haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasida ko‘rsatilgan muddatlarda va tartibda to‘lashi shart.
Ijrochi o‘zi aybdor bo‘lmagani holda xizmatni bajara olmagan taqdirda buyurtmachi ijrochiga uning xarajatlarini to‘lashi shart, bunda ijrochining xizmat (xizmatlar) ko‘rsatishdan ozod qilinishi munosabati bilan olgan yoki olishi mumkin bo‘lgan foydasi chegirib qolinadi. Buyurtmachining aybi bilan xizmatni bajarish mumkin bo‘lmay qolgan taqdirda, agar qonunchilikda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, xizmatlar bahosi butunlay to‘lanishi kerak.
707-modda. Haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasini bekor qilish
Buyurtmachi xizmatlarning belgilangan bahosini batamom to‘lash sharti bilan haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasini bekor qilishni talab qilishga haqli, shartnoma ijrochining aybli harakatlari tufayli bekor qilingan hollar bundan mustasno.
Ijrochi shartnoma bekor qilinishi tufayli buyurtmachiga yetkazilgan zararning hammasini to‘lash sharti bilangina haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasini bekor qilishni talab qilishga haqli, shartnoma buyurtmachining aybi bilan bekor qilingan hollar bundan mustasno.
|